Sardor Sirojiddin (Qosimov Sardorbek Sirojidinovich) 1988 yil Andijon viloyati Andijon tumani Xartum qishlog‘ida tug‘ilgan. Andijon davlat universitetini tamomlagan. 2007-2012 yillar Andijon viloyati davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida, 2012-2020 yillar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashida, 2020-2024 yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida faoliyat yuritdi. 2020 yildan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. Respublika "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi. 2014 yildan hozirga qadar Xalq deputatlari Andijon tumani Kengashi deputati.

Ilk "Bolalik" nomli she'ri 2005 yilda "Yoshlik tug‘yonlari" bayozida chop etilgan. Birinchi kitobi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Zulfiya Mo'minova oq yo'li bilan "Sentyabr"nomi bilan nashr etilgan, "Qadam" nomli she'riy, "Mustaqillik-qalblarda yangragan kuy!" nomli publisitik kitoblari nashr qilingan. 200 dan ortiq maqolalari davriy matbuotlarda, to‘plamlarda nashr etilgan.