Otabek Sadiridinov - O'zbekistonlik dasturchi va blogger. Bekky TV va VueJS Academy shaxsiy YouTube kanallari bilan mashxur. Bekky TV YouTube kanali orqali u blogger sifatida turli qiziqarli, informatsion, hayotiy, voqeaviy videolar shu jumladan xikoyalar bilan tanishtirib boradi. VueJS academy YouTube kanali orqali esa u bugungi kunda veb-dasturlash sohasida keng tarqalgan va JavaScript dasturlash tilinging eng oldi frameworki bo'lgan Vue.JS frameworki va u yordamida qanday veb-saytlar tuzishni o'rgatib boradi. Uning yana Program with Otabek/Otabek bilan dasturlashni o'rganing YouTube kanali ham bor bo'lib, u kanal orqali esa dasturchi umuman olganda dasturlash sohasi bo'yicha videolarni joylab boradi.