Foydalanuvchi:O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi/qumloq

Oksana Chusovitina

Oksana Aleksandrovna Chusovitina — 1975-yilda Buxoroda tugʻilgan. Sport gimnastikasi sportchi. U dunyo boʻyicha sakkizta olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir. Oksana Chusovitina 1992-yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008-yilga Pekin olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Oksana Chusovitina 2001 Uzbekistan Oksana Chusovitina sport gimnastikasidagi faoliyatini oʻtgan asrning 90-yillari boshlarida, SSSR terma jamoasi saflarida boshlagan. Oksana 1992-yilda birinchi bor Barselona Olimpiadasida qatnashib¸ musobaqalarni ettinchilikda tugatdi.

1996-yilda Atlanta¸ undan keyin, 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida qatnashdi. Bu oʻyinlarda medal sohibasiga aylanmagan boʻlsa-da¸ Oksananing qoʻlida 9 oylik chaqalogʻi Alisher bilan xalqaro musobaqalarda qatnashganining oʻziyoq¸ badiiy gimnastika mutaxassislari tomonidan¸ mislsiz jasorat sifatida baholandi. Mustaqillik yillari sport gimnastikasi boʻyicha u Oʻzbekiston terma jamoasiga murabbiylik ham qilgan. 2006-yilda esa, oilaviy sharoiti tufayli, Oksana Germaniyaga koʻchib oʻtgan va oʻshandan buyon shu mamlakat terma jamoasi safida musobaqalarda etgan.

Hayotiy sinovlar Sidneydagi Olimpiada oʻyinlari tugagach, 25 yashar Oksana katta sportni tark etishi mumkin edi. Ammo qoʻlidagi goʻdagining saratonning ogʻir koʻrinishi — oqqonga chalingani¸ sportchi qizning yashirin matonatini bulogʻini ochib yubordi.

Bolasini davolatish uchun Germaniyaga kelgan Oksana¸ Germaniyadagi musobaqalarda qatnashib¸ yutgani evaziga berilgan pullarni oʻgʻlining muolajasiga toʻlay boshladi.

Oʻgʻli Alisher tuzalib ketdi va oʻz minnatdorligini izhor qilish yoʻli sifatida Oksana¸ oʻz talantini Germaniya badiiy gimnastika jamoasiga taklif etdi. Shu tarzda u Germaniya fuqaroligi¸ uning asosida milliy jamoasiga qabul qilindi va 2008-yilgi Pekin olimpiadasida 33 yashar Oksana Germaniya bayrogʻi ostida musobaqalarga kirdi.

Tokio 2020 2021-yil iyul oyida Tokioda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari ochilish marosimida Oksana Chusovitina va Bobousmon Boturov bayroqdor boʻlishlari aytilgan lekin ochilish marosimiga kam vaqt qolganda bayroqdorlar almashtirilgan, Oʻzbekiston bayrogʻini Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulovalar koʻtarib chiqishdi. Chusovitina bu holatdan ranjiganini bildirdi va holatni „Menga hech narsani tushuntirishmadi, shunchaki ishtiyoqni oʻldirishdi, hammamiz insonmiz, tushuntirishganda toʻgʻri tushunardik“, – deb izohladi. Tokio olimpiadasidagi ishtirokidan soʻng Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qildi.

Faoliyatini yakunlagach, Chusovitina Xalqaro olimpiada qoʻmitasida ish boshladi.