Ushbu maqola musiqa guruhi haqidadir. Kichik yoshdagi odamlar uchun Bola maqolasiga qarang.

"Bolalar" — 1989-yil Bahodir Poʻlatov va Tohir Sodiqov tomonidan tuzilgan oʻzbek pop-rok guruhi. Guruhning hozirgi tarkibi Tohir Sodiqov (vokal, ritm gitara), Timur Gaynutdinov (solo-gitara), Baxtiyor Nutmatov (bas gitara), Tofik Morduxayev (barabanlar) va Javohir („Vagif“) Zokirovdan (sintezator) iboratdir. „Bolalar“ AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan oʻrta osiyolik birinchi guruhlardandir.[1][2][3] „Bolalar“ guruhi shu kungacha minglab sovrinlar olgan. Guruh 2001- va 2002-yilda „Eng yaxshi guruh“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofotini oldi. 2001-yil guruhga „Kerak emas“ qoʻshigʻi uchun „Eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasida „Tarona“ berildi.[4] Guruh olgan diplom va sertifikatlar soni esa 500 ga yaqindir.[5] Guruhning koʻp yillardan beri qoʻshiqchisi boʻlib kelayotgan Tohir Sodiqov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistdir.[6] Koʻpchilik „Bolalar“ guruhi bilan rus guruhi Laskoviy Mayni „90-yillarning afsonalari“ deb ataydi."[7][8]

Bolalar
Tokhir Sodikov performing in NYC.jpg
Tohir Sodiqov va „Bolalar“ guruhi New Yorkdagi Millennium teatrida
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Toshkent, Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1989–hozirgi kungacha
Janr rock, pop
Leybl Kelajak Records
Tarkib Tohir Sodiqov
Timur Gaynutdinov
Tofik Morduxayev
Vagif Zokirov
Baxtiyor Nurmatov
Sobiq aʼzolar Bahodir Poʻlatov
Husan Sodiqov
Javohir Zokirov
Nargiza Zokirova
Ruslan Sharipov
Toir Odilov
Anvar Salohutdinov

TarixiTahrirlash

„Bolalar“ guruhi 1989-yil Tohir Sodiqov va u bilan birga Toshkentdagi 41-maktabga borgan doʻstlari Ruslan Sharipov, Bahodir Poʻlatov va Javohir Zokirovlar tomonidan tuzilgan. Guruhning ilk badiiy rahbari va bastakori Ruslan Sharipov edi. 1989-yil guruh Oʻzbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qoʻshiq bilan juda tez shuhrat qozondi.[9] 1990-yilda „Bolalar“ ularga yanada koʻproq shuhrat keltrigan ilk albomlari „Esingdami sening“ ni chiqarishdi. Guruhning ilk tarkibida Bahodir Poʻlatov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Marduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bor edi.

Guruh aʻzolariga oʻzbek rok-n-roll qoʻshiqchisi Davron Gaipov va oʻsha paytda mashhur boʻlgan rus guruhi „en:Laskoviy May“ taʻsir koʻrsatishgan. „Laskoviy May“ning qoʻshiqchisi boʻlgan en:Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qoʻshiq aytishdi. „Bolalar“ guruhi aʼzolari katta sahnaga ilk bor 1990-yilning fevrlal oyida chiqishgan. 2000-yillarda „Bolalar“ning koʻp aʻzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi.

Guruh aʼzolariTahrirlash

Musiqa stiliTahrirlash

„Bolalar“ guruhining musiqasi asosan pop rok va experimental rokga kiradi. Guruh oʻz ijodi davomida turli xil stillarda qoʻshiq aytdi. Guruhning ilk ashualari faqat pop edi ammo „Bolalar“ tuzilganidan beri oʻtgan 20 yil davomida guruh bir nechta ogʻir rok qoʻshiqlarni ham chiqarishdi. Guruhning eng soʻnggi ashulalari uncha ogʻir rok emas, ammo stil jihatdan ancha boy va mukammaldir.

DiskografiyasiTahrirlash

„Bolalar“ guruhining ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi.[3] „Bolalar“ guruhi iTunesda albom chiqargan ilk oʻzbek guruhidir. „Bolalar“ guruhi shu kungacha jami 28 ta musiqiy albom, 280 dan ortiq qoʻshiq, 10 ga yaqin klip chiqardi.[8] Keyingi yillarda Tohir Sodiqov oʻzi solo artsist sifatida ijod qilmoqda.

KliplariTahrirlash

Qoʻshiq Yil Rejissor
1990 "Esingdami seni?"
"Тебя я не забуду (Школьный вальс)"
1992 "Yoshligimda"
1994 "Sevgi yosh tanlamas"
1998 "Gulim"
2000 "Kerak emas" (Davron Gaipov qoʻshigʻiga kaver)
"Faqat isming"
2001 "Sen ketgan kundan"
2004 "Undan nimam kam?" (feat. Lola Yoʻldosheva)
2005 "Koʻzing maʼyus"
"Axir u sevmaydi"
2006 "Oyijon"
"Ana endi yigʻla"
"Sogʻinganda" Mirtohir Mirgʻulomov va Akmal Oʻrinboyev
"Oʻzbek" Rustam Saʼdiyev
2007 "Jazo"
"Eski shahar" (feat. Ruslan Sharipov, Shahzod va Xoʻja)
2008 "Afsus"
"Happy New Year"
"Sevgi"
"Kechir meni" Dilmurod Agzamov
2009 "Yarmimsan"
"Mumkin emas" (feat. Sayatash)
"Bilsang edi"
2010 "Sevaman" Botir Mamatullayev
2011 "Mening doʻstim"
"Orzu va qaygʻu"
"Sevgim soʻndi"
2014 "Девочка магнит"
2019 "Yomgʻirlar" (feat. Renat Sobirov)

Duetlar va boshqa hamkor loyihalarTahrirlash

 
Bolalar Show 2019, guruhning 30 yilligiga bagʻishlangan konsert
  • „Barglar“ – „Fayod“ guruhi (Raʼno Said) bilan
  • „Bagʻishlov“ – Ruslan Sharipov bilan
  • "Dilbarim" – Sardor Rahimxon va Ulugʻbek Rahmatullayev bilan
  • „Eski shahar“ – Ruslan Sharipov, „Xoʻja“ guruhi (Izzat Ibragimov), „Shahzod“ guruhi (Rashid Xoliqov) bilan
  • „Indamay“ – Rayhon bilan
  • „Men, sen“ – „Asr“ guruhi (Abdulaziz Karim) bilan
  • „Mumkin emas“ – Sayatash bilan
  • „Tinch qoʻy“ – Malika bilan
  • „Undan nimam kam?“ – Lola bilan
  • „Yaralangan yurak“ – Sayatash bilan
  • „Yomgʻirlar“ – Renat Sobirov bilan
  • „Yogʻsin yomgʻir tonggacha“ – „Setora“ guruhi (Feruza Latipova, Laylo Galiyeva, Kamilla Xoʻjayeva) bilan
  • „Первая любовь“ – Davron Davurov bilan
  • „Я встретил девушку“ – DJ Piligrim (Ilhom Yoʻlchiyev) bilan

SovrinlariTahrirlash

  • „Tarona Taqdimoti — 2001“: „Yil qoʻshigʻi“ — „Kerak emas“;
  • „Shou-biznes olamida: 2005-yil eng-eng-eng yaxshilari!“: Yil qoʻshigi — „Seni sogʻindim“ hamda „Yilning eng yaxshi erkak xonandasi“.

ManbalarTahrirlash

  1. „„Bolalar“ning New Yorkdagi konserti (ingl.). Uzbek TV New York. Qaraldi: 11-may 2012-yil.
  2. Zokirov, Dilshod „„Bolalar“ning yubileyidan maxsus reportaj“. Shov-Shuv. 20-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2011-yil. Arxivlandi 2012-09-20 at WebCite[[]]
  3. 3,0 3,1 „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Itunes.apple.com (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 11-may 2012-yil.
  4. Yakovlev, Pyotr. „Tarona: Bitiruvchi 2004 (rus.) (14-may 2004-yil). 12-noyabr 2004-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2012-yil.
  5. „Tohir Sodiqov haqida“. [sayt ishlamaydi] [sayt ishlamaydi]
  6. „Bi-bi-si mehmoni - ʻ...eng oʻziga xosʻ estrada yulduzi Tohir Sodiqov“. BBCning oʻzbek xizmati (9 mart). Qaraldi: 11-may 2011-yil.
  7. Turdaliyeva, Muhayyo „Tohir Sodiqov va Yuroy Shatunov: 90-yillar haqida (rus.). Ziyo Net. 4-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2012-yil. Arxivlandi 2012-06-04 at WebCite[[]]
  8. 8,0 8,1 „90-yil afsonolari (rus.) (13 fevral 2009). Qaraldi: 12-may 2012-yil.
  9. „„Bolalar“ hamon repertuardan tushmayotir“. Ozodlik Radiosi. Qaraldi: 11-may 2011-yil.

HavolalarTahrirlash