TAKSODIYDOSHLAR.SEKVOYYA

tahrir

Taksodiydoshlar (Taxodiaceae) oilasi tarkibidagi turlar baland o‘suvchi yirik ninabargli daraxtlardir. Oilaning vakillari ikki uyli, ayrim jinsli. Bu oilaning 9 turkumi bo‘lib, ularning tarkibida 15 tur bor.

tahrir
 
sekvoyyaning umumiy barg kurinishi

Sekvoyyadendron (Seguoiadendron) turkumi. Turkumda bitta yagona tur bo‘lib, u gigant sekvoyyadendron (Seguoiadendron giganteum, Lindl.) yoki mamont daraxti deb ataladi. Bu katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 100-120 metr, diametri 10-12 metr. 2000 yildan 4000 yilgacha yashaydi. SHox-shabbasi keng, piramida shaklida, doimo yashil tusda. Qubbalari ikkinchi yili yetiladi. Urug‘i mayda, yupqa, oval shaklida, tiniq sariq rangda, ingichka qanotchali.1gramda 2800dona urug’ bor. Gigant sekvoyyadendron urug‘idan ko‘payadi.Ildizdan bachkilashi, to‘nkasidan o‘sib chiqishi ham mumkin. Qalamcha va payvand yo‘li bilan ko‘paytirilsa ham bo‘ladi. Qrim, Kavkaz, Markaziy Osiyoga introduksiya qilingan. Vatani SHimoliy Amerikaning Tinch okeani sohillari va janubiy shtatlari bo‘lib, tabiiy tarqalgan hududida 2-3 ming yillik daraxtlari saqlanib qolgan. U yorug‘sevar daraxt hisoblanadi. Ildizi baquvvat bo‘lib, chuqur joylashadi. Uning yog‘ochi sifatli va qattiq bo‘lib, suvda va zaxda chirimaydi.

Sekvoyya (Seguoia) turkumi. Bu turkumning bitta turi bo‘lib, u doim yashil sekvoyya (Seguoia sempervirens Endl.), deb ataladi, uning balandligi 113 metrga, diametri 10 metrga yetadigan ulkan daraxtdir. Tanasi tik o‘sadi, shox-shabbasi tor konussimon shoxlangan. Barglari doim yashil novdada ikkitadan joylashgan uzunligi 4-7 sm eni 3-5 mm, daraxtning yuqori va pastki qismlarida barglari mayda. Sekvoyya urug‘idan ko‘payadi. Qubbalari mayda 3 sm, oval yoki yumaloq shakilda. Birinchi yili pishib yetiladi. U Kavkazda, Qora dengiz sohillariga introduksiya qilingan va yaxshi o‘sadi.

O‘q va yon ildizlari baquvvat rivojlanadi. Doim yashil sekvoyya SHimoliy Amerikaning Tinch okeani qirg‘oqlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, dengiz sathidan 600-900 m balandliklarda o‘sadi, 2000 yilgacha yashaydi. Bu tur -100C gacha bo‘lgan sovuqlarga bardosh beradi. Qora dengiz sohillarida u manzarali daraxt sifatida ko‘plab ekilgan. Respublikamiz sharoitida keskin kontinental iqlimdan va sovuqdan zararlanadi.

 

Metasekvoyya (Metaseguoia) turkumi. Bu turkumning bitta gliptostrobussimon metasekvoyya (Metaseguoia glyptostroboides Mu.et.Cheng.) turi bor. U katta daraxt bo‘lib, vatanida bo‘yi 50 metrga, diametri 2 metrga yetadi. SHox-shabbasi tuxumsimon,simpodial tipda shoxlanadi. Shoxlari uzun va kalta bo’lib,yon shoxlari yashil va ularni qishda tashlaydi. Po’stlog’i jigarrang.  Novdada barglari qarama qarshi joylashgan qishda barglari  to‘kilib ketadi. Metasekvoyya bir uyli relikt o‘simlik. Metasekvoyya urug‘idan ko‘payadi, bir uyli. U o‘qildiz va yon ildizlar chiqaradi. Uni qishki qalamchasidan ko‘paytirish mumkin.Metasekvoyyaning qoldiqlari Yaponiya va Xitoyda uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan. Bu tur uzoq geologik o‘tmishda Markaziy Xitoyning g‘arbiy tumanlarida yirik o‘rmonlar hosil etgan holda o‘sgan. U tabiatda soyaroq, nam yerlarda, tog‘ qiyaliklarida, daryo qirg‘oqlarida, qumoq, kislotali tuproqlarda o‘sadi. Metasekvoyya hozirgi paytda Xitoyda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishada ko‘p ekiladi. Toshkent shahrida sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligi aniqlangan.Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanilmoqda, mahalliy sharoitlarda yaxshi o‘smoqda. Yog‘ochi sifatli, yaxshi mexanikaviy va fizikaviy xususiyatlarga ega