Sardorbek01
Turkiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosati
Sarlavha:Markaziy Osiyo mustaqil davlatlar vujudga kelgandan keyingi davrda mintaqaning rivojlanish variantlarini tahlil qilgan siyosatshunoslar bu yerda o'z ta'sirini o'tkazish uchun geosiyosiy raqobat avvalo Eron va Turkiya o'rtasida bo'lishini taxmin qilgan edilar.Va bu raqobat nafaqat Markaziy Osiyoda ta'siri chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan ikki yirik davlat orasidagi kurash, balki ikki g'oya, ikki rivojlanish konsipsiyasi, sekulyarizm va islomizm orasidagi qarama-qarshilik deb tan olingandi.
Annotatsiya:Turkiya asosan musulmon aholi yashaydigan mamlakatda duynyoviy demokratiya konsepsiyasini tarqatuvchi, shuningdek g'arb mamalakatlari bilan yaqin sherikchilik o'rnata olgan davlat sifatida ko'rilgan edi. Ammo uning Markaziy Osiyodagi ta'siri faqat shu holat bilan belgilanmaydi, shu sababli Turkiyaning Markaziy Osiyodagi qolgan ta'sirlarini o'rganamiz.O'rta asrlarda boshqa davlatlarni hayratga qoldirib [Yerik Porta] yani [Блистательная Porta] deb nom olgan Usmon imperiyasi keyinchalik [Yevropaning kasal odami]ga ayalanib qoldi.Turklar o'tmishdagi buyo'klik qo'ldan boy berganidan katta tashvishga tushdilar va mamlakatni modernizatsiya qilishga bir necha bor urindilar.Bu urunishlarning eng mashhuri [yosh turklar] deb nom qozongan. Lekin ularning birontasi ham muvaffaqiyatli bo'lmagan.
Kalit so'zlar:Otaturk,G'arbda Kamolizm, Nato, Anqara, Demokratiya, Yevropa Ittifoqi, Fors kurfazi, Mashurtlar, Zaif bug'in, Tarixiy aloqalarni tiklash, Entuziazmi va Romantizmi.
Kirish:Turkiyaning Markaziy Osiyodagi nufuzi ortib bormoqda. G'arb bilan tez-tez keskinlashgan munosabatlariga muqobil izlayotgan Anqara Markaziy Osiyoda juda ko'p imkonyatlarni ko'rmoqda. Buni Turkiyaning Markaziy Osiyodagi o'sib borayotgan ta'sri va kengroq geosiyosiy ambitsiyalari kontekstida ham ko'rish mumkun. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Anqara Markaziy Osiyo davlatlari bilan madaniy va iqsodiy aloqalarni kuchaytirish maqsadida Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligini tuzdi. Oradan bir necha o'n yil o'tib, 2009-yilda Turkiy tilli davlatlari hamkorlik kenggashi rasman tashkil etdi. 2021-yilda kenggash o'zini Turkiy Davlatlar Tashkiloti deb o'zgartirishga qaror qildi. Besh a'zo - Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, va O'zbekiston va ikkita ko'zatuvchi davlatdan [Vengriya va Turkmaniston] tashkil topgan tashkilot ishtirokchi davlatlardan 170 million kishi istiqomat qiladi va ummumiy yalpi ichki mahsulot 1,5 trillion dollarni tashkil qiladi. Bu davlatlar o'rtasidagi savdo hajmi 16 milliard baholanmoqda. Global va mintaqaviy geosiyosatning o'zgarishi va Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida Turkiya bir qator savdo va mudofaa shartnomalarni hamda qurol savdosi orqali Markaziy Osiyo bilan ko'proq hamkorlik qilishga intildi. 2022-yil mart oyida Erdo'g'on Turkiya-O'zbekiston hamkorligini mustahkamlash maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif chog'ida o'nta kelishuv imzonlandi, ikki davlat o'zaro tovar ayirboshlash hajmini 10milliard dollarga yetkazishga vada berdi.
By:SolikovSardorbekSamio'g'li