ARAB XALIFALIGI.

(632 – 1258) – Arabiston yarim oroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat. 7 – 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifaligi asoschisi payg‘ambar Muhammad(s.a.v)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 630–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Marokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 – 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9 asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 – 873), Safforiylar(867 – 903) va Somoniylar (875 – 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi. manba. 7 sinf Jahon tarixi va qoshimcha kitoblardan va Telegram:dagi @tarixshunoslar kanali