DJ Piligrim
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
DJ Piligrim (asl ismi: Ilhom Yoʻlchiyev Isroilovich) Toshkent shahri, 10 iyun 1976 yil - oʻzbek DJ va qoʻshiqchisidir. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlar yozadi. "Piligrim" soʻzi "пилигрим", "ziyoratchi"larni anglatadi.
DJ Piligrim | ||
---|---|---|
Maʼlumot | ||
Taxallusi | DJ Pilligrim, Ila | |
Tavallud topgan sanasi va joyi | 1976-yil, 10 iyun, Toshkent, Oʻzbekiston | |
Yo'nalishi | Pop, Dance | |
Kasbi | DJ, qoʻshiqchi | |
Faoliyat yillari | 1998 - Hozirgi vaqtgacha | |
Yorliq | GC Records Piligrim Records | |
Veb-sahifasi | www.djpiligrim.com |
IjodiTahrirlash
DJ Piligrim oʻz faoliyatini 1998-yili, GC Records bazasida, Dmitriy Levin bilan birgalikda boshlagan. Ilk hitlaridan biri "Мне не жить без тебя" ("Sensiz yasholmasman") oʻsha paytlarda yangilik boʻlmish FM-radiolarida tez-tez qoʻyilardi. Keyinchalik Piligrim "Koʻk choy", "O Leyla", "Я скучаю" ("Sog'inaman"), "Koʻr boʻlsin", "Ты меня забудь", "Оазис" kabi ashulalari bilan yanada kengroq mashhurlikka erishdi.
DJ Piligrim boshqa musiqachilar bilan ham ijod qilib keladi. Jumladan, uning birinchi "Nocherom, vecherom, kecherom" albomidagi "Unutma meni" (Diana Sharapova bilan), "Ветер перемен" ("Oʻzgarishlar yeli"; Sevara Nazarxon bilan), "Tanhoman" (Yulduz Usmonova bilan) va "Я встретил девушку" ("Bir qiz uchratdim"; Tohir Sodiqov bilan) kabi ashulalar shunday hamkorliklar namunasidir. Agarda xonanda boʻlmaganida, fazogir boʻlardi. Vazni 75 kg, Boʻyi 180 sm Shaxsiy e-mail manzili: info@djpiligrim.com
Sobiq turmush oʻrtogʻi eks "Setora", "Seʼtanho" guruhi aʼzosi Kamilla Xoʻjayeva ("La-la-la" klipida suratga tushgan). Ogʻli Isom.
DiskografiyasiTahrirlash
- "Nocherom, vecherom, kecherom" - 1998
- "Ангел печали" (Angel pechali, "Qaygʻu farishtasi") - 1999
- "Национальность - люди" (Natsionalnost - lyudi, "Millati - odamzot") - 2001
SovrinlariTahrirlash
- «Tarona Taqdimoti — 2002» marosimining — «Yil qoʻshigʻi – “Soy boʻ’yida” qoʻshigʻi».