Foydalanuvchi:Ozodbek1202/Petroley efiri
PETROLEY EFIRI — toʻyingan ali-fatik uglevodorodlar (85% gacha 5 ta va 6 ta uglerodli uglevodorodlar) aralashmasi. Rangsiz suyuqlik, qaynash tempraturasi 30—80°, zichligi 650—700 kg/m3; tarkibida olefin va aromatik uglevodorodlar, oltingugurt, suv va mexanik aralashmalar boʻlmasligi zarur. Neft yoki gidrokreking mahsulotlarining yengil fraksiyasidan, shuningdek, katalizator ishtirokida SO2va N2 dan sintez yoʻli bilan olinadi. Smolalar, yogʻlar, efir moylari va b. ni eri-tishda erituvchi sifatida qoʻllanadi.
Manba