Foydalanuvchi:Sevayuu/O. Henry mehmonxonasi
O. Henry Mehmonxonasi | |
---|---|
O. Henry mehmonxonasining 1979-yilgacha bo‘lgan holati | |
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi |
624 Green Valley Road Greensboro, Shimoliy Karolina |
Koordinatalar | 36°05′12″N 79°49′34″W / 36.08658264226833°N 79.8262084268494°W |
Egasi | Quaintance Weaver Restaurants and Hotels |
Vebsayt | |
OHenryHotel.com |
O.Henry mehmonxonasi Shimoliy Karolinaning Greensboro shahrida joylashgan.
Mehmonxona Greensboro shahrida tugʻilgan amerikalik yozuvchi O. Henry tahallusi bilan mashhur boʻlgan William Sydney Porter sharafiga nomlangan. Greensboro markazida joylashgan mehmonxona binosi 1919-yilda Bellemeade va Shimoliy Elm koʻchalari kesishgan joyda qurilgan. Bu Greensborodagi birinchi zamonaviy mehmonxona boʻlib, 300 dan ortiq xonasi bilan Shimoliy Karolinadagi eng katta hashamatli mehmonxonalardan biri hisoblangan. Mehmonxona 1960-yillarda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1979-yilda esa buzib tashlangan[1] va 1990-yil oxirida eski joyidan 2 mil narida yangi mehmonxona binosi qurilgan. O. Henry mehmonxonasi Quaintance-Weaver Restoran va Mehmonxonalari kompaniyasining xususiy mulkidir. Green Valley Grill restorani ham O. Henry mehmonxonasi ichida joylashgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „History of the Original O.Henry Hotel in Greensboro, NC“ (en-US). O.Henry Hotel. Qaraldi: 24-oktyabr 2024.
- ↑ „Green Valley Grill Restaurant | Greensboro, NC“. Green Valley Grill. Qaraldi: 24-oktyabr 2024.