SHAMSIDDIN VOHIDOV

2002-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 307-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi. Shaxmat bilan 2009-yildan boshlab shugʻullanib keladi.

Birinchi murabbiyi: Gulnora Ortiqova.

Murabbiylari: Ravshan Shukurov, Anton Filippov.

Erishgan muvaffaqiyatlari:

12 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2013-y.)

Shri-Lankada oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida klassik yoʻnalishida 1-oʻrin, rapid yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻlgan (2013-y.)

14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 1-oʻrin (2015-y.)

Gretsiyada oʻtkazilgan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medal sohibi (2015-y.)

16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin va kumush medalga sazovor boʻlgan (2017-y.)

Osiyo chempioni (2018-y.)

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 1-oʻrin sohibi (2018-y.)

Turkiyaning Konya shaxrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida hamda oʻzining taxtasida oltin medal sohibi (2018-y.)

Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Jahon chempionatida 2-oʻrin (2019-y.)

Georgiy Agzamov xalqaro ʼotira turnirida 2-oʻrin (2019-y.)

Shuningdek, oʻsha yili Peterburg yozi xalqaro turnirida 3-grossmeysterlik talabini bajardi (2019-y.)

Xalqaro grossmeyster (2020-y.)

20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida 3-oʻrin (2020-y.)

Gibrid shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida 1-oʻrin (2021-y.)

Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni (2022-y.)

Unvonlari: „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni sohibi (2022-y.)Yirik matn