Ovoz
Janri musiqiy shou
Muallif(lar) John de Mol Jr.
Rejissyor Baxtiyor Safarov
Hakam(lar) Farrux Zokirov,Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov Ozodbek Nazarbekov.
Sharhlovchi(lar) Mirshakar Fayzulloyev
Mamlakat O`zbekiston
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Baxtiyor Safarov

Ovoz tahrir

Ovoz" - bu o‘zbek ko‘ngilochar vokal iste’dodlari shousi." Bu gollandiyalik prodyuser John de Mol Jr. tomonidan yaratilgan "Ovoz" televizion vokal shou shaklining o‘zbekcha franshizasi. 2024-yilda “Zo‘rTv” telekanali dunyoga mashhur “Ovoz” “The Voice” loyihasining birinchi soni 20-aprel, soat 20:00 da namoyish qilindi.

Format

“Ovoz” loyihasining birinchi mavsumida to‘rtlik hakam murabbiylik qiladi.O‘zbekiston va SSR xalq artist Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, “Bolalar” guruhi solisti va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov,O‘zbekiston xalq artisti hamda Madaniyat vaziri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov va “Ovoz” musiqiy loyihasining boshlovchisi Mirshakar Fayzullayev.“OVOZ” loyihasining tashkilotchilariga davlat byudjetdan 1 mlrd 989 mln 120 ming so‘m ajratildi. Bu Madaniyat vazirligi hamda “Talent Show” MCHJ imzolagan shartnomada qayt etilgan. Unga ko‘ra, loyiha tez kunlarda faoliyatini boshlaydi.

2024-yilning 2-aprel kuni imzolangan shartnomada “Talent Show” MCHJ loyihaning suratga olish xizmatlarini bajarishi keltirilgan. Tashkilotchilarga 6 oy mobaynida ma’lum summada gonorar to‘lanadi. Shartnomada madaniyat vazirligi bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.SHartnomaga ko‘ra, “Ovoz” musiqiy loyihasida qatnashuvchi 3 nafar murabbiy uchun ganarar oyiga 38 mln so‘mdan jami 684 mln so‘m, 1 nafar badiiy rahbar uchun ganarar oyiga 57 mln so‘mdan jami 342 mln so‘m, 1 nafar musiqa direktori uchun ganarar 38 mln so‘mdan, 228 mln so‘m hamda . . . . . 6 nafar teleloyiha sozandalariga 14,5 mln so‘mdan jami 522 mln so‘m ajratilgan.

.“Nazarimda, bu loyiha yurtimizga juda yarashadi. Sababi xalqimiz ijodkor, haqiqiy ma’noda iste’dodli xalq. O‘ylaymanki, bu loyiha orqali o‘zbek musiqa san’ati yana bir bor olamga o‘zini ko‘rsata oladi va munosib ijrochilar jahonning katta sahnalariga yo‘l olishadi”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.O‘zbekiston ushbu teleloyihani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan dunyodagi 76 mamlakatga aylandi. O‘zbekistonda uning Rossiyadagi franshizasi — “Голос” teleshousi ko‘pchilikka yaxshi tanish. “Голос” loyihasida o‘zbekistonlik ijodkorlar ham, xususan, Sevara Nazarxon, Sardor Milano, Sabina Mustayeva, Firdavs Avezovlar ishtirok etishgan.

Ovoz” loyihasi uchun davlat byudjetidan qariyb 2 mlrd so‘m ajratilgan.Davlat tomonidan moliyalashtirilgani ortidan katta muhokamalarga sabab bo‘lgan “Ovoz” loyihasi yana e’tibor markazida.Xonanda Kristina Soloviy tomonidan yaratilgan ukrain tilida qo‘shiq kuylagan Kamola G‘ayratovaga to‘rtta hakamdan birontasi ham qayrilib qaramagani va hatto Farrux Zokirov qaysi tilda ekanligini bilmagani katta e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Gap shundaki, qiz tanlovdagi chiqishida taniqli ukrainalik xonanda  Kristina Soloviyning mashhur “Trimay” qo‘shig‘ini kuylagan. Ijro davomida hakamlar o‘zaro qo‘shiqning qaysi tilda ekanligi haqida suhbatlashgan. Qo‘shiq tugagandan so‘ng, Ozodbek Nazarbekov qizdan qaysi tilda kuylaganini va hali juda yosh ekanligini, umidsizlikka tushmasligini, ijro professionall ekanligini tan olgan, lekin bu qo‘shiq sizning hamma imkoniyatlaringizni ochib bera olmagan deydi , Sevara Nazarxon esa, qo‘shiq eski yoki bugungi kunda yozilganini so‘ragan va qo‘shiq yoqqanligini aytgan Tohir Sodiqov esa yoqqanligini lekin tanlashga ikkilanganligini va ozroq notalarda xato ijro etkanligini aytgan .