Xush kelibsiz!

Salom, O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! Optima D

Do not speak Uzbek? Click here.

MaxiMillian munozara 06:41, 18-Avgust 2022 (UTC)

Bahodir Jalolov

Bahodir Jalolov Isomiddin oʻgʻli (Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 1994-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ogʻir vazn toifasida professional bokschi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, Olimpiya oʻyinlarining chorak finalchisi (2016-yil), jahon chempioni (2019-yil), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2015-yil), uch karra Osiyo chempioni (2017-yil, 2019-yil, 2021-yil). 2019-yilda "Oʻzbekiston iftixori" unvoni bilan taqdirlangan.

Professionallar orasida ogʻir vazn toifasida NABF Junior boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Shimoliy Amerika chempioni (2019-yildan hozirgacha). 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiyani — 73-oʻrinni qayd etgan va ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschilar orasida 1-oʻrinda. 2019-yil sentabr oyida asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytinglariga koʻra, u WBC reytingida 40-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi TOP-75 ga kirdi.

Boshlangʻich karyerasi

U boksni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 7-sinfida Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan boshladi. 2009-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi.

2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari

2016-yil avgust oyida u Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Olimpiadada u chorak finalga chiqdi: nimchorak finald u venesuelalik tajribali bokschi — Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi.

2017-yil

2017-yil may oyida u Toshkentda 91 kg dan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni boʻldi va finalda qozogʻistonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni magʻlub etdi.

2017-yil avgust oyida Gamburg (Germaniya)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda Jalolov tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut qilib, gʻalaba qozondi[2]. Biroq chorak finalda juda 2:3 hisob bilan qozogʻistonlik Kamshybek Konkaboevga yutqazdi.

2019-yil

2019-yil aprel oyida u Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozogʻistonlik Kamshybek Kunkabayevni finalda magʻlub etib yana Osiyo chempioni boʻldi.

2019-yil sentabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib[4], yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni magʻlub etdi (5:0)[5] va finalda qozogʻistonlik tajribali bokschi Kamshybek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni boʻldi.

2021-yil

2021-yil fevral oyida u Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Strandzha Cup“ xalqaro turnirining u 91 kg dan yuqori vazn toifasida ukrainalik Tsotne Rogavani magʻlub etib, gʻolib boʻldi.

2021-yil aprel oyida u „Sankt-Peterburg gubernatori kubogi“ xalqaro turnirining finalida tajribali rossiyalik Ivan Veryasovni magʻlub etib, gʻolibi boʻldi.

2021-yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozogʻistonlik Kamshybek Kunkaboevni magʻlub etib Osiyo chempioni boʻldi.

2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari

2020-yil mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) u 1-oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga Osiyo Okeaniyadan saralash turniriga yoʻllanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori boʻldi. Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, musobaqaning nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevni 5:0 hisobida yengdi. Finalda amerikalik richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Oʻzbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi. Olimpiada chempioni boʻlgan Bahodir Jalolovga Prezident sovgʻasi — „Chevrolet Tahoe“ avtomobili sovgʻa qilindi. Shuningdek, xonadon kaliti va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti topshiriladi.

Professional karyera

2018-yil fevral oyida u Amerikaning Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 5-may kuni AQShda magʻlub boʻlmagan meksikalik bokschi Ugo Truxiloni 3-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratib (4-0-1), professional ringda muvaffaqiyatli debyut qildi.

2019-yil 10-aprelda Nyu-Yorkda (AQSh) oʻtkazilgan 6-jangida u amerikalik Brendan Barretni 1-raundda nokaut bilan magʻlub etdi (7-2-2) va oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifasidagi NABF Junior Shimoliy Amerika chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) ogʻir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaiga (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan magʻlub etdi. O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 07:18, 18-Avgust 2022 (UTC)

Salom, hurmatli @O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi! Maqola yaratish haqida batafsil ushbu videodarslarni tomosha qilib chiqing: https://youtube.com/playlist?list=PLTiLidqsHkJMY1CSQiUuweKqly5LmYp_L . Va keyin, Vikipediyada maxsus sahifalar aynan biror maqsad uchun ishlatilinadi. Munozara sahifasida maqola yozilmaydi. Nomingizdan kelib chiqqan holda, Vikipediya:Manfaatlar ziddiyati va Vikipediya:Betaraf nuqtai nazar kabi qoidalar bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilaman. Savollar bo'lsa, munozara sahifamga marhamat! MaxiMillian munozara 07:26, 18-Avgust 2022 (UTC)

JAVOHIR SINDAROV

tahrir

Oʻzbekistonlik taniqli shaxmatchi Sindarov Javohir Sanjarovich 2005-yil 8-dekabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2018-yil Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan “First Saturday GM” Xalqaro turnirda grossmeysterlik talabini bajarib, 12 yoshu 10 oyligida dunyoning eng yosh xalqaro grossmaysterlaridan biriga aylangan.

Shaxmat bilan 2009-yildan shugʻullanib keladi. 2012-yil Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 300-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan va hozirgi kunda 11-sinf oʻquvchisi. FIDE reytingi – 2651.

Birinchi murabbiyi Sabohat Zayniddinova. Murabbiylari: Sirojiddin Zayniddinov, Marat Jumayev, Akrom Toshxoʻjayev (marhum), Bobur Sattorov.

Muvaffaqiyatlari: Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻz yosh toifasida 5 karra Oʻzbekiston chempioni. Maktab oʻquvchilari va bogʻcha tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Hindistonning Dehli shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionati blis yoʻnalishida oltin, standartda kumush medal sohibi (2012-y.) Eronning Sari shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 8 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida blis yoʻnalishida kumush medalga sazovor boʻlgan (2013-y.) Gretsiyaning Kavala shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida rapid va blis yoʻnalishlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra jahon chempioni boʻlgan (2014-y.) Braziliyaning Juiz de Fora shahrida oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Jahon chempionatida standart yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritdi (2014-y.) Shaxmat boʻyicha 10 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari orasida Oʻzbekiston chempionatida kumush medal sovrindori (2014-y.) 10 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni (2015-y.) Tailandning Pattayya shahrida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Jahon chempionatida blis yoʻnalishida oltin medal sohibi (2015-y.) Janubiy Koreyada 8-18 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Osiyo chempionatida standart va rapid yoʻnalishlarida 2 ta oltin medal sohibi (2015-y.) Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Jahon chempionatida standart yoʻnalishida 2-oʻrin, terma jamoa tarkibida 1-oʻrin (2016-y.) 12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni (2016-y.) 12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida qitʼa chempionatida standart va blis yoʻnalishlarida oltin medal sohibi, ikki karra Osiyo chempioni (2017-y.) G.Aʼzamov xotirasiga bagʻishlangan “Toshkent Open” xalqaro turnirida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida 1-oʻrin sohibi (2017-y.) 12 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-y.) Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” tanlovi gʻolibi (2017-y.) “Poti open-2018” xalqaro turnirida oltin medal sohibi (2018-y.) Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan “First Saturday GM” xalqaro musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan (2018-y.) Turkiyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oltin medal sohibi (2018-y.) Oliy Liga. Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni (2019-y., 2021-y.) Oliy liga. Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi (2020-y.) Oliy liga. Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni (2021-y.) Hindiston (Chennay)da oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni (2022-y.) Javohir Sindarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 07:34, 14-Sentabr 2022 (UTC)

NODIRBEK ABDUSATTOROV

tahrir

Oʻzbekistonlik xalqaro grossmeyster, rapid yoʻnalishida eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov 2004-yil 18-sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 152-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Hozirda Turin Politexnika universitetining 1-bosqich talabasi. 2008-yildan shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.

2017-yilda xalqaro grossmeysterlik talabini bajargan. FIDE reytingi – 2713. Birinchi murabbiyi: Ravshan Shukurov. Murabbiylari: Dmitriy Qayumov, Saidali Yuldashev, Jahongir Vohidov.

Muvaffaqiyatlari: Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻz yosh toifasida 5 karra Oʻzbekiston chempioni. 8 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Filippinda oʻtkazilgan Osiyo chempionatining kumush va bronza medali sohibi (2011-y.) Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan xalqaro shaxmat festivalida 1-oʻrin (2011-y.) Hindistonda oʻtkazilgan 7 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida qitʼa chempionatida oltin medal (2011-y.) Sloveniyaning Maribor shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida 8 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Jahon chempioni (2012-y.) 10 yoshga toʻlmasdan turib Georgiy Aʼzamov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda 2 nafar xalqaro grossmeysterni magʻlub etgan (2014-y.) 10 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida standart yoʻnalishida Osiyo chempioni va tezkor shaxmatda kumush medal sohibi (2014-y.) 10 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Janubiy Afrikaning Durban shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida kumush medal sohibi (2014-y.) 11 yoshida FIDE tomonidan jahonning 20 yoshgacha boʻlgan eng kuchli 100 nafar shaxmatchisi roʻyxatidan oʻrin olib, jahon rekordini oʻrnatgan (2015-y.) Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati 1-ligasida 1-2-oʻrin (2015-y.) Toshkentda boʻlib oʻtgan “Tashkent February Round Robin” xalqaro turnirida 1-oʻrin (2015-y.) Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan YevroOsiyo turnirining blis yoʻnalishida 2-oʻrin (2016-y.) “Malaysian Chess Festival” doirasida oʻtkazilgan xalqaro turnirda yoshlar oʻrtasida 1-oʻrin sohibi (2016-y.) Rossiyaning Sochi shahrida oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Jahon chempionatida 13 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida standart va blis yoʻnalishida Jahon chempioni (2016-y.) Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 13 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida standart yoʻnalishida kumush medalga sazovor boʻlgan (2017-y.) Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi “Ramadan open” xalqaro turnirida 1-oʻrin (2017-y.) AQSHda oʻtkazilgan “Mingyillik matchi” Jahon va AQSH terma jamoalari oʻrtasidagi musobaqada Jahon terma jamoasi tarkibida gʻolib boʻlgan (2017-y.) Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida “Abu-Dabi Open” xalqaro turnirida 3-oʻrin (2017-y.) Malayziyada oʻtkazilgan xalqaro turnirda 2-oʻrin (2017-y.) Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan Chigorin memorialida yoshlar oʻrtasida 1-oʻrin (2017-y.) Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan qitʼada “Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi” deya eʼtirof etildi (2017-y.) Islandiyaning Reykyavik shahrida oʻtgan xalqaro turnirda yoshlar oʻrtasida 2-oʻrin (2018-y.) Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida oʻtgan xalqaro turnirda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida 1-oʻrin (2018-y.) Batumi shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida qatnashgan (2018-y.) Gretsiyada boʻlgan yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida blis yoʻnalishida 3-oʻrin (2018-y.) Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltin medal sohibi (2018-y.) “Dubay open” xalqaro turnirida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan (2019-y.) Markaziy Osiyo chempionatida 3-oʻrin (2019-y.) “Biyel masters” xalqaro turnirida 2-oʻrin (2019-y.) Oʻsmirlar oʻrtasida Markaziy Osiyo chempionatida 1-oʻrin (2019-y.) 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2-oʻrin (2019-y.) Turkiyada oʻtkazilgan “Mersin open” xalqaro turnirida 1-oʻrin (2019-y.) “Tata Steel Challengers-2020” xalqaro turnirida 2-oʻrin (2020-y.) Ispaniyada oʻtkazilgan “Elllobregat open” xalqaro turnirida 1-oʻrin (2021-y.) “Sunway Sitges” xalqaro turnirida 1-oʻrin (2021-y.) Polshada oʻtkazilgan rapid yoʻnalishi boʻyicha Jahon chempionati gʻolibi (2021-y.) Sharja masters xalqaro turnirida 1-oʻrin (2022-y.) Hindiston (Chennay)da oʻtkazilgan 44-Butunjaxon shaxmat olimpiadasi chempioni (2022-y.)

Nodirbek Abdusattorov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga koʻra, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 07:37, 14-Sentabr 2022 (UTC)

SHAMSIDDIN VOHIDOV

tahrir

2002-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 307-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi. Shaxmat bilan 2009-yildan boshlab shugʻullanib keladi.

Birinchi murabbiyi: Gulnora Ortiqova. Murabbiylari: Ravshan Shukurov, Anton Filippov.

Erishgan muvaffaqiyatlari: 12 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2013-y.) Shri-Lankada oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida klassik yoʻnalishida 1-oʻrin, rapid yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻlgan (2013-y.) 14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 1-oʻrin (2015-y.) Gretsiyada oʻtkazilgan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medal sohibi (2015-y.) 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin va kumush medalga sazovor boʻlgan (2017-y.) Osiyo chempioni (2018-y.) Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 1-oʻrin sohibi (2018-y.) Turkiyaning Konya shaxrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida hamda oʻzining taxtasida oltin medal sohibi (2018-y.) Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Jahon chempionatida 2-oʻrin (2019-y.) Georgiy Agzamov xalqaro ʼotira turnirida 2-oʻrin (2019-y.) Shuningdek, oʻsha yili Peterburg yozi xalqaro turnirida 3-grossmeysterlik talabini bajardi (2019-y.) Xalqaro grossmeyster (2020-y.) 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida 3-oʻrin (2020-y.) Gibrid shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida 1-oʻrin (2021-y.) Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni (2022-y.) Unvonlari: “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi (2022-y.) O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 07:39, 14-Sentabr 2022 (UTC)

NODIRBEK YOQUBBOYEV

tahrir

2002-yil 23-yanvarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tugʻilgan.

Xalqaro grossmeyster (2019).

Reytingi – 2656

2008-yildan shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi otasi Murodbek Iskandarov va Ruslan Niyozmetov. Murabbiylari: Hulkar Tohirjonova, Nafisa Moʻminova, Marat Jumayev, Tohir Vohidov, Saidali Yoʻldoshev, Nikita Xoroshev.

Muvaffaqiyatlari:

Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻz yosh toifasida 8 karra Oʻzbekiston chempioni.

10 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʻrtasida Xitoyda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 3-oʻrin (2010).

Oʻzbekiston chempionati 1-liga yarim finalida 1-oʻrin (2014).

12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Osiyo chempionatida standart yoʻnalishida bronza, rapidda oltin, blisda kumush medal sohibi (2014).

Qirgʻizistonda oʻtkazilgan 20 yoshgacha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionatida 2 ta oltin medal (2015).

JARning Durban shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida (14 yoshgacha) 5-oʻrin (2015).

Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasida 1-oʻrin (2016).

Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 14 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʻrtasida 2 ta oltin va 1 ta kumush medal (2016).

BAAning Sharja shahrida oʻtkazilgan “Ramadan open-2016” xalqaro turnirida 14 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrin (2016).

Ozarboyjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan Jahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi safida ishtirok etdi (2016).

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida 14 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida 3-oʻrin (2016).

Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Jahon chempionatida blis yoʻnalishida 3-oʻrin, standartda 3-oʻrin, terma jamoa tarkibida 1-oʻrin (2016).

Toshkent shahrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʻrtasida Osiyo chempionatida oltin va kumush medal sohibi (2017).

Sankt-Peterburgda Chigorin memorialida blis yoʻnalishida 1-oʻrin (2017).

Ruminiya davlatida maktab oʻquvchilarining 15 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida (2017).

Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni (Oliy liga, 2018).

20 yoshgacha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionatida oltin va kumush medal sohibi (2018).

Gretsiya davlatida 16 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionati rapid yoʻnalishi boʻyicha kumush medal sohibi (2018).

“Qarshi open-2018” xalqaro turniri gʻolibi (2018).

Georgiy Aʼzamov xotirasiga bagʻishlangan “Tashkent open-2018” xalqaro turniri bronza medali sohibi (2018).

Gʻarbiy Osiyo Chempionati. Toshkent. 16 yoshgacha rapid, blis yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin (2018).

Turkiyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasida Jahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltin medal (2018).

Toshkent shahrida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Gʻarbiy Osiyo Chempionati Standart yoʻnalishida 3-oʻrin (2018).

Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida oʻtkazilgan “3-Sharja Masters” xalqaro turnirida 1–7-oʻrin sohibi (qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha 6-oʻrin, 2019).

Turkiyaning Antalya shahrida 17 yoshgacha maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. (2019).

Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida oʻtkazilgan 26-xalqaro shaxmat festivalida 2-oʻrin (2019).

Poytaxtimiz Toshkentda 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida 2-oʻrin sovrindori (2019).

Hindistonning Bhopal shahrida boʻlib oʻtgan “Bhopal International GM Chess Tournament” xalqaro ochiq turnirida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan (2019).

Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati (oliy liga), 1-oʻrin (2020).

Onlayn tazrida oʻtkazilgan SHHT xalqaro shaxmat musobaqasida jamoaviy hisobda 3-oʻrin (2020).

Markaziy Osiyo (FIDE 3.4-zonasi) chempionatida 2-oʻrin va Jahon kubogiga yoʻllanma (2021).

onlayn tarzda oʻtkazilgan Osiyo individual (gibrid) chempionatida 3–7-oʻrin (qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 5-oʻrin, 2021).

Georgiy Aʼzamov xotirasiga bagʻishlangan “Tashkent open-2021” xalqaro turnirida 2–7-oʻrin (qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga 5-oʻrin, 2021).

“September 7 Titled Tuesday” xalqaro onlayn musobaqasi gʻolibi (2021).

“Speed Chess Grand Prix 4” xalqaro onlayn musobaqasi gʻolibi (2021).

Jahon Kubogi musobaqasi ishtirokchisi (2021).

Onlayn tazrda oʻtkazilgan SHHT xalqaro shaxmat musobaqasida jamoaviy hisobda 1-oʻrin gʻolibi (2021).

“Speed Chess Super Swiss” xalqaro onlayn musobaqasi. 3-oʻrin (2021).

Rossiyaning Vladivostok shahrida oʻtkazilgan “KУбок Тигра” xalqaro turniri 2-oʻrin gʻolibi (2022).

Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahri mezbonligida oʻtkazilgan “27th Sharjah International Blitz Chess Championship” xalqaro turnirida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan (2022).

Hindistonnning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi (2022)

Unvonlari:

“Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni (2017)

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti (2020)

“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvon sovrindori O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 06:54, 23-Sentabr 2022 (UTC)

JAHONGIR VOHIDOV

tahrir

Jahongir Vohidov 1995-yil 27-aprel kuni Samarqand shahrida tugʻilgan.

Xalqaro grossmeyster (2014).

Xalqaro shaxmat ustasi (2017)

Reytingi – 2564

2001-yildan shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi: onasi Feruza Nishonova.

Murabbiylari: Toir Vohidov, Abduvahob Vohidov, Alisher Anorqulov.

Muvaffaqiyatlari:

Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻz yosh toifasida 12 karra Oʻzbekiston chempioni; bir necha bor Osiyo chempionati sovrindori boʻlgan.

FIDE Prezidenti Kubogi gʻolib boʻlgan (2013).

Hasting xalqaro shaxmat kongressida sovrindor boʻlgan. (2013-2014 va 2015-2016-yillar)

FIDE Jahon Kubogi musobaqasining 3.4-mintaqa saralash turniri gʻolibi (2017).

Jahon Kubogi musobaqasi ishtirokchisi (2017, 2021).

Bir necha xalqaro musobaqalarda qatnashib gʻolib boʻlgan.

Angliyada oʻtkazilgan “Tradewise 93rd Hastings International Chess Congress” (2018) “Colin Crouch Celebration Chess Congress”, “e2e4 Gatwick Open”, «7th 4NCL Birmingham Congress Open”,

Djersi kurolida «Polar Capital Jersey International Chess Tournament”,

Malayziya davlatida “Malaysian Open International Grandmaster tournament”,

Bruney sultonligida “Invitational Grandmaster chess tournament”,

Norvegiya davlatida “Tromso blitz tournament”.

“Sohibqiron Kubogi” xalqaro shaxmat musobaqasida 3-oʻrin(2021).

Prezident sovrini musobaqasida 3-11-oʻrinni boʻlishib olgan (qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha 8-oʻrin, (2021).

Rapid va blis yoʻnalishida Jahon chempionati ishtirokchisi (2014, 2021).

Georgiy Aʼzamov memorialida 3-8-oʻrinni boʻlishib olgan (qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha 6-oʻrin, 2022).

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilib kelmoqda.

Norvegiya davlatida oʻtkazilgan Jahon chempionatida.

Ikki marta Jahon shaxmat olimpiadasida (2014-yili Norvegiya, 2016-yili Ozarboyjon),

Turkmanistonda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. (2017)

Yurtimizda oʻtkazilgan Rapid va blits yoʻnalishida Oʻzbekiston chempioni (2015).

Rossiyaning Sochi shahrida oʻtkazilgan FIDE Jahon kubogi turnirida gʻalaba qozongan (2021)

Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi (2022)

Unvonlari:

“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” estalik nishoni bilan taqdirlangan(2021).

“Oʻzbekiston eftixori” faxriy unvon sovrindori.(2022) O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 06:22, 26-Sentabr 2022 (UTC)

Nafisa Moʻminova

tahrir

Shaxmatchi Nafisa Moʻminova 1990-yil 1-fevral kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Ilk bora 4 yoshda shaxmatda dona surishni oʻrgana boshlaydi.

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida joylashgan 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabini tamomlagan.

Shaxmatchi Nafisa Moʻminova xalqaro grossmeyster maqomini olgan Oʻzbekistondagi ilk ayol hisoblanadi.(2013)

“Sky-chess” shaxmat maktabi asoschisi (2014)

Birinchi murabbiyi: Otasi Alisher Moʻminov.

Murabbiylari: Vladimir Nikolayevich Yegin

Muvaffaqiyatlari:

Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida koʻp karra Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo kubogi chempioni.

Ilk bora qatnashgan musobaqasi Respublika turnirida boʻladi (1999).

Shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida

1-oʻrin (2007)

Eron poytaxti Tehron shahri mezbonligida oʻsmirlar oʻrtasida (18 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2-oʻrin (2008)

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining koʻp bora laureant boʻlgan.

Shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan. (2005)

Ikkinchi bronza medalini ham Oʻzbekiston chempionatida qoʻlga kiritgan (2007)

Uchinchi yilgi Oʻzbekiston chempionatidagi ishtirokida bronza medalni oltin medalga aylantirgan. (2008)

Shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida kumush medali sohibasi boʻlgan (2009)

Nafisa Moʻminova Oʻzbekiston chempionatida yana bir oltin medalni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻygan (2011)

Nafisa Moʻminova shaxmat olimpiadasida ketma-ket 3 marotaba ishtirok etib, vatanimiz sharafini himoya qilgan.

Germainiyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan 38-shaxmat olimpiadasi (2008)

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonligidagi 40-shaxmat olimpiadasi (2012)

Ozarboyjonning Boku shahrida oʻtkazilgan 42-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Nafisa Moʻminova boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz vakillari 140 ta mamlakatlar orasidan 22 oʻrinni egallashgan (2016)

Singapurda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy turnirida qatnashib, kumush medalini qoʻlga qiritgan.(2009)

Xitoyning Guanjuo shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ayollar jamoasida ishtirok etib, jamoaviy hisobda bronza medliga ega boʻlishgan (2010)

Osiyo chempionatida qatnashib, yurtimiz sharafini himoya qilgan (2008)

Osiyo chempionatida ishtirok etib, jamoaviy hisobda ishtirok etib, kumush medali egasiga aylanishgan.

Hududiy saralash musobaqalarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, dunyoning 64 nafar eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etadigan Jahon chempionatida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Markaziy Osiyo mintaqasiga ajratilgan yagona yoʻllanma Nafisa Moʻminovaga nasib etgan.(2007)

Kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida ilk bora ishtirok etgan sportchi (2007)

Poytaxtimiz Toshkent mezbonligida U FIDE ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Gran-Prida qatnashgan. Ming afsuski, Nafisa Moʻminova toʻrtta turnirda ham 10 oʻrindan yuqoriga koʻtarila olmagan. (2013-2014-yillar)

Rossiyaning Nalchik shahrida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida raqibasi Tatyana Kosinsga birinchi raundda imkoniyatni boy berib qoʻygan (2008)

Turkiyaning Antakya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ham Chju Chenga magʻlub boʻlgan (2010)

Unvonlari: “Oʻzbekiston iftixori” davlat mukofoti sovrindori O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 10:09, 29-Sentabr 2022 (UTC)

Gulruxbegim Tohirjonova

tahrir

Gulruxbegim Tohirjonova 1999-yil 16-iyul kuni tugʻilgan.

Ayollar oʻrtasida xalqaro shaxmat ustasi (2015)

Ayollar oʻrtasida xalqaro grossmeyster (2017)

Ayollar oʻrtasida xalqaro shaxmat ustasi (2015)

“Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi” unvonini olgan. (2018)

Dunyodagi eng kuchli shaxmatchi ayollar 8 taligiga kirgan.

Reytingi 2329

Gulruxbegim Tohirjonova MDH davlatlarining eng goʻzal shaxmatchisi deya topilgan.

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining koʻp karra gʻolibasi.

Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan “IV Central Asia Cup 2015” Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (2015)

Qirgʻizistoning Bishkek shahrida shaxmat boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar orasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin (2015)

Abu Dabi shahrida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan IX Osiyo Millatlar kubogida jamoaviy hisobda kumush medali (2016)

Toshkentda ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati ishtirok etgan (2016)

Toshkentda ayollar oʻrtasida Osiyo Qitʼasi chempionati ishtiroki (2016)

Ozarbayjonnining Boku shahrida ayollar oʻrtasidagi shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi (2016)

Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “Astana Oren-2027” xalqaro blits-turnirida ayollar oʻrtasida 1-oʻrin (2017)

Oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida chorak finalga chiqqan (2018)

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borgan(64 dan 58 oʻrinni egallagan) (2018)

Gruziyaning Botumi shahrida oʻtkazilgan butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan(2018)

Turkiya davlatida 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida 8,5 ochko bilan 2 oʻrin(2018)

“Dubai oren-2019” turnir ishtirokchisi (2019)

“Sharjah Masters-2019” turnir ishtirokchisi (2019)

AQSHda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Amerika chempionatida 2 oʻrin (2021)

Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Amerika kubogi chempionatida ishtirok etgan (2022)

Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon olimpiadasida Hindiston jamoasini 3:1 hisobda magʻlubiyatga uchratgan(2022) O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 10:10, 29-Sentabr 2022 (UTC)

AFROʻZA HAMDAMOVA

tahrir

Afroʻza Hamdamova 2009-yil 25-fevralda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan.

Hozirda Samarqand shahridagi 42-maktabning 7-sinf oʻquvchisi.

WCM – Xotin-qizlar oʻrtasida FIDE sport ustaligiga nomzod (2016).

Reytingi – 1964.

2014-yildan shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi: Shaxob Hamroqulov.

Murabbiyi: otasi Akbar Hakimov.

Muvaffaqiyatlari:

Bolalar va oʻsmirlar, maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻz yosh toifasida 14 karra Oʻzbekiston chempioni.

Eron poytaxti Tehron shahrida oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Osiyo chempionatida standart, rapid va blits yoʻnalishida 1-oʻrin (2016).

Gruziyaning Batumi shahrida bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida 8 yoshgacha qizlar orasida 4-oʻrin (2016).

Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida shaxmat boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida 7 yoshgacha qizlar boʻyicha ham shaxsiy, ham jamoa tarkibida oltin medal (2016).

Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida standart yoʻnalishida oltin, rapid va blits boʻyicha kumush medal (2017).

Ruminiya Federatsiyasining Yassi shahrida oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida 9 yoshgacha qizlar orasida standart va blits boʻyicha oltin medal sohibasi (2017).

Braziliyaning San-Paulu shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida 8 yoshgacha qizlar oʻrtasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan. (2017).

Belorussiya poytaxti Minsk shahrida oʻtkazilgan tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida 10 yoshgacha qizlar oʻrtasida rapid boʻyicha kumush, blits yoʻnalishida oltin medal (2018).

Shri-Lankaning Kalutara shahrida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 9 yoshgacha qizlar toifasida standart va rapid yoʻnalishida oltin, blits boʻyicha kumush medal (2018).

Poxtaxtimiz Toshkent mezbonligida 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Gʻarbiy Osiyo chempionatida uch yoʻnalishi boʻyicha ham oltin medal (2018).

Shri-Lankaning Kalutara shahrida 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida standart va rapid yoʻnalishida kumush medal (2019).

Turkiyaning Antaliya viloyatida 11 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida standart yoʻnalishida 4-oʻrin (2019).

Toshkent shahrida oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 11 yoshgacha qizlar orasida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, uch karra Osiyo chempioni boʻldi (2019).

Belorussiyaning Minsk shahrida 10 yoshgacha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida blis boʻyicha oltin medal (2019).

Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati 1-ligasida 1-oʻrin (2020).

Onlayn tarzda boʻlib oʻtgan FIDE 3.4-zonasi birinchiligida 2-oʻrin (2020).

Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati 1-ligasida 2-oʻrin (2022). Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 5-oʻrin (2022).

Afroʻza Hamdamova Oʻzbekiston Respublikasining shaxmat boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasidagi (maktab oʻquvchilari oʻrtasida) shaxmatning asosiy – standart yoʻnalishi boʻyicha ilk va hozircha yagona jahon chempioni hisoblanadi.

Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ayollar terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, 162 ta jamoa orasida musobaqani 31-oʻrin bilan yakunlashgan (2022)

Unvonlari: “Kelajak bunyodkori” medal sohibasi (2022) O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 10:15, 29-Sentabr 2022 (UTC)

MARJONA MALIKOVA

tahrir

Marjona Malikova 2002-yil 17-iyulda Samarqand shahrida tugʻilgan.

Hozirda Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va sanʼat fakulteti talabasi.

Reytingi – 1756.

Marjona Malikova 2011-yildan shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi: Viktor Izmaylov.

Murabbiylari: Laylo Erfan, Aleksey Barsov.

Muvaffaqiyatlari: Poytaxtimiz Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Asian Youth Chess Championship” xalqaro musobaqasida 5-oʻrin sohibasi boʻlgan (2017).

Qarshi shahrida oʻtkazilgan “Karshi-Open Memorial of Ismat Shukurov” xalqaro shaxmat musobaqasi qatnashchisi (2017).

Qarshi shahrida oʻtkazilgan “Karshi-Open Memorial of Ismat Shukurov” xalqaro shaxmat musobaqasi qatnashchisi (2018).

Toshkent shahrida oʻtkazilgan Gʻarbiy Osiyo Chempionatida standart yoʻnalishida 5-oʻrin sovrindori (2018).

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Respublika chempionatida rapid yoʻnalishida 1-oʻrin sohibasi (2018).

16 yoshgacha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida standart yoʻnalishi boʻyicha 2-oʻrin sovrindori (2018).

Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida rapid yoʻnalishi boʻyicha 2-oʻrinni egallagan (2019).

Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati 1-ligasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan (2019).

Samarqand shahrida A.Anorqulov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrinni egallagan (2020).

Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 6-oʻrin (2021).

Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 4-oʻrin (2022).

Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ayollar terma jamoasida ishtirok etib, 162 ta jamoasi orasida musobaqani 31-oʻrinda yakunlashgan.

Unvonlari: “Kelajak bunyodkori” medal sohibasi. O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 10:16, 29-Sentabr 2022 (UTC)

MAFTUNA BOBOMURODOVA

tahrir

Maftuna Bobomurodova 2006-yil 23-martda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Hozirda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 256-maktabning 11-sinf oʻquvchisi.

WFM – Xotin-qizlar oʻrtasida FIDE sport ustasi (2022).

Reytingi – 1914.

2012-yildan shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi: Rustam Mamatqulov.

Murabbiylari: Hulkar Tohirjonova, Sevara Boymurodova, Gulruxsor Esonboyeva, Jasur Majidov, Marat Jumayev, Vladimir Yegin.

Muvaffaqiyatlari: Bolalar va oʻsmirlar, maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻz yosh toifasida 4 karra Oʻzbekiston chempioni.

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 8 yoshgacha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida blis yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempioni boʻlgan (2014).

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 12 yoshgacha qizlar oʻrtasida blis yoʻnalishida 5-oʻrin sohibasi (2017).

Toshkent shahri mezbonligida bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Gʻarbiy Osiyo chempionatida 12 yoshgacha qizlar orasida standart yoʻnalishida 1-oʻrin, rapid yoʻnalishida 3-oʻrin sovrindori (2018).

Toshkent shahrida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida standart boʻyicha 2 oʻrin, blitsda boʻyicha esa 4-oʻrinni egallagan (2019).

Hindistonni Dehli shahrida mezbonligidagi Gʻarbiy Osiyo chempionatida 14 yoshgacha qizlar oʻrtasida blits yoʻnalishida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan (2019).

Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtgan M.Botvinnik xotirasiga bagʻishlangan turnirida 14 yoshgacha qizlar oʻrtasida 2-oʻrin sovrindori (2019).

Xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati 1-ligasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan (2022).

Xotin-qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 2-oʻrin sohibasi (2022).

Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon chempionatida ayollar terma jamoasida ishtirok etib, 162 ta jamoa orasida 31-oʻrinni qoʻlga kiritishdi (2022)

Unvonlari: “Kelajak bunyodkori” medal sohibasi (2022) O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 10:18, 29-Sentabr 2022 (UTC)

Kalandarov Azamat-Ali Dustmurodovich

tahrir

Kalandarov Azamat-Ali 1973-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 1998-yil Toshkent davlat yuridik instituti (kunduzgi), 2011-yil Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Oʻqishni tamomlagandan soʻng, turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 1996-2001yillarda Ohangaron marmarni qayta ishlash kombinati huquqshunosi, 2001-2002-yillarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi boshqarma boshligʻi, 2002-2004-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimi, 2005-2007-yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani sud ijrochisi vazifasida ishlagan. Sport sohasidagi faoliyati 2007-yildan boshlangan. 2007-2014-yillarda Yakkama-yakka kurash sport turlari boʻyicha Respublika oliy mahorat maktabi direktor oʻrinbosari, 2014-2016-yillarda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi direktori, 2016-2019-yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori, 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahri Oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kalandarov Azamat-Ali 2001-yil “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi”, 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi aʼlochisi, 2020-yil. Mehr-saxovat koʻkrak nishoni, 2021-yil “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” koʻkrak nishoni, 2022-yil “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30-yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 11:19, 1-Fevral 2023 (UTC)