Python dasturlash tilida If- shart operatori.

If operatori shartni tekshirish uchun ishlatiladi. Pythonda shart operatorini bir necha xil ko`rinishi mavjud: 1. if (mantiqiy ifoda):- shart operatorining bu ko`rinishi mantiqiy ifoda rost bo`lgan holda qandaydir kod bajarilishi uchun ishlatiladi. 2. if (mantiqiy ifoda):…else-shart operatorining bu ko`rinishida mantiqiy ifoda rost bo`lsa, birinchi ifodalar bloki bajariladi(bu blok “if-blok” deb nomlanadi), aks holda keyingi ifodalar bloki bajariladi(bu blok “else-blok” deb nomlanadi). 3. if (mantiqiy ifoda):…elif(mantiqiy ifoda):…else- shart operatorining bu ko`rinishida oldingi shart yolg`on bo`lganda keyingi shart tekshiriladi. Bu ifoda o`zida ikkita bir-biriga bog`liq bo`lgan if else-if else ifodani bir ifodada if elif else saqlaydi.