Muhammad Yusuf hayoti va ijodi

O'zbek xalqining sevimli farzandi shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.Ijodiy faoliyatini 1980-yildan boshlagan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kunlariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlagan.Uning dastlabki she'rlari «O'zbe­kiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi. Uning she'rlari ravon va soddaligi bilan xalq qalbidan joy olgan. Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeniga, «O'zbe­kiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda vafot etgan.