Qurbonova Zilola Ismoil qizi
Buxoro pedagogika instituti
Adaptatsiya-insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Anamnez-ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi.
Anomaliya-jism yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan ancha og’ish.
Anomal bolalar-normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzulishlar bo’lgan bolalar. Ularni yengib o’tish maxsus uchun maxsus metodlar talab qilinadi.
Affektiv buzilishlar-emotsional sohaning buzilishi bo’lib, kuchli asabiylashish, asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik). Bular markaziy nerv sistemasining funksional va organik buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
Bevositalik-inson va uning vaziyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va buni namoyish qilish.
Bir shaxsning boshqasiga ta’sir o’tkazishi-ong, iroda, xis-tuyg’u orqali inson faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish. U ishontirish, emotsional yuqtirish orqali amalga oshiriladi. Ta’sir bir odam tomonidan ikkinchi odamni (uning qarashlari, tasavvurlari) o’zgartirish jarayoni va natijasi.
Bola-18 yoshga to’lmagan shaxs.
Bolalar ichkibozligi-bolalar deviant xulq-atvori shakllaridan biri bo’lib, ichkilikka patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanib, shaxsning ijtimoiy degratatsiyasiga olib keladi.
Bolalar jinoyatchiligi-salbiy ijtimoiyhuquqiy hodisa bo’lib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish- ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikka olish-bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash-qonunchilik va bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyada mustahkamlangan voyaga yetmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar kompleksidir.
Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat. (M.A..Galaguzova)
Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.
Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi-uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qotilishi.
Deviant xulq atvor- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor.
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)-o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor.
Denamik steriotip- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi.
Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.
Jinoyat-delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat.
Jinoiy xulq-atvor-jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo’zg’atishga asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.
Katamnez-davolash yakunlangandan so’ng kasal haqida olinadigan ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo’lgan o’quvchilarning mehnat hayoti, ta’limi to’g’risida davriy ma’lumot to’plash.
Kommunikativlik-shaxslararo muloqat madaniyatiga ega bo’lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.
Kompensatsiya-buzilgan funksiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik-umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.
Korreksion tarbiya-jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.
Madaniyat-jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi bo’lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.
Madaniyatlilik-bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Maqom-bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.
“Men” konsepsiyasi-insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium-o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik-bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslikategoriya
Oila-insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy institut.
Ontogenez-hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha indevidual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-prenatal va postnatal.
Pedagogik tashxis-o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.
Pedagogik qarovsizlik-shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon bo’ladi.
Rahmdillik-kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.
Reabilitatsiya-bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, uchinchidan professional tayyorganrlik asosida erishiladi.
Referent guruh-inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.
Refleksiya-insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti-harakatlari, hislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini anglab olishi.
Somatik-jismoniy.
Sotsium-insonning ijtimoiy atrof-muhiti, hamjamiyati.
Submadaniyat-muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.