Tohir Sodiqov

oʻzbek qoʻshiqchisi va aktyori

Tohir Sodiqov – Oʻzbek musiqachisi, bastakori, aktyori va Bolalar guruhi solisti. Tohir Sodiqov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistdir[1]. Tohir Sodiqov „Bolalar“ guruhining uzoq yillardan beri qoʻshiqchisi, ashula yozuvchisi va bastakori boʻlib kelgan. Tohir Sodiqov xozirgacha „Nihol mukofoti“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar sohibidir[2]. U qoʻshiqlarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov Bolalar guruhi bilan AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan Oʻrta Osiyolik birinchi guruh hisoblanadi[3][4][5].

Tohir Sodiqov

Tohir Sodiqov 2018-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1-iyul 1973-yil (1973-07-01) (50 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Guruh Bolalar
Janr Rok, pop
Amplua Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, produser, aktyor
Faoliyat yillari 1989-bugun
Mukofotlari

Ijodi tahrir

Tohir Sodiqov musiqa maktabida oʻqimagan. Maktabda oʻqib yurgan chogʻlarida musiqaga ishtiyoqi tugʻilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh doʻstlari Ruslan Sharipov, Bahodir Poʻlatov va Javohir Zokirov 1989-yil Bolalar guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh Oʻzbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qoʻshiq bilan juda tez shuhrat qozongan[6]. Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va „Bojalar guruhiga“ prodyuserlik qilgan.

„Bolalar“ guruhi tahrir

Bolalar guruhining ilk tarkibida Bahodir Poʻlatov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofiq Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar boʻlgan. Guruh aʼzolariga oʻzbek rock-n-roll qoʻshiqchisi Davron Gaipov va oʻsha paytda mashhur boʻlgan rus guruhi „Laskoviy May“ taʼsir koʻrsatishgan. „Laskoviy May“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi[7]. „Laskoviy May“ning qoʻshiqchisi boʻlgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda, Bolalar guruhining 20 yilligiga bahshlangan konsertda birga duet aytishgan.

„Bolalar“ guruhi 1990-yil 23-fevralda „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy rahbari boʻlgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda Bolalar guruhining koʻp aʼzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining soʻzini ham, musiqasini ham oʻzi yozadi[6].

Shaxsiy hayoti tahrir

 
Tohir Sodiqov shogirdi va doʻsti Renat Sobirov bilan 2014-yilda

Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etadi. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Tohir Sodiqovni yolgʻiz katta qiladi. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda oʻqiydi. Ikki qiz va bir oʻgʻli bor. Soʻnggi yillarida „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasiga asos solgan. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi yaʼni turmush oʻrtogʻi, ikki qizi bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan. Shogirdi Ravshan Sobirov va Renat Sobirov Tohir Sodiqovning amakivachchalaridir. Amakisi Alimjon Sobirov (Ravshan Sobirovning otasi). Jiyanlari Bekzod va Safina (Ravshan Sobirovning farzandlari). Sakina Sobirova (Ravshan Sobirovning rafiqasi). Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi).

Aktyorlik faoliyati tahrir

Tohir Sodiqov olti oʻzbek kinosida bosh rolni ijro etgan. Bular „Navroʻz ayyomi“, „Tohir va Zuhra yangi talqin 1, 2“, „Koʻzlaring maʼyus“, Jazo hamda Voy dod sumalak filmlaridir.

Filmografiyasi tahrir

Aktyor tahrir

Film
Yil Film Rol Izoh
1999 Navroʻz ayyomi Tohir Musiqiy film
2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Tohir Musiqiy film
2005 Koʻzlaring maʼyus Sardor
2006 Voy dod sumalak Tohir Musiqiy film
2007 Jazo Tohir Sodiqov Kameo
2010 Ada emas, dada! (Tohir va Zuhra 2 yangi talqin) Tohir Musiqiy film
2017 Bolalar Tohir Hujjatli film
Teleserial
Yil Serial nomi Rol Izoh
2015 Bojalar drive Tohir
Kliplar
Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2000 Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov „Sevgilim“ Tohir
2001 Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov „Nozanin“ Tohir
2006 Lola „Qolaymi, ketaymi?“ Tohir

Manbalar tahrir

  1. „Bi-bi-si mehmoni - ...eng oʻziga xos estrada yulduzi Tohir Sodiqov“. BBCning oʻzbek xizmati (9-mart). Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  2. „80-yillardan beri mashhur“. Darakchi. 24-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-noyabr 2011.
  3. „„Bolalar“ning New Yorkdagi konserti (ingl.). Uzbek TV New York. Qaraldi: 2012-yil 13-may.
  4. Zokirov, Dilshod „„Bolalar“ning yubileyidan maxsus reportaj“. Shov-Shuv. 20-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-may. (WebCite saytida 20-sentabr 2012-yil sanasida arxivlangan)
  5. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Itunes.apple.com (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 13-may.
  6. 6,0 6,1 „„Bolalar“ hamon repertuardan tushmayotir“. Ozodlik Radiosi. Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  7. Turdaliyeva, Muhayyo „Tohir Sodiqov va Yuriy Shatunov: 90-yillar haqida (rus.). Ziyo Net. 4-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-may. (WebCite saytida 4-iyun 2012-yil sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir