Ravshan Sobirov — oʻzbekistonlik musiqachi, bastakor va aktyor[2]. „Bolalar“ guruhining sobiq aʼzosi. Nihol mukofoti sovrindori. „Tarona taqdimoti“ musiqiy festivali doirasida xonandaning „Xayr maktabim“, „Askar“, „Sen yig‘lama“, „Nega aytgin“ kabi qoʻshiqlari „Musiqiy topilmalar“ nominatsiyasi boʻyicha taqdirlangan.

Ravshan Sobirov

Ravshan Sobirov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-iyun 1975-yil (1975-06-24) (48 yosh)[1].
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Guruh Bolalar guruhining sobiq aʼzosi
Janr Pop, Rok
Amplua Qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor, aktyor
Faoliyat yillari 1996-yildan — hozirgi kungacha

Biografiyasi tahrir

Ravshan Sobirov, 1975-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolaligi asosan Toshkent shahrining eski shahar qismida oʻtgan. 1990-yilda durodgorlik maktabiga oʻqishga qabul qilingan va u yerda bu hunarni oʻrgana boshlagan. Ravshan Sobirov bolaligidanoq futbolga katta qiziqish bildirgan. Shu sababli ota-onasi uni keyinchalik Paxtakor bolalar futbol maktabiga berishgan.

Manbalar tahrir

  1. „РАВШАН САБИРОВ“ (2020-yil 10-yanvar). 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  2. „Равшан Собиров Полная фильмография“ (2006-yil 2-dekabr). 2006-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.