Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/Arablar qo'zg'oloni
ARABLAR QO'ZG'OLONI
Britaniyaliklarning muhim taktik qadamlaridan biri usmoniylar saltanatidagi arablarni markaziy kukumatga qarshi qo'yishdan iborat bo'ldi.Arab yarimorolining g'arbida-Hijozda, ularga bu masalada yordam beradiganlar izlab topildi.Makkaning o'sha paytdagi amiri Sharif Husayn bin Ali Britaniya hukumati bilan usmoniylarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish haqida til biriktiradi.Qo'zg'olon qilishga uning turk milliy g'oyalariga qarshi bo'lganligi, qandaydir shaxsiy adovat yoki hokimiyatga o'ch bo'lgani sababdir, ehtimol. Xullas, Sharif Husayn britaniyaliklar bilan ittifoq tuzib, usmoniylarga qarshi bosh ko'tardi.Inglizlar qo'zg'olonchilarga qurol-aslaha, mablag' yetkazib berish majburiyatini oldi. Bundan tashqari, Britaniya urushdan so'ng, Sharif Husaynga alohida arab qirolligi berilishini va'da qildilar. Mazkur qirollikkka butun Arab yarimoroli hamda Iroq va Suriya hududlari ham kiritilishi kerak edi. Taraflar qo'zg'olon ko'tarishga tayyorgarlik muhokama qilgan maktub " MakMagon_Husayn yozishmalari" nomi bilan mashhur (Hendri MakMagon o'sha vaqtda Britaniyaning Misrdagi oliy komissari bo'lgan). 1916 yil Hijozda qirollangan ko'chmanchi arablar Sharif Husayn boshchiligida usmoniylarga qarshi urushni boshlab yubordi. Bir necha oydan so'ng qo'zg'olonchilar Britaniya armiyasi hamda floti yordamida Hijozda muhim sanaladigan bir-ikki shaharni bosib olishadi. Ular orasida Jidda va Makkai Mukarrama ham bor edi. Britaniyalik askarlar qurol-aslaha, pul va maslahatchilar(masalan, mashhur Luorens Arabiy) bilan yordam berib turadi. Ular qo'zg'olonchilarga hatto bayroq ham yasab beradilar. Britaniyaliklar mazkur bayroqni Misrda maxsus tayyorlashgan bo'lib, keyinchalik bu " arab qo'zg'oloni bayrog'i" nomi bilan mashhur bo'ldi. Urdun, Falastin, Sudan, Suriya va Quvayt bayroqlarining asosi aynan shu bo'lgan. SAYKSA-PIKO kelishuvi Arablar qo'zg'oloni boshlanmasidan hamda Sharif Husayn arab davlatini tashkil qilmasidan oldin ingliz va fransuzlarning o'z rejalari bor edi.1915-1916-yillarda Britaniyalik diplomat Mark Sayks va fransiyalik diplomat Fransua Jorj-Piko o'rtasida maxfiy uchrashuv bo'lib o'tadi. Ular usmoniylar saltanati mag'lub bo'lganidan so'ng, arab dunyosi taqdiri haqida muzokaralar o'tkazishdi. " Sayksa-Piko kelishuvi" deb nom olgan mazkur bitimga ko'ra, arab dunyosi Britaniya va Fransiya o'rtasida bo'lib olingan. Britaniyaliklarga Iroq, Quvayt va Urdun hudulari o'tishi kerak edi, hozirgi Suriya, Livan va Turkiyaning janubi esa Turkiya ixtiyorida bo'lishi belgilangandi. Falastin taqdiri esa keyinga qoldirilib, uni hal qilishda sahyunchilarning manfaatini inobatga olish nazarda tutilgan. Kelishuvda ba'zi hududlarni Yevropaliklar nazoratida bo'lgan holda o'zini-o'zi boshqarish uslubida idora etish reja qilingan bo'lsa, qolganlarini Britaniya va Fransiya to'liq nazoratiga olishi kerak edi. Birinchi jahon urushidan so'ng Yaqin Sharqni parchalash rejasi sir saqlanishi ko'zda tutilgandi. Biroq, 1917-yilda Rossiyadagi bolsheviklar tufayli bu reja ovoza bo'lib ketdi. " Sayksa-Piko kelishuvi" Sharif Husaynga va'da qilingan narsalarni inkor qilardi.Shu boisdan ingliz-arab munosabatlari sezilarli darajada taranglashib qoldi. Ammo bu Britaniyaliklarning oldingi ahd va va'dalariga xilof ravishda tuzgan yagona bitimi emasdi.
BALFUR DEKLARATSIYASI
Yaqin sharqda o'z fikriga ega bo'gan yana bir guruh mavjud bo'lib, bular sahyunchilar edi. Sahyunchilik- siyosiy harakat sifatida Falastinga qarashli muqaddas yerlarda yahudiy davlatini tuzish g'oyasini ilgari surgan. Bu harakat XIX asrda tashkil topgan hamda Germaniya, Polsha va Rossiyada istiqomat qilayotgan yahudiylarning Falastin zaminiga ko'chib o'tishlarini rag'batlantirib turgan. Birinchi jahon urushidan so'ng syohunchilar Britaniya hukumatidan yahudiylarning Falastinga k'chishlari uchun ruxsat olishga harakat qila boshladi. Britaniyaning juda ko'p siyosatchilari mazkur harakat tarafdori bo'lgan. Ular orasida ichki ishlar vaziri Artur Balfur ham bor edi. 1917-yil 2-noyabr kuni u sahyunchilar peshvosi bo'lmish Rotshildga yuborgan maktubida Britaniya hukumati Falastinga sahyunchilar davlatini tuzish g'oyasini rasmiy ravishda qo'llab-quvvatlashini ma'lum qiladi: " Oliy hazratlarining hukumati yahudiylarning Falastinda o'zlarining milliy o'choqlarini tashkil etish taklifini ijobiy tomonidan ko'rib chiqmoqda va bu g'oya amalga oshishi uchun o'zining bor imkoniyatlarini ishga soladi. Falastinda istiqomat qiladigan va yahudiy bo'lmagan jamoalarning na fuqaroviy va diniy huquqlari buzilmasligi kerak. Bundan tashqari istalgan boshqa mamlakatlardagi yahudiylar foydalanib kelayotgan huquq va siyosiy muhokamalari ham o'zgarmay qoladi"
MANBA:
" Lost Islamic History"