buʼd ( arab.— oraliq, masofa, chaqirim; koʻpligi ab'od ) – bir yoki turli vaqtda eshtilayotgan ikki tovush, nagʻma, pardaning oʻzaro baland– pastlik munosabatlari. Yevropa musiqasidagi interval tushunchasiga qisman mos. B. Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, dastlab Farobiy, keyinchalik Abu Ali Ibni Sino, Ibn Zayla, Zaynulobiddin, Urmaviy, Jomiy va b.olimlarning asarlarida mat. qoidalar asosida taʼriflangan. B.lar ochiq (butun) torga nisbatan torning maʼlum boʻlagidan hosil etilgan va nisbiy sonlar bilan ifodalangan. Mas., Ochiq tordagi tovush asosiy ( mutlaq) parda deb faraz etilsa, torning 1/2 boʻlagida — zul-kull ( lot. Oktava) , 2/3 boʻlagida — zul- Xams ( kvinta) , 3/4 boʻlagida — zul- arbaʼ ( kvarta), 8/9 boʻlagida — taniniy (katta sekunda) , 243/256 boʻlagida — baqiya (90 sentli kichik sekunda) kabi B.lar hosil qilinadi. Nazariy jihatdan B.larning soni chegaralanmagan boʻlsa-da, musiqa amaliyotida asosan 9 tasi qoʻllanilingan. Ular muloyim ( yoqimli, lot.qonsonans ) va mutanofir (yoqimsiz , dissonans) turlarga ajratilingan. Muloyimlar — zul-qull marratayn (kvintdetsima), zul-qull val-xams (duodetsima), zul-qull val-arbaʼ (undetsima), zul-qull, zul-xams, zul-arbaʼlar; qolganlari mutanofirdir.