Foydalanuvchi:Miss Parvina/Oziq-ovqat xavfsizligi

Bozorda mahsulot sotadigan ayollar Lilongve, Malavi

Oziq-ovqat xavfsizligi - bu yetarli miqdordagi arzon hamda toʻyimli oziq-ovqat mahsulotlaridan ishonchli foydalanish holati. Har qanday sinf, jins yoki din vakillari uchun oziq-ovqat mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligining yana bir elementidir. Xuddi shunday, oilaning barcha a'zolari har doim faol, sogʻlom hayot uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat olish imkoniyatiga ega boʻlganda, maishiy oziq-ovqat xavfsizligi mavjud deb hisoblanadi[1]. Oziq-ovqat bilan ta'minlangan odamlar ochlikdan yoki ocharchilik holatidanqoʻrqishmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi oziq-ovqat ta'minotining kelajakdagi uzilish jarayoni yuz berganda, bu jarayonga nisbatan chidamlilikni oʻz ichiga oladi. Bunday uzilish jarayoni qurgʻoqchilik va toshqinlar, yuk tashishdagi muammolar, yoqilgʻi tanqisligi, iqtisodiy beqarorlik va urushlar kabi turli xil xavf omillari tufayli yuzaga kelishi mumkin[2]. Oziq-ovqat jarayonidagi qat'iyatsizlik oziq-ovqat xavfsizligiga qarama-qarshidir: bu faqat mos oziq-ovqatning cheklangan yoki mavjudligining noaniqligi mavjud boʻlgan davlatlarda sodir boʻladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi vaqt oʻtishi bilan rivojlanib bordi. Oziq-ovqat xavfsizligi toʻrtta ustunga: mavjudlik, kirish, foydalanish va barqarorlikka boʻlinadi[3]. Bundan tashqari, yana ikkita muhim omil mavjud: agentlik va barqarorlik. Oziq-ovqat xavfsizligining ushbu olti omili oziq-ovqat huquqini kontseptual va huquqiy tushunchalariida qat'iy belgilangan[4][5]. Butunjahon oziq-ovqat sammiti 1996-yilda "Oziq-ovqat siyosiy va iqtisodiy bosim vositasi sifatida ishlatilmasligi kerak" degan fikrni ilgʻor surdi[6][7].

Oziq-ovqat xavfsizligining koʻplab sabablari mavjud. Bu sabablardan eng muhimi, urush tufayli oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishi va global oziq-ovqat ta'minotining buzilishi kuzatiladi. Shuningdek,oziq-ovqat xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi yana bir necha omillar mavjud. Bular: iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi, yerlarning yomon ahvolga kelishi, qishloq xoʻjaligida uchrovchi kasalliklar, pandemiya sabab boʻlishi mumkin.

Oziq-ovqat xavfsizligining ta'sirlari ochlik va hatto qashshoqlikni oʻz ichiga olishi mumkin. Doimiy oziq-ovqat xavfsizligi bolalar tanasining oʻlchamini kamaytirishga olib keladi, bu tibbiyotda "stunting" yoki "oʻsishning toʻxtashi" deb ataladi[8]. Stunting yuz berganidan soʻng, taxminan ikki yoshdan keyin yaxshilangan oziqlanish natijasida zararni qaytarish mumkin emas[9]. Bolalik davrida og'ir ovqatlanish yetishmovchiligi kognitiv rivojlanishda nuqsonlarga olib kelishi ko'p hollarda kuzatiladi[10].

Ta'rifi

tahrir

1996-yilda Oziq-ovqat boʻyicha Jahon sammitida belgilangan oziq-ovqat xavfsizligi — "barcha insonlar har doim yetarli, xavfsiz va sogʻlom oziq-ovqatga, ularning oziq-ovqat ehtiyojlari va taom afzalliklariga mos ravishda jismoniy va iqtisodiy kirish imkoniyatiga ega boʻlgan holatdir, bu esa faol va sogʻlom hayot kechirish uchun zarurdir"[11][12].

Amerika Qoʻshma Shtatlari Qishloq Xoʻjaligi Departamenti (USDA) tomonidan belgilangan oziq-ovqat yetishmovchiligi "ozuqaviy jihatdan yetarli va xavfsiz oziq-ovqatlar mahsulotlarining cheklangan yoki noaniq mavjudligi yoki ijtimoiy jihatdan qabul qilinadigan usullarda sotib olinadigan oziq-ovqatlarni olish imkoniyatining cheklangan yoki noaniqligidir"[13].


"Surunkali (yoki doimiy) oziq-ovqat yetishmovchiligi, yetarli oziq-ovqatning uzoq muddatli va doimiy yoʻqligi sifatida ta'riflanadi[14]. Bu holatda, oilalar barcha a'zolarining ehtiyojlarini qondirish uchun oziq-ovqat olishda doimiy xavf ostida boʻladi. Surunkali va oʻtkinchi oziq-ovqat yetishmovchiligi oʻzaro bogʻliqdir, chunki oʻtkinchi oziq-ovqat xavfsizligining takrorlanishi oilalarni surunkali oziq-ovqat yetishmovchiligiga nisbatan yanada zaiflashtirishi mumkin[15].

2015-yildan boshlab, oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi asosan oziq-ovqat kaloriyalari ustida toʻplangan boʻlib, oziq-ovqatning sifatiga va oziqlanishiga kam e'tibor berilgan. Oziq-ovqat xavfsizligidan kengroq tushuncha sifatida oziqlanish xavfsizligi yoki ozuqaviy xavfsizlik tushunchasi rivojlandi. 1995-yilda bu vaziyat "Barcha oila a'zolar uchun har doim oqsil, energiya, vitaminlar va minerallar jihatidan yetarli oziqlanish holati" sifatida ta'riflandi. Ushbu vaziyat shuningdek, oziqlanish ta'limi va oziqlanish yetishmovchiligi tushunchalari bilan bogʻliqdir.

Oʻlchov

tahrir
 
Dunyo miqyosida va har bir mintaqada oziq-ovqat xavfsizligining tarqalishi ayollar orasida erkaklarnikiga qaraganda yuqori.

Oziq-ovqat xavfsizligi har bir kishi uchun kuniga iste'mol qilinadigan kaloriyalar soni va uy xoʻjaligi byudjetida mavjud boʻlgan oziq-ovqat miqdori bilan oʻlchanishi mumkin[16][17]. Umuman olganda, oziq-ovqat xavfsizligi koʻrsatkichlari va oʻlchovlarining maqsadi oziq-ovqat xavfsizligining asosiy komponentlarini, ya'ni oziq-ovqatning mavjudligi, kirish imkoniyati va foydalanish/yetarlilik jihatidan qamrab olishdir. Mavjudlik (ishlab chiqarish va ta'minot) va foydalanish/yetarlilik (ozuqaviy holat/antropometrik oʻlchovlar) oʻlchash uchun osonroq boʻlganligi sababli keng tarqalgan, kirish imkoniyati esa koʻp jihatdan noaniq qolmoqda[18]. Uy xoʻjaliklarining oziq-ovqatga kirish imkoniyatiga ta'sir qiluvchi omillar koʻpincha kontekstga xosdir[19].

FAO oziq-ovqat xavfsizligini oʻlchash uchun universal qoʻllaniladigan tajribaga asoslangan oziq-ovqat xavfsizligi oʻlchovlari shkalasini (FIES) ishlab chiqdi. Bu shkalalar AQShda ishlatiladigan shkaladan kelib chiqadi. Global referens shkalasining va turli mamlakatlarda olingan oʻlchovlarni kalibrlash uchun zarur boʻlgan protseduraning oʻrnatilishi tufayli, FIESni foydalanib, aholi orasida oziq-ovqat xavfsizligining tarqalishini taqqoslash mumkin[20]. 2015-yildan beri FIES Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) monitoringi ramkasida kiritilgan koʻrsatkichlardan birini toʻplash uchun asos sifatida qabul qilingan[21].

Oziq-ovqat xavfsizligining tarqalishi

tahrir
 
2010-12-yillarda toʻyib ovqatlanmaslikdan zarar ko'rganlar soni (mintaqalar boʻyicha, millionlab) [22]
 
Mintaqalar boʻyicha oziq-ovqat uchun xavfli odamlar soni (2014-2018)
 
Mintaqa va jins boʻyicha oziq-ovqat xavfsizligi darajasi (2022)

Mulk, resurslar va daromadlarning taqsimotidagi tengsizlik, eng kam rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy himoya vositalarining yo'qligi yoki kamligi bilan birgalikda oziq-ovqatga boʻlgan kirishni yanada qiyinlashtirmoqda. Dunyo aholisining deyarli oʻn foizi hali ham kuniga 1,90 AQSh dollaridan kam pul bilan yashamoqda, bu esa eng koʻp ta'sir koʻrsatadigan hududlar sub-Sahra Afrikasi va janubiy Osiyo hisoblanadi[23].

Import va eksportga qaramlikning yuqori koʻrsatkichlari sabab koʻplab mamlakatlar tashqi zarbalarga nisbatan zaifroq. Koʻp sonli kam daromadga ega iqtisodiyotlarda qarzlar YaIMdan ancha yuqori darajaga koʻtarilib, oʻsish istiqbollarini pasaytirdi.

Xitoy shaharlarida tabiiy bozorlarning barqarorligi "shahar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun juda muhim"deb ta'riflangan[24][25].Tabiiy bozorlarning shahar oziq-ovqat xavfsizligiga ta'siri oziq-ovqat narxlari va jismoniy imkoniyatlarni oʻz ichiga oladi[26].

Adabiyotlar

tahrir
  1. „Food Security in the United States: Measuring Household Food Security“. USDA. 2019-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-fevral.
  2. „The State of Food Insecurity in the World 2013. The multiple dimensions of food security.“. FAO. 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-noyabr.
  3. FAO. Declaration of the World Food Summit on Food Security. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2009. Qaraldi: 2013-yil 15-oktyabr. 
  4. The State of Food Security and Nutrition in the World 2021: Transforming food systems for food security, improved nutrition and affordable healthy diets for all. In brief, 2021 (English), Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2021 — 5-bet. DOI:10.4060/cb5409en. ISBN 978-92-5-134634-1. 
  5. "Food security and nutrition: building a global narrative towards 2030". High Level Panel of Experts Report 15: 7–11. 2020. Archived from the original on 2022-12-20. https://web.archive.org/web/20221220000532/https://www.fao.org/3/ca9731en/ca9731en.pdf. Qaraldi: 2023-01-15. Foydalanuvchi Miss Parvina/Oziq-ovqat xavfsizligi]]
  6. Food and Agriculture Organization. „Rome Declaration on Food Security and World Food Summit Plan of Action“ (1996-yil noyabr). 2019-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-oktyabr.
  7. „1996 Summit on World Food Security Report“. 1996 Summit on World Food Security Report.
  8. Ayalew. „Food Security and Famine and Hunger“. 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-oktyabr.
  9. Das, Sumonkanti; Hossain, Zakir; Nesa, Mossamet Kamrun (2009-04-25). "Levels and trends in child malnutrition in Bangladesh". Asia-Pacific Population Journal 24 (2): 51–78. doi:10.18356/6ef1e09a-en. ISSN 1564-4278. 
  10. Robert Fogel „chpt. 3“, . The Escape from Hunger and Premature Death, 1700–2100: Europe, America, and the Third World. Cambridge University Press, 2004. ISBN 978-0521004886. 
  11. Trade Reforms and Food Security: Conceptualizing the Linkages. FAO, UN, 2003. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral. 
  12. Patel, Raj. „Raj Patel: 'Food sovereignty' is next big idea“. Financial Times (2013-yil 20-noyabr). 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  13. Gary Bickel. „Guide to Measuring Household Food Security“. USDA Food and Nutrition Service (2000). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-noyabr.
  14. Ecker and Breisinger. The Food Security System. Washington, D.D.: International Food Policy Research Institute, 2012 — 1–14-bet. Qaraldi: 2013-yil 15-oktyabr. 
  15. FAO „The food system and factors affecting household food security and nutrition“, . Agriculture, food and nutrition for Africa: a resource book for teachers of agriculture. Rome: Agriculture and Consumer Protection Department, 1997. 
  16. Swindale, A; Bilinsky, P. (2006). "Development of a universally applicable household food insecurity measurement tool: process, current status, and outstanding issues". The Journal of Nutrition 136 (5): 1449S–1452S. doi:10.1093/jn/136.5.1449s. PMID 16614442. Archived from the original on 31 July 2013. https://archive.today/20130731134956/http://nutrition.highwire.org/content/136/5/1449S.short. Qaraldi: 31 July 2013. Foydalanuvchi Miss Parvina/Oziq-ovqat xavfsizligi]]
  17. Cafiero, Carlo; Viviani, S.; Nord, M (2018). "Food security measurement in a global context: The food insecurity experience scale.". Measurement 116: 146–152. doi:10.1016/j.measurement.2017.10.065. Archived from the original on 2022-12-09. https://web.archive.org/web/20221209065016/https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0263224117307005. Qaraldi: 2023-01-15. Foydalanuvchi Miss Parvina/Oziq-ovqat xavfsizligi]]
  18. Webb, P; Coates, J.; Frongillo, E. A.; Rogers, B. L.; Swindale, A.; Bilinsky, P. (2006). "Measuring household food insecurity: why it's so important and yet so difficult to do.". The Journal of Nutrition 136 (5): 1404S–1408S. doi:10.1093/jn/136.5.1404S. PMID 16614437. Archived from the original on 2013-07-31. https://archive.today/20130731134930/http://nutrition.highwire.org/content/136/5/1404S.short. 
  19. Cafiero, Carlo; Viviani, S.; Nord, M (2018). "Food security measurement in a global context: The food insecurity experience scale.". Measurement 116: 146–152. doi:10.1016/j.measurement.2017.10.065. Archived from the original on 2022-12-09. https://web.archive.org/web/20221209065016/https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0263224117307005. Qaraldi: 2023-01-15. Foydalanuvchi Miss Parvina/Oziq-ovqat xavfsizligi]]
  20. „Global indicator framework for the Sustainable Development Goals and targets of the 2030 Agenda for Sustainable Development“. United Nations (2023-yil yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
  21. Barrett, C. B. (11 February 2010). "Measuring Food Insecurity". Science 327 (5967): 825–828. doi:10.1126/science.1182768. PMID 20150491. 
  22. „FAO“. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-noyabr.
  23. „SDG Goals: End poverty in all its forms everywhere“. The United Nations Statistics Division. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  24. Morales, Alfonso (June 2009). "Public Markets as Community Development Tools" (en). Journal of Planning Education and Research 28 (4): 426–440. doi:10.1177/0739456X08329471. ISSN 0739-456X. 
  25. Morales, Alfonso (February 2011). "Marketplaces: Prospects for Social, Economic, and Political Development" (en). Journal of Planning Literature 26 (1): 3–17. doi:10.1177/0885412210388040. ISSN 0885-4122. Archived from the original on Aug 1, 2021. https://web.archive.org/web/20210801160503/https://www.sociablecity.org/assets/documents/MultiUseSidewalks/marketplaces%20-%20prospects%20for%20social%20economic%20and%20political%20development.pdf. 
  26. Zhong, Taiyang; Si, Zhenzhong; Crush, Jonathan; Scott, Steffanie; Huang, Xianjin (2019). "Achieving urban food security through a hybrid public-private food provisioning system: the case of Nanjing, China" (en). Food Security 11 (5): 1071–1086. doi:10.1007/s12571-019-00961-8. ISSN 1876-4517. 

Tashqi havolalar

tahrir

Food Security Communications Toolkit from FAO  [[Turkum:Oziq-ovqat]] [[Turkum:Oziq-ovqat xavfsizligi]]