Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda JIzzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug`ilgan. Millati- o`zbek. Oliy ma'lumotli, 1981-yili Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxxissisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi,dotsent.
        Mehnat faoliyatini 1981-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o`qituvchi, dotsent, o`quv ishlari bo`yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
        1990- yil Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko`rsatdi.
        SH.M.Mirziyoyev 2003-yilda O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta- 2005, 2010,2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqland
  SH.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlarsdan boshlab O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bordi. 
 2016-yil 8-sentabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida parlament palatalarining qo`shma qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezedentining vazifasi va vakolatlarini bajarish vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.



Yusupova Maqsuda 111-guruh talabasi