BUYUK MAQSAD YO’LIDAGI ZALVORLI UMR tahrir

1.Annotatsiya o’zbek tilida: Mazkur maqolada buyuk o’zbek huquqshunoslik fanining ilk ayol darg’asi bo’lgan Xadicha Sulaymonovaning faoliyat yo’li haqida so’z boradi.                                                                                                                                  

2.Annotatsiya rus tilida: в данной статье рассказывается о творческом пути Хадичхи Сулаймановой, первой женщины-ученого великой узбекской юриспруденции.                                                                                                            

3.Annotatsiya ingliz tilida: this article talks about the career path of Khadichha Sulaimanova, the first female scholar of the great Uzbek jurisprudence.

1.Kalit so’zlar o’zbek tilida:Xadicha Sulaymonova, Sobiq Ittifoq, ilk, huquq, sud.                                     

2.Kalit so’zlar rus tilida: Хадича Сулайманова, бывший Союз, во-первых, закон, суд.                                                                                                              

3. Kalit so’zlar ingliz tilida: Khadicha Sulaimanova, former union, first, law, court.

Dunyoda jamiyat tushunchasi paydo bo’libdiki, unda asosiy omil inson sanaladi. Barcha davrlarda ham kishilik jamiyati inson erki, uning huquqlari, axloqiy me’yorlari haqida bosh qotirib keladi. Xoh u diniy, xoh dunyoviy qarashlar bo’lsin, shaxsni shakllantirish, shu bilan borliqni o’zgartirishga urinishlar bo’ladi.

Asrlar davomidagi taloto’plar, ijtimoiy qatlamlarga ajratish, guruhlarga bo’linish, inson qadr-qiymatining toptalishi kabi masalalar kishilik jamiyatining og’riqli nuqtasi bo’lib qolmoqda. Xususan, jamiyatda ayollar nufuzining kamsitilishi, unga shaxs sifatida panja orasidan qarash yetakchi edi.

O’zbekiston istiqlolga erishganidan so’ng barcha jabhalarda muhim o’zgarishlar yuz bera boshladi. Buning tasdig’i sifatida Gender tengligi tushunchasi ilgari sura boshlandi. Ishlov berilmagan bo’z, quruqshagan yerda giyoh undirib bo’lmagani kabi, ma’lum ildiziga ega bo’lmagan, ilk qadamlar tashlanib, tamal toshlari qo’yilmagan jabhalarda ham o’zgarishlar bo’lishi dargumon. Millat tarixiga e’tibor bersak, kolxoz va boshqa maishiy ishlarga xotin-qizlarimiz juda ko’p jalb qilingan. Chunonchi, o’zbek ayollari ichidan ilk mexanizatorlar, paxtakorlar, oqartuv sohalarining boshqa jabhalarida qator kishilar yetishib chiqqanligi bizga ma’lum, ammo inson qadr-qiymati, uning axloqiy, huquqiy qadriyatlarini himoya qilgan xotin-qizlar deyarli yetishib chiqmagan. Mana shunday zalvorli, og’ir, ayni o’sha davr nuqtayi nazaridan tahlikali yukni o’z bo’yniga olgan zabardast o’zbek ayoli Xadicha Sulaymonova edi.  Bu ismni tilga olganimizda, hayotining tarixiga nazar tashlaganimizda birinchi, ilk degan tushunchalarga ko’p marotaba guvoh bo’lishimiz mumkin va bu birinchi degan ta’rif nafaqat O’zbekiston uchun, balki ma’lum jihatlariga ko’ra butun dunyo, jahon uchun birinchisi bo’lgan ayolga nisbatan ishlatilgan.

Buyuk inson huquqlari himoyachisini eslab, 1991-yili yanvarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida birinchi marotaba Xadicha Sulaymonovaning xotira kechasi o’tkazildi. Ulug’ ajdodimizning yorqin xotirasini yod etib, u bosib o’tgan og’ir, biroq shukuhli faoliyat yo’li ibrat sifatida xotirlandi

Xadicha Sulaymonova 1935-yilning sentabirida Sovet qurilishi va huquq institutini bitirib chiqqan O’zbekiston Sovet Sotsiolistik Respublikasida birinchi yurist kadirlardan biri edi. Bir inson sifatida ajdodimizning naqadar mushkul vazifani o’z bo’yniga olganini tasavvur qilish qiyin emas: birinchidan, mustabid tuzum, ikkinchi tomondan jabrdiyda xalq, uchinchi tomondan ayollar huquqi kamsitilgan jamiyat… Bunday sharoitda ishlash, hayot kechirishning o’zi bir qahramonlik edi.

Xadicha Sulaymonova institutni tamomlaganidan so’ng Xalq sudyasi sifatida faoliyatini boshladi, bu hol esa uni xalqqa yanada yaqinlashtirar edi. Hozirgi kunda ham Xalq sudyasi tushunchasi bo’lmasa-da, ommaning muammolarini o’z joyida hal qilish uchun sayyor sudlar tashkil etilgan. 1935-yilning oxirida u Respublika Oliy sudi a’zoligiga saylandi. Yigirma ikki yoshli ayolning bunday yuksak martabaga erishishi millatimizning har bir a’zosi uchun go’yoki bir sarob edi. Bu shu paytgacha bo’lgan nafaqat ayollar, balki erkakalar bilan taqqoslaganda ham eng yosh Oliy sudya a’zosi edi. Sulaymonova shunday bir tahlikali davrda o’sha payt uchun eng jiddiy va og’ir sanalgan jinoiy ishlarga sudyalik qildi, boshqardi.

Mustabid tuzum davrida tarix va huquqiy adabiyotlar inqilobiy ruhda shakllantirilgan edi. Mazkur davrdagi jinoyat huquqi va jazolash siyosatini ilmiy asosda yoritib bergan birinchi o’zbek olima ayoli Xadicha Sulaymonovadir. Ilk qaldirg’och sifatida, olima sifatida qilingan yagona ish faqatgina shu emas edi, Xadicha Sulaymonova Sovet Ittifoqi davrining ko’plab normativ akt  va hujjatlari, adabiyotlarini o’rganish asnosida O’zbekiston Sovet Sotsiolistik Respublikasining jinoyat huquqi va  sudi tarixini yaratdi, mazkur qiyin hamda ziddiyatlarga to’la jarayonning umumiy qonuniyatlarini yaratgan ilk shaxs sifatida ham katta ahamiyatga molikdir.

Sulaymonova o’z tadqiqotlarida sotsializm qurilishi va sotsializm g’alabasi davrida O’zbekistonda jinoyat huquqining takomillashuvi masalasiga alohida e’tibor berdi. Chunonchi, 1926-yilning iyunida kuchga kirgan birinchi O’zbekiston SSR jinoyat kodeksiga mukammal tavsif bergan. O’zbekistonda jinoyat huquqi fanidan birinchi marta o’zbek tilida chop etilgan darslikning mualliflaridan biri va muharriri hamdir. Mazkur darslik aynan Xadicha Sulaymonovaning tashabbusi asosida qo’llanma sifatida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari huquqshunoslik sohasini rivojlantrish maqsadida 80dan ortiq asarlar yaratganligi ham e’tiborga molikdir.

Xadicha Sulaymonovaning e’lon qilingan ishlari, odatda, tanlangan mavzuning dolzarbligi, muhim nazariy muammolar dadil ko’tarilishi va yoritilishi, olg’a surilgan talablarning asoslanganligi, ilmiy umumlashmalar hamda xulosalarning aniq dalillar asosida berilishi bilan ajralib turadi. Har bir qilingan ishning samadorligi, uning aniq natijalarga qaratilganligi uni ham olima, ham o’z ishining mohir bilimdoni va amaliyotchisi sifatida alohida e’tirof etilishiga sabab bo’ldi. Buning samarasi o’laroq Oliy Sovet Prezediumi tomonidan “O’zbekiston SSRda hizmat ko’rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “Hurmat belgisi ordeni”, “Ulug’ vatan urushi davridagi shavkatli mehnati uchun” medali bilan taqdirlandi.

SAGUda yuridik fakultet ochilganida shu fakultetda dekan vazifasida ishlaydi va bir vaqtning o’zida jinoyat huquqi kafedrasiga mudirlik qiladi, ham ilmiy, ham tashkiliy ishni muvaffaqiyat bilan bajardi. Pedagogik va ilmiy ishni bab-baravar olib borishi Sulaymonovaning o’ziga xos tomonini ko’rsatardi.

Uning tashabbusi bilan kollegiya muhokamasiga faqat amaliy masalalargina emas, balki birmuncha murakkab ishlarga oid munozarali masalalar, sotsializm mulkini o’g’irlash, nafaqa undirish va boshqalar yuzasidan moddiy va protsessual huquq normalarini to’g’ri qo’llash bilan bog’liq bo’lgan nazariy masalalar ham kiritilardi.

Xadicha Sulaymonovaning dunyo jamiyati bilan ham vatan nomidan ba’zi daslabki maslalarni amalga oshirganligi unga bo’lgan hurmat va havas hissini yanada oshiradi. 1959-yilning fevralida Toshkentda bo’lib o’tgan juda muhim tadbir- qonunlarni kodifikatsiya qilishga bag’ishlanib O’zbekiston SSR, Qozog’iston SSR, Qirg’iston SSR, Tojikiston SSR, va Turkmaniston SSR vakillari ishtirokida o’tkazilgan respublikalararo ilmiy konfrensiya bo’lib o’tdi. Konfrensiya ishida SSR Ittifoqi, O’rta Osiyo respublikalari Adliya organlarining vakillari, Moskva, Leningrad, ittifoqdosh respublikalardan kelgan yurist olimlar, shuningdek, partiya va sovet hodimlari qatnashgan edi. Bu olim va amaliyotchi yurisylarning birinchi marta toshkentda o’tkazilgan katta anjumani hisoblanib, anashunday ilk marotaba tashkil etilgan  konfrensiya tashabbuskorlari va raxbarlaridan biri Xadicha Sulaymonovadir. 1961-yilning yanvarida Birlashgan Arab Respublikasi poytaxti Qohirada o’tkazilgan Osiyova va Afrika xotin-qizlarining birinchi Konfrensiyasida ham birinchilardan bo’lib qatnashdi. Xadicha Sulaymonova Sovet Sharqi respublikalari xotin-qilzraining vakili sifatida qatnashib, sovet delegatsiyasi nomidan tarixda birinchi marta o’tayotgan Osiyo va Afrika xotin-qizlarining ana shu konfrensiyasida so’zga chiqib, anjuman qatnashchilarini tabrikladi, sovet ittifoqidan kelgan xotin-qizlarga ko’rsatilgan  g’amxo’rlik uchun Birlashgan Arab Respublikasi xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Xadicha Sulaymonova millatning faxri, iftixori sifatida yuridik fanlar sohasida ilk o’zbek doktori, professori, akademigi ham edi. O’zbek huquqshunoslik fani tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Sobiq Ittifoq davridagi shu tarmoqdan yetishib chiqqan yagona akademik  olima bo’lgan Xadicha Sulaymonova o’z ilmiy faoliyati davomida bir qancha zabardast, nafaqat o’zbek, balki dunyo huquqshunosligi sohasida ham o’z o’rniga ega bo’lgan shogirdlar yetishtirdi. Uning kafedra mudirligi davrida ham, fakultet deganligi davrida ham va butun hayoti davomida ham unga shogird bo’lib, uning ko’magida doktirlik dessertatsiyalarini yoqlab, jamiyat va davlat hayotiga salmoqli hissa qo’shgan  ko’plab taniqli shaxslarni uchratishimiz mumkin. Ular ham Xadicha Sulaymonovaning birinchilardan ekanligini tan olgan holda quyidagi fikrlarni keltrib o’tishgan. Quyida shogirdlari tomonidan faxriya tarzida aytilgan fikrlarni keltirishga qaror qildik:

1.”1956-yil Xadicha Sulaymonova O’zbekiston Fanlar akademiyasi umumiy majlisida yashirin saylov o’tkazish yo’li bilan ko’pchilik ovozi asosida Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosiga aylandi, shu paytgacha hech kim ayollar ichidan bunday oliy unvonga ega bo’lmagan edi”, -deb yozadi Sabohat Azimjonova.

2.” Respublikamiz madaniyati tarixida, respublikamiz fanining vujudga kelishi va rivojlanishida, odatda, birinchilar haqida alohida gapiriladi. Xadicha Sulaymonova ana shu birinchilar qatoriga kiradi. Xadicha Sulaymonova O’zbekistonda yuridik ta’limotning asoschilaridan biri, huquq - muhofaza organlarining tashkilotchilaridan biridir”, - degan edi huquqshunoslik fanlari doktori Anvar Azamxo’jayev.  

3. 50-yillarda respublikamizda, ayniqsa, o’zbeklardan fan doktorlari juda oz bo’lib, 20-25 kishini tashkil qilardi. O’zbek xotin-qizlaridan ijtimoiy fanlar bo’yicha birinchi va yakka-yu yagona fan doktori Xadicha Sulaymonova edi. Xadicha Sulaymonova hali yosh bo’lishiga qaramay, faqat respublikada emas, balki butun mamalkatda ham yetuk  olima sifatida mashhur edi. Xadicha Sulaymonova o’zbek xotin-qizlari ichidan chiqqan yorqin yulduz edi”,-  degan edi Abdulhay  Valiyev.  

Fikrimizni yakuni qismini qisqa ammo Xadicha Sulaymonovaganisbatan berilgan to’g’ri ta’rif bilan yakunlamoqchimiz, ya’ni: odam borki tiriklikda o’likdir, odam borki o’lganda ham tirikdir.  Xadicha Sulaymonova hayotdan ko’z yumgan bo’lsa ham va bunga bir asrdan ko’proq vaqt o’tgan bo’lishiga qaramasdan o’z ezgu ishlari orqali hali ham tirikdir.





Foydalanilgan adabiyotlar:

1.           “Xadicha Sulaymonova huquqshunos, olima, davlat arbobi”. Xakimov. G’, Axmedov.A, Saidov.T O’zbeiston, 1993.-151b.

2.           “Akademik Xadicha”. Malik hakimovich Hakimov. O’zbekiston. -1974.