Lola (qoʻshiqchi)
Lola Yoʻldosheva (1985-yil 4-sentyabr kuni tugʻilgan) — Lola taxallusi bilan tanilgan oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori va aktrisasi[1][2]. 2004-yilda „Muhabbatim“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. Xonanda ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.
Lola (qoʻshiqchi) | |
---|---|
Lola 2012-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
4-sentyabr 1985-yil |
Janrlar | Pop-rok |
Faoliyat yillari | 1999 — hozirgi kun |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Veb-sayt | lolayuldasheva.com |
Lola 2004-yil „Sevinch“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. Uning aktrisalik mahorati muxlislar va kino olami tanqidchilari tomonidan yuqori baholandi. 2005-yil olingan „Kelgindi kuyov“ filmidagi roli Lolaga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffayiqatdan keyin Lola bir necha filmda rol oʻynadi.
2005-yil Lola turmushga chiqdi va sanʼat olamini nomaʼlum vaqtga tark etdi. 2011-yil yangi konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytdi. 2015-yil Lola Rayhon bilan duet ijro etayotib sahnaga „milliy mentalitetga zid“ ochiq qizil koʻylak bilan chiqqani uchun „Oʻzbeknavo“ tanqidiga uchradi. Buning ortidan 2015-yilning iyulida „Oʻzbeknavo“ Lolaning litsenziyasini toʻxtatdi. 2019-yilning noyabrida Lola Oʻzbekistonda qoʻshiqchi va va musiqachilar faoliyati senzurasi tanqid qilingan „Sevgingni menga ayt“ yakkahon taronasi klipini chiqardi. Lolaning oʻzi rejissyorlik qilgan klip tezda ommalashdi hamda muxlislar va tanqidchilar tomonidan „ijtimoiy protest“ va „inqilobiy“ oʻlaroq baholandi.
Hayoti
Lola Yoʻldosheva 1985-yilning 4-sentyabrida Samarqand shahrida tugʻilgan. Otasi — Ravshanbek Yoʻldoshev, Tarona Records asoschisi. Onasi — Gulnara Yoʻldosheva. Lolaning ikki singlisi (Anora va Asal) hamda ukasi (Rustam) bor. Shuningdek, Shahzodaning oʻgʻli Halid uning oʻgay ukasidir.
2005-yil Lola toshkentlik tadbirkor Shohruhga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandlari bor: Shahinabegim va Shohdiyor. 2011-yil Lola va Shohruh ajrashishdi.
Ijodi
Lola boshida Maya taxallusi bilan asosan rus tilida qoʻshiq kuylagan. 2004-yil „Muhabbatim“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan[3]. 2005-yil Lola turmushga chiqdi va sanʼat olamini nomaʼlum vaqtga tark etdi. 2011-yil „Senga“ nomli yangi konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytdi.
Lola 2004-yil „Sevinch“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi[4]. Film kinoteatrlarda yaxshi natijada koʻrsatdi. Lola saraton kasaliga chalingan qiz rolini yaxshi oʻynagani uchun olqishga sazovor boʻldi. Lolaning „Orzu“ ashulasi film sountrackiga kiritildi.
Lola 2005-yil „Kelgindi kuyov“ filmida oʻynagan roli uchun oʻzbek kino olamida yanada koʻproq shuhrat qozondi. Buning ortidan aktrisa bir necha filmda rol oʻynadi.
2015-yilgi mojaro
Lola 2015-yilning 24-fevralida Rayhon konsertida „Koʻnikmadim“ duetini ijro etish uchun „milliy mentalitetga zid“ ochiq qizil libosda chiqqani uchun „Oʻzbeknavo“dan ogohlantirish oldi[5]. Ayrim oʻzbeklar qoʻshiq klipini lesbiyankalarni aks etganlikda ayblab, tanqid qildi.
2015-yilning martida „Oʻzbeknavo“ ayol qoʻshiqchilarning yelkasi yoki soni ochiq kiyimlar kiyishini, ommaviy tadbirlarda „yarim-yalangʻoch“ chiqishini hamda sahnada ortiqcha seksual elementlarni koʻrsatishini man qildi[6]. Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova „Ayrim xonandalarimizning turli ajnabiy va milliylikka yot liboslarni kiyishlari, yoshlarning tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan sayoz qoʻshiq matnlari, qoʻpol, behayo va beandisha harakatlar aks ettirilgan kliplarning oila davrasida koʻriladigan ekranlarga uzatilayotganini nima bilan izohlash mumkin?“, deya ta'kidlagan[7]. Bositxonovaning bu sharhi ortidan 2015-yilning 14-iyulida „Oʻzbeknavo“ Lolaning litsenziyasini toʻxtatdi.[8]
2019-yilgi senzura klipi
2019-yilning noyabrida Lola Oʻzbekistonda qoʻshiqchi va musiqachilar faoliyati senzurasi tanqid qilingan „Sevgingni menga ayt“ yakkahon ijro etilgan taronasi klipini shaxsiy YouTube kanalida eʼlon qildi[9]. Lolaning oʻzi rejissorlik qilgan klip tezda ommalashdi hamda muxlislar va tanqidchilar, jumladan, taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev tomonidan „ijtimoiy protest“ va „inqolobiy“ oʻlaroq baholandi[10]. Klip Oʻzbekiston rasmiylariga xush kelmadi. Ular „barcha kliplar, musiqa va qoʻshiqlar Oʻzbekiston mentalitetiga mos kelishi kerak“, deya videoni tanqid qildi“[9]. 2020-yil qoʻshiqchi YouTube kanalidagi barcha videolari bilan oʻchirib tashladi[manba kerak].
Diskografiyasi
Studiyaviy albomlari
Lola hozirgi kungacha 7 studiyaviy albom chiqargan:
- „Netayin?“ (2002)
- „Muhabbatim“ (2004)
- „Topdim baxtimni“ (2005)
- „Imkon ber“ (2010)
- „Senga“ (2011)
- „Sogʻindim“ (2012)
- „Kel“ (2014)
Kliplari
Yil | Qoʻshiq | Rejissor |
---|---|---|
2001 | „Poteryalis“ | |
„Beliy lebed“ | ||
„Shkola proshay“ | ||
2002 | „Otpusti“ | |
„Netayin?“ | ||
2004 | „Muhabbatim“ | Ice TIM (Temur Qodirov) |
„Qachon?“ | Ice TIM (Temur Qodirov) | |
„Sehrgar“ | ||
„Toshkent-Samarqand“ | ||
„Tugʻilgan kun“ | Ice TIM (Temur Qodirov) | |
„Orzu“ | Ice TIM (Temur Qodirov) | |
„Undan nimam kam?“ (Bolalar bilan) | ||
„Xayr, opajonim“ | ||
2005 | „Ichim yonar“ | |
„Qizginam“ (Ismoil Jalilov va Nasiba Abdullayeva bilan) | ||
„Sevgilim“ | ||
„Sogʻinch“ | ||
„Topdim baxtimni“ | ||
„Koʻz yoshim“ | Bahodir Yoʻldoshev | |
2006 | „Chin Muhabbat“ | |
„Yuragim“ | ||
„Qolaymi, ketaymi?“ | ||
2010 | „Baxt bor“ | |
„Imkon ber“ | ||
„Qiynalar qalbim“ | ||
2011 | „Asta“ | |
„Senga“ | ||
2012 | „Aylanma“ | |
„Endi yoʻq“ | ||
„Jonim sogʻindim“ | ||
„Nega?“ | ||
„Qaytmaydi“ | ||
„Yomonlama“ | Yodgor Nosirov, Muhammad Ali Iskandarov | |
2013 | „Endi yoʻq“ (Remiks) | Yodgor Nosirov |
„Kel“ | Yodgor Nosirov | |
„Love Me“ | Yodgor Nosirov | |
„Yigʻlar osmon“ (Shohruhxon bilan) | ||
2014 | „Super Love“ | |
„Jonim ayt“ | Yodgor Nosirov | |
„Yulduz“ (DJ Piligrim bilan) | Jasur Shametov | |
„Farhod va Shirin“ | ||
2015 | „Imagine“ (John Lennon qoʻshigʻiga kaver) (DJ Piligrim bilan) | Timur Primkulov |
„Koʻnikmadim“ (Rayhon bilan) | Jasur Shametov | |
„Sevgimsan“ | Yodgor Nosirov | |
„Xayr“ | Timur Primkulov | |
„Otsveli xrizantemi“ | ||
„Yaralangan qanot“ | Sarvar Azimov | |
2016 | „Sogʻindim“ | Sanjar Matkarimov |
„Ya voda“ | Timur Primkulov | |
„Erkatoy“ | Sanjar Matkarimov, Narimon Sultonxoʻjayev | |
„Xabar ol“ | Sanjar Matkarimov, Mansur Vasati | |
„Bilmaysan“ | Sanjar Matkarimov, Rustam Murodov | |
2017 | „Hayot davom etar“ (Rashid Xoliqov bilan) | |
2018 | „Bir jamoa“ („Benom“ guruhi bilan) | |
2019 | „Qaytmayman“ | |
„Sevgingni menga ayt“ | ||
„Sevgingni menga ayt 2 “ | Lola Yoʻldosheva |
Filmografiyasi
Aktrisa sifatida
Yil | Sarlavha | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1999 | Navroʻz fantaziyasi | Lola | Myuzikl |
2004 | Sevinch | Sevinch | Melodrama |
2005 | Kelgindi kuyov | Zaynab | |
2006 | Voy dod, sumalak! | Oʻzi | Myuzikl |
Yarim baxt | Komila | ||
2011 | Jodugar | Ruhshona | |
Yondiradi, kuydiradi | Lola | ||
Gʻaroyib orzular | Oʻzi | Myuzikl | |
2014 | Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin | Shirin | |
2016 | Taqdir hazili | Oʻzi | Myuzikl |
2019 | Goʻdak nolasi |
Yil | Nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2010 | Mehribonginam | Oʻzi | Kameo |
Yil | Nomi | Qoʻshiqchi |
---|---|---|
2006 | "Oyijon" | Tohir Sodiqov |
Ssenariy muallifi
Yil | Film | Izoh |
---|---|---|
2019 | Goʻdak nolasi |
Mukofotlari
Lola bir necha mukofotga sovrindor boʻlgan.
2004-yil „Eng yaxshi sahna libosi“ nominatsiyasida „Tarona taqdimoti“ mukofotini olgan.
2005-yil ikkinchi marta shu mukofot bilan taqdirlangan. 2005-yil yana „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ nominatsiyasida ham „Tarona taqdimoti“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
2006-yil „Tarona taqdimoti“ marosimida „Eng yaxshi musiqiy albomi“ nominatsiyasida „Topdim baxtimni“ albomi uchun mukofotni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
- ↑ „UzWebiston: Gulnara Karimova criticizes pop stars on Twitter“ (Uzbek). BBC's Uzbek Service (31-iyul 2013-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Lola not allowed into a Tashkent restaurant for not taking off winter clothes“ (Uzbek). Kun (7-fevral 2014-yil). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2014-yil.
- ↑ Lebedeva, Yekaterina. „A new revelation from singer Lola“ (Russian). Kultura (1-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Lola Yuldasheva — Filmography“ (Russian). Kino-Teatr. Qaraldi: 13-oktabr 2014-yil.
- ↑ Bruce Pannier.. „Central Asia's controversial fashion statements“. RFE/RL (1-aprel 2015-yil). Qaraldi: 15-iyul 2015-yil.
- ↑ „Three separate institutions criticize "half-naked" Lola“ (Uzbek). Ozodlik radiosi (23-mart 2015-yil). Qaraldi: 15-iyul 2015-yil.
- ↑ Alisher Siddiq; Shuhrat Bobojonov. „'Uzbekistan is not Robinson Crusoe’s island': A crackdown on revealing clothes“. RFE/RL (9-iyul 2015-yil). Qaraldi: 15-iyul 2015-yil.
- ↑ „Lola, who faced committee's criticism for performing "half-naked", gets her license suspended“ (Uzbek). Ozodlik radiosi (14-iyul 2015-yil). Qaraldi: 15-iyul 2015-yil.
- ↑ 9,0 9,1 Shukhrat Bobojon; Farangis Najibullah. „How One Singer Is Taking On Censorship In Uzbekistan“. RFE/RL (24-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Lolaning senzurani „fosh qiluvchi“ klipi tarmoqni portlatdi“. Ozodlik radiosi (13-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2019-yil.