Ruziyeva Sadoqat Hasanovna
Buxoro pedagogika instituti
AKVAREL – (ital.acguerello) – suvda eruvchi bo‘yoqlar. Bu bo‘yoqlarning ajoyib xususiyati bo‘ yoq qatlamlarining tiniqligi va mayinligidir. Akvarelda oq rang bo‘ lmaydi, uning o‘ rnida bo‘ yoqlarning tinik va yupqa qatlami tagidan ko‘rinadigan yoki bo‘yalmay qolgan qog‘ozning rangi xizmat qiladi. O‘zbekistonda akvarel san’ati rivojini B.Xamdamiy, U.Tansiqboyev, G.SHevyakov, G.CHiganov, K.CHiprakov, K.Kaydalovlar tomonidan yaratilgan ajoyib asarlarda ko‘ rish mumkin.
APPLIKATSIYA – (lot. applicatio - yopishtirish) – gazlama, qog‘oz va boshqa materiallarga rang-barang gazlama, qog‘oz bo‘laklari, teri tikish yoki donli o‘simliklar poyalarini yelimlash yo‘li bilan naqsh tuzib, badiiy tasvir yaratish.
AFISHA – (frans. affiche - e’lon) Spektakl, konsert va boshqa madaniy tadbirlar, tomoshalar, to‘g‘risida xabar beruvchi maxsus e’lon.
BEZAK – biror narsaga ishlangan naqsh, ziynat, pardoz.
GANCHKORLIK – amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi, o‘ymakorlik tarmog‘i. Ganchkorlik qadimgi san’atlardan biri. O‘yma ganchlar, asosan binolarning ichki qismidagi devorlar, namoyon, taxmon, tokcha, jonivonlarning yuqorisi sharofalar va boshqa joylarni bezashda ishlatiladi. Ganchkorlikda o‘yma naqsh metall kesiklar vositasida ishlanadi. O‘yilgan naqshning yuzi gul ganch bilan pardozlanadi. Pardozning turlari chok pardoz, pax pardoz, lo‘la pardoz va tabaka pardozlardir. Ganchkorlik san’atida ham tarixan bir necha mustaqil maktab - Samarkand, Buxoro, Xorazm, Fargona, Toshkent, Xiva maktablari tashkil topgan. Taniqli xalq ustalari - Usta Shirin Murod, Toshpo‘ lat Arslonqulov, Јuli Jalilov, Rashid Jalilov, Shamsiddin G‘ofurov, Usmon Ikromov, Maxmud Usmonov, kabi yetuk ganchkor ustalar samarali ijod qilganlar.
GUASH - /frans. guuische, ital. guacco– suv buyogi/ - yelim va belila aralashtirilib, suvga qorilgan bo‘ yoq va shu bo‘ yoq bilan ishlangan rassomlik asarlari. Ishlatish yo‘ llari jihatidan guash akvarel bo‘ yoqlarning yumshoq xillariga o‘xshasada, belila qo‘shilganligi, bo‘yoq qatlamining qalinligi va xiraligi bilan akvareldan farq qiladi.
DIZAYN- kundalik hayot, turmushda ishlatiladigan buyumlar, kiyim-kechak, asbob-uskuna, idish-tovoq, mebel va shunga o‘xshash narsalarni qulay, chiroyli shakl va rangini, yangi shakl-shamoyil yaratish san’ati.
ZARGARLIK - amaliy san’atning O‘zbekistonda keng tarqalgan turi. Јimmatbaho tosh va metallardan ziynatlanib ishlangan buyumlar; yarim oy shaklidagi ziraklar, nozik o‘ yma gulli zirak va bilaguzuklar shular jumlasidagilar-san’at namunasidir.
ZARDO‘ ZLIK - amaliy san’atning bir turi bo‘ lib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Kashtachilik san’atining bir ko‘ rinishi. O‘tmishda zardo‘zlik bilan erkaklar shug‘ullanganlar, zar va kumush iplar bilan erkaklar to‘ni, sallasi, do‘ppilari, poyafzallari va ayollarni ko‘ylak, kamzul, etikcha va xaltachalariga bezak tikilgan.
KALLIGRAF – Xattot. Husnixat qoidalariga rioya kilib chiroyli yozadigan kishi.
KANDAKORLIK-qadimiy amaliy san’at turi, metall o‘ymakorligi. XIX asrda Buxoro, Јukon, Marg‘ilon, Samarkand, Toshkent, Shahrisabz, Xorazm kandakorlik maktablari mavjud.
KULOLCHILIK – hunarmandchilikning turli-tuman loydan idish, buyum, qurilish materiallari va boshqa ishlaydigan sohasi. Afrosiyobda va Markaziy Osiyoda VIII-XII asrda rivojlana boshlangan. Ayniqsa, o‘ zbeklar va tojiklar yashaydigan shahar hamda kishloqlarda keng rivoj topgan. Koratog‘, Panjikent, Samarkand, Shaxrisabz, G‘ijduvon, Toshkent, Rishtonda sopol idishlarning sirlab bezatishning o‘ ziga xos uslublari vujudga kelgan. 1930-yildan Toshkent eksperimental keramika, Samarkandda keramika ustaxonalari, Shaxrisabzda ochildi. Turob Miraliyev (Toshkent), Rustam Egamberdiyev, Karim Xazratqulov (SHaxrisabz), Uzok SHermatov, Xolmat YUnusov (Rishton), Muxammad Siddik, Usmon Umarov (Fijduvon) singari o‘ nlab atoqli kullollar yoshlarga ta’lim berdilar. O‘ zbekistonda kulolchilik ishlarini rivojlantirish, yoshlardan kulollar tayyorlash kullolchilikni tadqiq etishda O‘ zbekiston xalq rassomi, san’atshunoslik nomzodi Muxiddin Raximov samarali mehnat qildi.