Nargiza93
Evgeniy Valentinovich Kasperskiy 1965 yil 4 oktyabrda Novorossiysk shahrida tug’ilgan.
— 1982 yil MGU qoshidagi A.N.Kolmogorova nomli fizika-matematikaga yo’naltirilgan maktab-internatini bitirgan.
— 1987 yil Evgeniy kriptografiya, aloqa va informatika universitetini tamomlagan.
— 1991 yilgacha Mudofaa vazirligiga qarashli ko’p profilli ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
— 1989 yili Evgeniy o’z kompyuterida “Cascade” nomli dastlabki virusni aniqlaydi va unga qarshi kichik dasturcha(virusni tuzatuvchi modul) tuzadi.
— 1991 yildan u “Kami” nomli kompaniyada faoliyatini davom ettiradi. Bu kompaniya «Antiviral Toolkit Pro» («AVP») nomli antivirus loyihasini yaratish bilan shug’ullanar edi. Bu loyiha Antivirus Kasperskiy ning prototipi (nusxasi) edi.
— 1997 yil Evgeniy Kasperskiy va uning bir necha hamkasblari alohida bo’lib chiqishadi va Evgeniy boshchiligida “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasini ochishadi.
— 2007 yildan, Evgeniy Kasperskiy bu firmaning bosh direktori lavozimini egallaydi.
— 2007 yil Kasperskiy «Tarmoq(сеть)» nomli filmida rus xakeri rolini ijro etadi.
— 2009 yil rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasida yig’ilish tashkil qiladi va u yerda Evgeniy o’z dokladi bilan ishtrok etadi. Shundan so’ng prezident kompaniya bo’ylab ekskursiya uyushtiradi. Server xonalarni, virus labaratoriyalarni, antiviruslarni testlovchi xonalarni ko’zdan kechiradi va bu soha juda qiziqligini ta’kidlab o’tadi.
— 2009 yil 4 iyunda ilm va texnologiya sohasida Rossiya Federastiyasi davlat premiyasini qo’lga kiritadi. Mukofot puli 5 mln rubl edi. U mukofot pulini hammasini o’zi tahsil olgan A.N.Kolmogorova nomidagi fizika-matematika maktab-internatiga o’tkazadi.
— Kasperskiy – Kompyuter viruslari sohasining eng buyuk ekspertlarini o’zida jamlagan kompyuter viruslari tadqiqotchilari tashkiloti(SARO) ning a’zosi.
— Evgeniy Rossiya feaderastiyasi jamoatchilik palatasining a’zosi.
— Evgeniy 2010 yil avgust oyidan ”Skolkovo” innovastion markazining ilmiy maslahatkengashi tarkibiga kirdi
— Evgeniy Kasperskiy 2010 yil SC Magazine Europe jurnali tomonidan “Yil boshlig’i” nomiga ega bo’ldi.
— 2011 yili Fobes jurnali Kasperskiyning boyligini 800 mln dollar deb baholadi. Bu eng boy rossiya biznesmenlarining 200 taligidagi 125 o’rindir. 2012 yil uchun 139 o’rin.
— Evgeniy ikkinchi marotaba uylangan bo’lib, birinchi xotinidan 2 o’g’il farzandi(Maksim, Ivan) bor. Birinchi xotini “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasining asoschilaridan biri va direktor maslahatchisi lavozimida ishlagan.
— Evgeniy Kasperskiy sharofati bilan hozirda Gollandiya va Braziliya qamoqxonalarida kiber jinoyatchilar yotishibdi. Bular to’g’risida Kasperskiy g’urur bilan gapiradi.
— Kasperskiyga internet-pasport g’oyasi taaluqlidir, ya’ni siz internetda o’tirasiz, agar biror xavfli harakat qilsangiz, o’z harakatingizga javob berasiz.
— Uning xobbisi baydarkada suzish va o’zining ishidir. U “mening ishim mening xobbiyimdir, mening xobbiyim mening ishimdir” deydi.
14942-7011 — 2011 yil 19 aprelda Evgeniy Kasperskiyni Ivan(20 yoshda edi) nomli o’g’lini Infowatch(onasi shu firma direktori edi) firmasi yonida o’g’irlab ketishadi. Ivan bu firmada programmist bo’lib ishlar edi. Jinoyatchilar bu bola evaziga 3 mln evro so’rashadi. 2011 yil 24 aprelda Ivan Kasperskiy jinoyatchilardan ozod qilinadi.