Foydalanuvchi:Muhammadjon Raxmataliyev/Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh

Abdulloh ibn Sa'd ibn Abu Sarh
Misrning voliysi
Saltanat 646–656 yillar
Oʻtmishdoshi Amr ibn al-Os
Davomchisi Muhammad ibn Abu Huzayfa
Harbiy xizmatlari
Davr – Xulafoi roshidin davri

Qatnashgan janglari:
Musulmonlarning Mag‘ribni zabt etishi
Sufetula jangi (647)

Musulmonlarning Misrni zabt etishi
Ikkinchi Dongola jangi (652)
Arab-Vizantiya urushlari

Zotus-suvoriy jangi (654)
Shaxsiy ma'lumotlar
Otasi Sa'd ibn Abu Sarh
Onasi Muhana binti Jobir al-Ash’ariyya
Dini Islom


Abdulloh ibn Sa'd ibn Abu as-Sarh (arabcha: عبد الله ابن سعد ابن أبي السرح) — arab voliysi va sarkardasi[1].

Abdulloh ibn Sa'd Misr hokimi bo'lgan davrida (milodiy 646-yildan 656-yilgacha) kuchli arab flotini qurdi. Uning rahbarligida musulmon dengiz floti bir qator g'alabalarni qo'lga kiritdi, shu jumladan milodiy 654-yilda Zotus-suvoriy jangida Vizantiya imperatori Konstans II ga qarshi birinchi yirik dengiz janggi bo’lib o’tdi.

Kelib chiqishi

tahrir

U Quraysh qabilasining Banu Amr ibn Luay qabilasidan bo‘lib, xalifa Usmonning asrab olingan ukasi edi[1].

Muhammad (s.a.v.) davrida

tahrir

Muhammad (s.a.v.) Makkani qamal qilish uchun yetarlicha qo‘shin to‘plagandan so‘ng, o‘z tarafdorlariga Abdulloh ibn Sa’d Ka’ba pardasi ostiga yashiringan bo‘lsa ham o‘ldirilishi lozim bo‘lganlardan biri ekanini aytganlar. Ammo Abdulloh Usmon ibn Affonning oldiga borib, undan yordam so'radi. Keyin ular birgalikda Muhammad (s.a.v.)ning huzuriga omonlik so'rash uchun borishdi. Bir qancha sahobalar bilan birga o’tirgan Muhammad (s.a.v.) uzoq jim turdilar va oxiri unga omonlik berdilar. Ammo ikkalasi ketganidan keyin, Muhammad (s.a.v.) sahobalariga: “Sizlardan biringiz o‘rnidan turib, uning boshini olarmikin, deb jim turdim!” dedilar. Ansorlardan biri: “Ey Allohning Rasuli, unda nega menga ishora bermadingiz?” dedi. Muhammad (s.a.v.): “Payg'ambarlar ishora qilib o'ldirmaydi”, deb javob berdilar[2].

Tabariy o‘zining “Tarix” asarida Abdulloh va Muhammad (s.a.v.) haqida qisqacha ma’lumot beradi: “Abdulloh ibn Sa’d ibn Abi Sarh u zotga kotiblik qilar edi. So’ngra u murtad bo’ldi, keyin esa, Makka fath qilingan kuni yana Islomga qaytdi"[3].

Xalifa Umar davrida

tahrir

Umar (r.a.) uni Misrni fath etish uchun Amr ibn al-Osga yordamchi qo'mondon etib tayinlagan. U Misrni fath etishda harbiy qo‘mondon sifatida katta rol o‘ynagan. U Amrning oʻng qanot qoʻmondoni boʻlib, Amr qoʻmondonligida Misrdagi barcha janglarda qatnashgan[4].

Xalifa Usmon davrida

tahrir

Usmon (r.a.) 644-yilda xalifa boʻlgach, Amr ibn al-Osning oʻrniga Abdullohni Misrga voliy, Muhammad ibn Abu Huzayfani esa, unga yordamchi qilib tayinladi. Abdulloh ko'plab xorijlik odamlarni olib kelib, devon o'rnatdi va "mamlakatning barcha soliq ishlarini devonda tartibga solishni buyurdi"[5].

Bu orada Abdullohga qarshi noroziliklarni uning yordamchisi Muhammad ibn Abu Huzayfa qo'zg'atgan ko'rinadi. Muhammadning otasi (Abu Huzayfa) Islomni erta qabul qilgan, Yamoma jangida vafot etgan. Muhammadni Usmon voyaga yetkazgan. U balog'atga yetgach, turli mamlakatlardagi harbiy yurishlarda qatnashgan va Abdullohning yordamchisi sifatida Misrga borgan. Muhammad ibn Abu Huzayfa Abdullohga nasihat qilib, hukumatni o'zgartirishni tavsiya qilgan, lekin Abdulloh buni qabul qilmagan.

Abdullohni hukumatni o'zgartirishga ko'ndirish bo'yicha tinimsiz sa'y-harakatlardan so'ng, Muhammad ibn Abu Huzayfaning sabr-toqati tugab, hamdard nasihatchidan hafsalasi pir bo'lgan raqibga aylandi. Abdulloh xalifa Usmonga maktub yozib, Muhammad fitna tarqatayotganini va agar uni to'xtatish uchun hech narsa qilinmasa, vaziyat keskinlashib ketishini aytdi. Usmon Muhammadning noroziliklarini bostirishga harakat qildi. Usmon Muhammadga ko'plab maktublar yubordi, lekin u Abdullohga qarshi jamoaviy qarshilik ko'rsatishda davom etdi. 656-yilda Misr jamoati rahbarlari Abdullohni ishdan bo'shatishni talab qilish uchun Madinaga delegatsiya yuborishga qaror qildilar. Abdulloh ham xalifaning saroyida o'zini himoya qilish uchun Madinaga jo'nadi. Uning yo'qligida Muhammad ibn Abu Huzayfa hukumat mas'uliyatini o'z zimmasiga oldi.

Abdulloh Aylaga yetib borgach, Usmonning uyi qamalda ekanidan xabar topib, Misrga qaytishga qaror qildi. Chegarada Muhammad ibn Abu Huzayfa uning Misrga kirishiga to‘sqinlik qilish haqida buyruq berganini o’rgandi. Keyin Madinadagi voqealar oqibatini kutib Falastinga ketdi. Bu orada Usmon (r.a.) Madinada o‘ldirildi. Abdulloh bu xabarni eshitgach, Falastinni tark etdi va Muoviya I himoyasida yashash uchun Damashqqa yo’l oldi.

  1. 1,0 1,1 Becker, C.H. „ʿAbd Allāh b. Saʿd“ (en).
  2. Ibn Ishaq. The Life of Muhammad - Sirat Rasul Allah — 550-bet. ISBN 0196360331. 
  3. Al-Tabari, "History of al-Tabari Vol. 9 - The Last Years of the Prophet", transl
  4. Ibn, Athir. Usûd Ulghâbah fî Ma'rifat Is-Sahâbah (Urdu). Lahore: Al-Meezan — 265-bet. 
  5. Archdeacon George (fl. 715), as transferred to ; B. Evetts „Benjamin I“, History of the Patriarchs of the Coptic church of Alexandria, 1904.  On George's authorship of Lives 27-42:Robert G. Hoyland. Seeing Islam As Others Saw It. Darwin Press, 1998 — 447-bet.