Koreya yarim orol bo’lgani sababli ko’pchilik sayohatga boradigan joylar asosan dengiz sohili bo’lishi mumkin. Issiq bo’ladigan yoz ta’tilida cho’milib dam olish uchun, yangi yilda chiqayotgan quyoshga qarab yangi niyat qilish uchun, suratga olish uchun, mazali va sog’lik uchun foydali dengiz mahsulotlari yeyish uchun dengiz sohillariga boradilar. Yana, Koreyaning g’arbiy va janubiy tomonida orollar ko’p bo’lganligi tufayli u yerga ham sayohatga borishadi. Koreyada ko’p qadimiy buddizm ibodatxonalari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. U yerga odamlar ibodat qilish uchun ham boradilar, yoki ibodatxonalarning ko’pchiligi tog’ yoki tog’ atrofida bo’lgani uchun toza havodan nafas olish, go’zal ibodatxona va tog’ manzarasini tomosha qilish uchun ham boradilar. Koreyaning qadimiy poytaxtida tarixiy meroslar juda yaxshi saqlanib qolgan va shuning uchun u joylarga nafaqat koreyaliklar balki, va chet ellik sayyohlar ham ko’p tashrif buyuradilar. Bundan tashqari ko’llarga, issiq buloqlarga yoki televizor seriallari suratga olingan joylarga ham sayohat qiladilar.