Setora
Setora (2005—2008 va 2016—2017-yillarda SeTanho deb atalgan, shuningdek, Se*Tanho, SeʼTanho, Se★Tanho, Setora Tanho nomlari ostida ham faoliyat olib borgan) – 1998-yil 1-martda sinfdoshlar Komila Xoʻjayeva, Laylo Galiyeva va Feruza Latipovalar tomonidan tashkil etilgan oʻzbek estrada guruhi boʻlib, oʻzbek, rus, tojik va fors tillarida ijod qiladi[1].
Setora | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Faoliyat yillari | 1998—2012, 2016—hozirgacha |
Janr | Pop |
Leybl |
Tarona records (1998—2005) |
Tarkib |
Komila Xoʻjayeva Laylo Galiyeva Feruza Latipova |
Guruhning „Sen borsan“, „Ohim“, „Ajdodlar ruhi“, „Eshitmaydi“, „Xayr maktabim“, „Oʻzbegim“ kabi qoʻshiqlari oʻz davrining eng ommabop xitlariga aylangan. Guruhning mashhurligida Ruslan Sharipov, Tohir Sodiqov, Shaxnoz, Tolib Kuliev, Vagif Zokirov va Vitaliy Zlatarev kabi kompozitorlarning hissasi katta. Ularning ijodi guruhning tanilishida muhim oʻrin tutgan. Guruh uchun Dima Korobkin, Alex Studio, Bahodir Yo‘ldoshev, DJ Piligrim kabi taniqli rejissyorlar kliplar suratga olishgan.
2005-yilda guruh tashkil etilganidan beri hamkorlik qilib kelayotgan Tarona records leybli bilan shartnomani bekor qilgan va oʻz nomini SeTanhoga oʻzgartirgan[2]. Guruh oʻzining yangi nomi ostida „Number 1“ albomini chiqargan, bir nechta kliplar ham suratga olgan[1], ammo bir ozdan soʻng tarqalib ketgan. Guruhning tarqalishiga Layloning oʻzini yakkaxon qoʻshiqchi sifatida sinab koʻrish istagi sabab boʻlgan, bu esa dugonalari tomonidan ogʻir qabul qilingan. Shunday boʻlsa-da, SeTanho guruhi (Feruza va Kamila) yana uch yil (2005-2008) oʻz faoliyatini davom ettirgan va „Ne boʻlsa ham“ kabi qoʻshiqlar chiqarishda davom etgan[3].
2016-yilda guruh sahnaga qaytish niyati borligini eʼlon qilgan, biroq endi tarkibda faqatgina Kamila va Laylo bor edi[4]. 2018-yildan boshlab esa ular yana Setora nomi ostida ijod qila boshlagan.
Videografiyasi
tahrirVideokliplari
tahrirYil | Klip | Rejissyor | Albom | Qaysi nom ostida |
---|---|---|---|---|
2000-yil | „Sen borsan“ | Dmitriy Korobkin | „Sen borsan“ | „Setora“ |
„Vafodoring“ | Bahodir Yoʻdoshev | „Setora“ | ||
„Yolgʻizlik“ | „Setora“ | |||
„Yonma“ | „Ohim“ | „Setora“ | ||
„Ohim“ | „Setora“ | |||
„Yoʻq demagin“ | „Setora“ | |||
2001-yil | „Eto jizn“ | „Eto jizn“ | „Setora“ | |
„Ti poteryal“ | „Setora“ | |||
„Ti daleko“ | „Setora“ | |||
„Noviy god“ | „Setora“ | |||
„Xayr, maktabim“ (Ravshan Sobirov bilan) | Bahodir Yoʻdoshev | "Setora" | ||
„Qora, qora“ | „Qora“ | „Setora“ | ||
„Ajdodlar ruhi“ | Bahodir Yoʻldoshev | „Setora“ | ||
„Oʻzbegim“ | „Setora“ | |||
„Bibixonim“ | „Ayirmagin“ | „Setora“ | ||
„Ayirmagin“ | „Setora“ | |||
„Ne boʻlar“ | „Setora“ | |||
2003-yil | „Kel“ | „Xayr Endi“ | „Setora“ | |
„Xayr endi“ | „Setora“ | |||
2004-yil | „Hayotim“ | „Hayotim“ | „Setora“ | |
2005-yil | „Bilaman“ | „Jon Jon“ | „Setora“ | |
2005-yil | „Jon—jon“ | Ice TIM (Temur Qodirov) | „Setora“ | |
2006-yil | „Hayolan“ | „Setora“ | ||
2007-yil | "Yoshlik" (Botir Komilov bilan) | „Number 1“ | „SeTanho“ | |
„Yasmin“ | „SeTanho“ | |||
„Samarqand“ | Singl | „SeTanho“ | ||
2008-yil | „Ne boʻlsa ham“ | Singl | „SeTanho“ | |
„Rahmani“ | Singl | „SeTanho“ | ||
2007-yil | „Qora koʻzlaring“ | Singl | „SeTanho“ | |
2017-yil | „Rahmonim“ | Singl | „SeTanho“ | |
2018-yil | „Fara Fira“ | Javlon Turdixoʻjayev | Singl | „SeTanho“ |
Filmi
tahrirYil | Film | Rejissyor |
---|---|---|
2006-yil | „Sen meni sevasanmi?“ | Sohib Abbosxon |
Mukofotlari
tahrirYil | Mukofot | Nominatsiya | Nominant | Natija |
---|---|---|---|---|
2000-yil | Tarona | Yilning eng yaxshi zamonaviy estrada guruhi | „Setora“ | Yutuq |
Tarona | Yil qoʻshigʻi | „Sen borsan“ qoʻshigʻi | Yutuq | |
Nihol mukofoti | Estrada qoʻshiqchisi | „Setora“[5] | Yutuq | |
2001-yil | Tarona | Eng yaxshi musiqiy albom | „Qora“ albomi | Yutuq |
2002-yil | Tarona | Eng yaxshi musiqiy albom | „Ayirmagin“ albomi | Yutuq |
2002-yil | „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni | Maʼnaviyat va madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, estrada musiqasi sohasidagi ijodi bilan el-yurt oʻrtasida orttirgan obroʻ-eʼtibori uchun | Feruza Latipova | Yutuq |
2004-yil | „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni | Maʼnaviyat va madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, estrada musiqasi sohasidagi ijodi bilan el-yurt oʻrtasida orttirgan obroʻ-eʼtibori uchun | Komila Xoʻjayeva, Laylo Galiyeva | Yutuq |
2006-yil | Tarona | Yilning eng yaxshi zamonaviy estrada guruhi | „Setora“ | Nominatsiya |
2007-yil | Tarona | Yilning eng yaxshi guruhi | „Setora“ | Yutuq |
Sado | „Setora“ | |||
Zamin | „Setora“ | |||
Navo | „Setora“ |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 darakchi.uz. „Экс-солистка «Сеторы» Лейли о том, почему распался коллектив“. darakchi.uz (2016-yil 17-fevral). 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ rus.ozodlik.org. „Солистки некогда популярной группы «Сетора» снова возвращаются на сцену“. rus.ozodlik.org (2016-yil 17-dekabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ Алия Сулаймонова. „“Setanho” nima sabab tarqaldi? Leyli oydinlik kiritadi!“. tarona.net (2014-yil 17-aprel). 2019-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
- ↑ „Афсонавий “Сетора” гуруҳи тикланмоқда“. darakchi.uz (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ „"Ниҳол" совриндорлари (Лауреаты "Нихол")“ (oʻlik havola — tarix ). data.gov.uz. Портал открытых данных Республики Узбекистан. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.