She'rimni raqib ham tan olar hali Havas qilar menga nahor oydin tun. Har satrimni o'qib deysiz 'eh, balli' Zuhro yulduzidek chaqnayman bir kun.

Buyuklarning ruhi bo'lgay madadkor, Otash hislar bo'lar umrim mash'ali. Nazm osmonida parvoz etgim bor Zuhro yulduzidek chaqnayman hali.

Dilimdan ketmaydi bir zum Nodira, Tilimda Uvaysiy she'r-g'azali. Bo'larman ulardek hassos shoira Zuhro yulduzidek chaqnayman hali.

Chin yurakdan bitib ash'or-u o'lan O'qiyman musaffo, sof tong mahali Ollohimdan tortiq zo'r ilhom bilan Zuhro yulduzidek chaqnayman hali.

Charos Olimova