Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/Qadimgi Misrda yigirmanchi sulola

  QADIMGI MISRDA YIGIRMANCHI SULOLA
  
     SULOLA HUKMDORLARI:
     
     Misrda taxminlarga ko’ra yigirmanchi sulola 106 yil davom etgan. Bu sulola hukmdorlari quyidagilar: 1.Setnaxt (taxminan. Mil. avv. 1186-1184) 2.Ramses III ( taxminan. mil. avv. 1184-1153) 3.Ramses IV (taxminan. mil.avv. 1153-1147) 4.	Ramses V ( taxminan. mil.avv. 1147-1143) 5.Ramses VI ( taxminan. mil.avv. 1143-1136) 6.Ramses VII ( taxminan. mil.avv. 1136-1129) 7.Ramses VIII ( taxminan.mil.avv. 1129-1126) 8.Ramses IX ( taxminan. mil.avv. 1126-1108) 9.Ramses X ( taxminan. mil.avv. 1108-1099) 10.Ramses XI ( taxminan.mil.avv.1099-1069) 11.Xerixor ( taxminan. mil.avv. 1086-1080)
     HUKMDORLAR FAOLIYATI
     
   Qadimgi Misrning yigirmanchi sulolasi-bu Misrning yangi qirolligi davridagi uchinchi va oxirgi sulola, miloddan avvalgi 1189-yildan miloddan avvalgi 1077- yilgacha davom etgan. 19 va 20-sulolalar Ramseslar davri dab nomlanuvchi davrni tashkil etadi. Ushbu sulola odatda Qadimgi Misr tanazzulining boshlanishi hisoblanadi. 19-sulolaning so’ngi fir’avni Tvorset vafot etgach Misr fuqarolik urushi davriga kiradi. Tvorsetning o’limi holatlari haqida aniq ma’lumot yo’q, chunki u o’z hukmronligi davrida tinch hayot kechirgan va o’zi vafot etgan yoki o’sha paytda Setnaxte tomonidan o’ldirilgan. Undan keyin hokimiyatga kelgan Setnaxte esa Misrdagi Misrdagi vaziyatni barqarorlashtirdi va dengiz xalqlari tomonidan qilingan hujumlarni qaytardi. U uch yil hukmronlik qiladi va undan keyin taxtga uning o’g’li Ramses III o’tiradi.U Setnaxtening Misr davlatini mustahkamlash sohasida olib borgan ishlarini davom ettiradi. Tashqaridan bo’ladigan hujumlarni qaytarish imkoniyatiga ega bo’lmoq uchun Ramses III armiyani va harbiy ishni qaytadan tuzishga alohida ahamiyat bergan. U o’zining yozuvlarida “ piyoda qo’shinda va jang aravalar otryadlarida harbiy xizmatni o’tash uchun” mamlakatning butun aholisini guruhlarga bo’lganligi haqida gapirgan. Ramses III XIX sulola fir’avnlarining ishini davom ettirib, chet elliklardan iborat yollanma otryadlar tuzgan, bular asosan liviyaliklardan iborat va O’rta dengiz bo’yida yashagan shardana qabilasidan olingan. Ramses III shu qo’shinlarga suyanib turib, liviyaliklar va “ dengiz xalqlari” bilan urushlar olib borgan. Fir’avn mamlakatda qullar sonining ko’payishiga olib kelgan o’z g’alabalarini quyidagicha tasvirlagan: “ Men Misrning hamma chegaralarini kengaytirdim. Men bu chegaralar orqali o’z mamlakatidan bostirib kirganlarni tor mor etdim. Men daniunlarni ( dengiz xalqlari) o’z orollarida yanchib tashladim, takari va purisatilarni kulini ko’kka sovirdim.  Dengiz bo’yili shardana va  ushashi yo’q bo’ldi. Ular asir qilib olindi va dengiz qirg’og’idan qum keltirilgan singari asir qilib Misrga olib kelindi. Men ularni mening nomim bilan bog’langan qal’alarga joylashtirdim. Ular yuz mingdan qilinib, juda ko’p guruhlarga bo’lib tashlandi”. Bu urushlarning ta’rifi va bir qator urush manzaralarining, jumladan, dengiz xalqlari bilan kemalarda bo’lgan janglarning tasviri bir kata ibodatxonaning devorlarida saqlanib qolgan. Bu ibodatxonaning xarobalari Misr davlatining poytaxti Fiva yaqinidagi Madinat-Abudadir. Qazishlar vaqtida bu ibodatxonaning xarobalari arxeologik jihatdan sinchiklab tekshirildi. Qazishlar shuni ko’rsatdiki, Madinat-Abuda Ramses III tomonidan qurilgan katta ibodatxona yaqinida  podshoning hashamatli saroyi bo’lgan, bu saroy Ramses III ning podsholik vaqtida ikki marta qaytadan qurilgan. Ibodatxona bilan unga juda yondoshib kelgan saroy ikkita baland devor bilan o’ralgan yagona arxitektura kompleksini tashkil qilgan. Shunday qilib, bu zo’r inshoot qudratli qal’adan iborat bo’lgan. Misr davlati tushkunlikka uchray boshlagan bir sharoitda Misr fir’avni saroyda ham o’zini ancha tinch his etmagan bo’lsa kerak. Shuning uchun ham u hashamatli saroyini mustahkam qal’aga aylantirishga majbur bo’lgan. Ramses III ning podsholik davri Misr davlati harbiy qudratining oxirgi oxirgi pallasi bo’lgan. Misr qo’shinlarining liviyaliklar va “ dengiz xalqlari” ustidan qozongan g’alabalari Misrning bo’shashib qolgan ta’sirini bir qadar mustahkamlagan. Va mamlakat uchun, garchi qisqa bir muddatga bo’lsada, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlagan. Ramses III bir bnyozuvida faxr bilan bunday deydi, yani uning vaqtida askarlari “ g’am-tashvishsiz uzala tushib yotishlari mumkin edi. Nubiyada ham, Suriyada ham, hech dushman yo’q edi. Kamon-u, qurollar aslahaxonalarda tich yotardi, askarlar to’ygunicha yeb, qonguncha ichishi mumkin edi; ularning xotin, bola-chaqalari yonlarida edi”. Biroq Ramses III ning g’alaba yozuvlarida, bu fir’avnnning podsholik davrida Misr qo’shinlari erishgan muvaffaqiyatlar juda juda ham bo’rttirib ko’rsatilgan. Misr qo’shinlari “ dengiz xalqlari” ning olg’a siljishini bir qadar to’xtatishga muvaffaq bo’lgan bo’lsalar kerak; chunki “dengiz xalqlari” misrliklarni Suriyadagi va Finikiyadagi ilgarigi yerlarining anchagina qismidan surib chiqarganlar. Misr esa “ dengiz xalqlari” ga qattiq qarshilik kop’rsatib, Falastinning janubiy qisminigina o’z qo’lida saqlab qola olgan. Ramses III Libu va Meshvesh boshchiligida Misrga qilingan hujumiga qarshi jang olib boradi. Hukmronligining 8-yilida eng mashhur dengiz xalqlari Denyen, Tsekker, Peleset, Shardana va Vesheshlarga qarshi Delta va Jaxi janglarini olib boradi va ularni mag’lub etishga erishadi. Ramses hukmronligining 11-yilida yana bir Liviyaliklar bosqinchilari kaolitsiyasini mag’lub etadi. Hukmronligining 12-dan 29-yiligacha bo’lgan oralig’ida yangi ibodatxonalarni qurish, eskilarini tiklash va ularni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirdi. Ramses hukmronligining 29-yilida tarixda birinchi marta ish tashlash hodisasi sodir bo’ladi. Bu hodisa Deyr el-Medina shahri yaqinidagi hozirgi “ Set Maat” qishlog’ida sodir bo’ladi. Bunga sabab qirol maqbaralari quruvchilari va hunarmandlarining ovqat ratsionidagi mummo sabab bo’ladi.Ramses III dan keyingi Ramesseylar deb atalgan kuchsiz fir’avnlarning podsholik davrida kohinlarning e’tibori yana ham ortgan.Kohinlar juda kuchayib ketib pirovardida  Amon bosh ruhoniysi davlat hokimiyatini bosib olgan. Fiva bosh ruhoniysi Xerixor to’ntarish yasab, oxirgi Ramesseychi Ramses XII ni hokimiyat tepasidan olib tashlagan va Misr fir’avnlarining taxtini egallagan. Xarixordan qolgan tasvirlar va yozuvlar bu hujjatdan juda ahamiyatlidir. Xarixor Ramses XII zamonida bosh ruhoniylik qilib turganidayoq, o’zini podshoga teng deb hisoblagan. U Fiva ibodatxonasi devorlarida saqlanib qolgan yozuvida podsho hokimiyatining bosib olinishini gapirib, xudolar, xususan, Amon Ra meni podsho deb tanidi degan.
   
     SULOLA DAVRIDA IJTIMOIY TUZUM
     
     XX sulola fir’avnlari podsholik qilgan davrlarda sinfiy ziddiyatlar nihoyat darajada keskinlashgan. Yuqori amaldorlik mansablarini egallagan va kohinlar bilan mustahkam aloqada bo’lgan boy quldorlar juda kata boyliklar orttiradi. U zamon nasihatnomalaridan birida shunday boy zodagon mansabdorning dabdabali hayoti juda jonli qilib bayon etilgan. “ Sen go’zal kiyimlar kiygansan va arg’umoqlaring bor. Daryoda sening kemang bor . Sen sayr tomosha qilib va kezib  yurganingda ketingdan xizmatingga tayyor bo’lib xizmatkorlaring yuribdi. Sening o’z shahringda qurilgan qasring bor. Sen shunday mansab egasisanki, bu mansab tufayli podsho bergan in’omlar bilan boylik orttirasan. Viloyatingda qullaring va cho’rilaring bor. Ko’plari dalalaringda sen bayon qilgan ekinzorlarda senga yordam bermoqda”. Bular boylarga qarama-qarshi o’laroq, ko’pdan ko’p kambag’allar, qashshoqlangan jamoachi  dehqonlar, umr bo’yi mehnat qilib, og’ir hayotdan boshi chiqmagan, har doim qashshoqlik chegarasida va ochdan ketish xavfi ostida yashaydigan hunarmandlar bo’lgan. Uzoq davom etgan urushlar mehnatkash aholi yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushgan va ekspulatatsiya xalqning noroziligini qo’zg’atgan. Bu norozilik ko’pincha qo’zg’olonlarga sabab bo’lgan. Ramesseylarning podsholik davrida xalq qo’zg’alonlarining sababini aniqlash uchun hukumat buyrug’I bilan tuzilgan tergov aktivlarida bu ijtimoiy harakatlarni ta’riflovchi muhim faktlar saqlanib qolgan. Bu rasmiy hujjatlarda haqiqiy tarixiy faktlar gapiriladi. Ramses III podsholigining 29-yili qo’zg’olon bo’lib, bu qo’zg’olonda Fiva qabristonlarida ishlovchi kishilar qatnashgan. Bular mehnatkash aholining pastki tabaqalaridan, yani maqbaralar qurilishidagi tosh teruvchilar va dafn, motam ma’raka marosimi buyumlarini tayyorlovchi hunarmandlardan iborat bo’lgan. Ramses III dan keyin taxtga  Ramses IV keladi. Taxtni egallashdan oldin uning ismi Amonxirqofshef edi. U o’zi uchun uchta o’ziga xos unvonlardan foydalangan: “ Irsiy shahzoda”, Qirol kotibi” va “ generalissimo”; uning so’ngi ikki unvonining nomi “ Soleb” dagi Amenxotep III ibodatxonasidagi matnda keltirilgan va bu unvonlar yozilgan matnlar hozirgi kunda Italiyaning Florensiya shahridagi muzeyda saqlanmoqda. Ramses III ning o’n yillik hukmronligi tufayli , Ramses IV taxtga o’tirganida qirq yoshda bo’lgan.Uning hukmronligi miloddan avvalgi 1151-yildan 1145-yilgacha yoki miloddan avvalgi 1153-1147-yillar hukmronlik qilgan. Arxeologlar kata ehtimol bilan Ramsesning onasi Qirolicha bo’lganligini aytishadi.Ramses qiyin vaziyatda taxtga kelishiga qaramasdan ulkan qurilish ishlarini ikki baravar ko’payishga erishadi. U Sinay yarim orolining feruza konlariga ko’plab ekspeditsiyalar yuboradi. Eng muhim ekspeditsiyalardan birida 8368 kishi bo’lgan, ulardan 2000 ga yaqini askarlar bo’lgan. Ramses otasining Karnakdagi Xonsu ibodatxonasini kengaytiradi. Shuningdek u otasining yutuqlarini nishonlash uchun 41 metr uzunlikdagi 1500 satr matnli Qadimgi Misrda uzoq vaqt mashhur bo’lgan Papirus Harris I ni yaratadi. Undan keyin taxtga kelgan Ramses V qisqa muddat yani to’rt yil hukmronlik qiladi va mil.avv. 1143-yilda chechak kasalligidan vafot etadi. Bu tasdiqlaydigan yagona manba bu- Gebel el-Silsila yodgorligi hisoblanadi. Ramses V hukmronligi ruhoniylarning ta’siri ortishi bilan ajralib turadi.Wilbour Papirus Ramses V hukmromligidagi yer egaligi va soliqlar haqida ma’lumot beradigan muhim hujjat hisoblanadi. Hujjat Amun bosh ruhoniysining kuchayib borayotgan ta’sirini ta’kidlaydi, uning o’g’li esa bosh soliq yig’uvchisi lavozimida ishlagani aytiladi. Ramses V ning o’limi holatlari haligacha noma’lum, ammo u deyarli to’rt yil hukmronlik qilgan deb taxmin qilinadi. Ramsesning mumiyolangan jasadi 1898-yilda topilib, qayta tiklanganda, u chechak kasalligidan azob chekib vafot etgani taxmin qilinadi. Bunday fikrga kelinishiga sabab uning yuzidan topilgan jarohatlar sabab bo’lgan. Olimlar tomonidan 2015-yilda shu paytgacha to’plangan materiallar asosida olingan xulosalarga ko’ra bundan 3000-4000 yillar oldin  Sharqiy Afrika va Hindistonda Chechak kasalligi keng tarqalganligi haqidagi fikrga kelishgan.Ramses V vafotidan keyin taxtga kelgan Ramses VI sakkiz yil davomida hukmronlik qiladi. Ramses VI Ramses V ning akasining o’g’li bo’lgan. Ramses VI davrida egallangan hudular birin-ketin qo’ldan keta boshlaydi. Bu esa Misr iqtisodini og’irlashtiradi va narxlarning oshishiga sabab bo’ladi. 
     
     MISRSHUNOS OLIMLARNING O'RGANISHLARI
     
     Misrshunos olim Amin Amer Ramses VI ni “ notinchlik va tanazzul davrida o’zini buyuk fir’avn sifati ko’rsatishni istagan qirol deb” deb ta’riflaydi. Ramses VI davrida Misrda Fir’avnlarning ta’siri susayadi. U qirq yoshida, o’zining sakkizinchi va to’qqizinchi hukmronlik yillarida vafot etadi. Uning mumiyosi qabristonda 20 yilga yaqin vaqt davomida hech tegmasdan yotgan va u anchayin zararlangan. Jasad 1898-yilda tadqiqotchi Loret tomonidan topilgan. Ramses VI ning xotini malika Nubhesbed bo’lgan.Misrshunos Aidan Dodson va Dyan Xiltonning fikriga ko’ra, Ramses VI ning jami to’rtta farzandi bo’lgan. Ularning ismlari Amenxerxshef, Panebenkemut, Ramses Itamun va kelajakda taxtni egallashi kerak bo’lgan Ramses VII lardir. Shahzoda Amenxerxshef otasidan oldin vafot etgan va qabrga dafn etilgan. Misrshunos Jeyms Xarris, Edvard F.Vente va Kennetlar dalilllarga asoslanib, Ramses IX RamsesVI ning o’g’li va shu bilan Ramses VII ning ukasi ekanligini aytishdi. 1977-yilda Misrshunoslar Vente va Charlz van Sislenlar birinchi bo’lib Yangi qirollik davri xronologiyasini ko’rib chiqib, Ramses VI o’zining sakkizinchi yilida yashaganligini aytishdi. Ushbu gepotezani keying yili Misrshunos Jak Yanssen tasdiqladi va uning tahlilini nashr etdi. 

Yangi podsholik davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, XVIII-XX sulolar davrida jezdan keng foydalanila boshlandan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo bo’lgan, metallsozlik to’qimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, g’ildirakli aravalar keng tarqalgan, shishasozlik anchayin rivojlangan. Bo’ysundirilgan va qo’shni mamlakatlardan o’lpon sifatida va ayirboshlash yo’li bilan xomashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qo’rg’oshin, mis, yog’och materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushbo’y atirlar, oliy navli daraxt ko’chatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga jo’natilgan flot haqidagi ma’lumot saqlanib qolgan. Xususiy qulchilk ayniqsa keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan so’ng, o’n minglab qullar keltirilgan.Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII-XX sulolar fir’avnlarini qo’shin tuzulishini o’ylashga majbur qilgan. Qo’shin asosini esa zodagon aravakashlar tashkil etgan. Piyoda qo’shin uchun na’munaviy qirol xususan, ulamo kamon joriy etilgan. Bu tadbir armiyaning jangovarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shimolda Suriya va Falastinni, Janubda Kushning bir qismini Misrga qo’shib olganlar.Mitanni, Bobil, Xett podsholiklari bilan muntazam aloqalar o’rnatilgan. Amenxotep III davrida ( XV asr 2-yarmida) Misr o’z qudratining cho’qqisiga chiqqan. Fir’avnlardan kata yerlar, qullar, oltin va b.lar olib turgan ibodatxonalar mavqeyining ortish kohinlarning podsho hokimiyati bilan to’qnashuviga ollib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeyini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV ( Exnaton) mayda va o’rta yer egalariga tayangan holda diniy islohot o’tkazgan, xususan eski ma’budlarga sig’inishni bekor qilib, yagona quyosh ma’budi –Atonga sig’inishni joriy etgan. Exnaton o’z qarorgohini yangi qugan shahri Axenatonga ( hozirgi Al-Amarna) ko’chirgan. Fir’avn bilan kohinlar o’rtasidagi kurash Misrni zaiflashtirgan. XIV asrning birinchi yarmida u shimoldagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan so’ng, fir’avnlardan Tutanxamon va Xaremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishdilar. XIX sulolaning mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Mil.avv. XIII asrning 2-yarmi-XII asr boshida, fir’avn Merentax va Ramses IV davrida, “ Dengiz xalqlari” va Liviyaliklar bosqini qaytarilgan. Uzoq davom etgan urushlar Misrnig iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan. XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning janub viloyatlaridagi mulklar qo’ldan ketgan. Ramses IV davrida ( mil.avv. taxminan 1070-yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon ma’budning oliy kohini Xerixor qo’liga o’tgan.Bu sulola davridagi Misr davlatining alohida xususiyati shundan iboratki, u qat’iy harbiy xarakterdagi davlat bo’lgan. Bir necha asrlar davomida Misr fir’avnlari tomonidan olib borilgan istilochilik davlatni idora qilish ning butun sistemasiga alohida ta’sir etgan. Davlat apparati harbiy siyosat manfaatlariga moslashtirilgan.

  FOYDALANILGAN MANBALAR:
  

1.Baker.D.D. The Encyclopedia of the Pharaohs: Volume I – Predynastic to the Twentieth Dynasty 3300-1069 BC ( London, 2008), 407-409 2.Leprohon,R.J. The Great Name: Ancient Egyptian Royal Titulary ( Atlanta, 2013), 126-127 3.V.I.Avdiyev. Qadimgi sharq tarixi. O’ZSSR “ O’rta va oliy maktab” davlat nashriyoti.Toshkent-1964 4.История Древнего Востока: тексты и документы / Под ред. В.И.Кузищина.-М.:1984.