Poliolefinlar
Poliolefinlar — olefin katori (etilen, propilen, butilenlar va boshqalar)dagi toʻyinmagan uglevodorodlarning polimerlanishidan hosil boʻladigan sintetik polimerlar. P.ning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari ularning tabiatiga va olinish usuliga bogʻliq. P. ishlab chiqarilish koʻlami va turli sanoat tarmoqlarida qoʻllanishi jihatidan sintetik polimerlar ichida birinchi oʻrinda turadi (yana qarang Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |