Alkenlar
Alkenlar – tarkibida qoʻshbogʻ boʻlgan toʻyinmagan uglevodorodlar. Alkenning juda koʻp molekulalari oʻzaro birikib (polimerlanish reaksiyalariga kirishib), yuqori molekulali birikmalar hosil qiladi. Koʻpgina muhim polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, poliizopren) shu yoʻl bilan olinadi (qarang toʻyinmagan uglevodorodlar).
Olefinlar (frans. defi ant – moy hosil qiluvchi, lot. oleum – moy va facio – qilyapman), alkenlar – toʻyinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi SpN2p. Zanjiri ochiq boʻlib, bitta qoʻsh boglidir. Atsiklik birikmalarga kiradi. Olefinlarning eng oddiy vakili etilen SN2=SN2 boʻlganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari (propilen SN2=SN—SN3, butenlar S4N8, amilenlar S5N|0 va boshqalar) koʻpincha alki-lenlar deb yuritiladi. Olefinlar Jeneva nomenklaturasiga muvofiq tegishli toʻyingan uglevodorodlarning nomiga qarab ataladi, faqat „an“ qoʻshimcha oʻrniga „en“ qoʻllanadi va zanjirdagi qoʻshbogʻ oʻrni raqamlar bilan koʻrsatiladi. Butendan boshlab olefinlar qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan tashqari, molekulasida qoʻshbogʻ borligidan olefinlar geometrik izomerlar holida ham boʻlishi mumkin (qarang Izomeriya). Olefinlar fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga qaraganda ancha past, zichligi esa birmuncha yuqori. Quyi olefinlar (S2N4 dan S4N8 gacha) gaz, keyingilari S8N36 gacha suyuqlik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha olefinlar rangsiz, suvda deyarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. Olefinlarning qoʻshbogʻiga vodorod, galogenlar, vodorod galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuqlik hosil boʻladi; olefinlarning nomi ham shundan olingan). Olefinlar oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi (qarang Poliolefinlar, Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen). Yuqori alkillanish qobiliyati olefinlarning muhim xossasi hisoblanadi (qarang Izooktan). Olefinlar sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. Olefinlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft-kimyoviy sintezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |