Ushbu maqola musiqa guruhi haqidadir. Kichik yoshdagi odamlar uchun Bola maqolasiga qarang.

"Bolalar" — 1989-yil Javohir Zokirov, Bahodir Poʻlatov va Tohir Sodiqov tomonidan tuzilgan oʻzbek pop-rok guruhi. Guruhning hozirgi tarkibi Tohir Sodiqov (vokal, ritm gitara), Timur Gaynutdinov (solo-gitara), Baxtiyor Nutmatov (bas gitara), Tofik Morduxayev (barabanlar) va Javohir („Vagif“) Zokirovdan (sintezator) iboratdir. „Bolalar“ AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan oʻrta osiyolik birinchi guruhlardandir.[1][2][3] „Bolalar“ guruhi shu kungacha minglab sovrinlar olgan. Guruh 2001- va 2002-yilda „Eng yaxshi guruh“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofotini oldi. 2001-yil guruhga „Kerak emas“ qoʻshigʻi uchun „Eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti berildi[4]. Guruh olgan diplom va sertifikatlar soni esa 500 ga yaqindir[5]. Guruhning koʻp yillardan beri qoʻshiqchisi boʻlib kelayotgan Tohir Sodiqov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistdir[6]. Koʻpchilik „Bolalar“ guruhi bilan rus guruhi Laskoviy Mayni „90-yillarning afsonalari“ deb ataydi[7][8]."

Bolalar
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Toshkent, Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1989–hozirgi kungacha
Janr rock, pop
Leybl Kelajak Records
Tarkib Tohir Sodiqov
Timur Gaynutdinov
Tofik Morduxayev
Vagif Zokirov
Baxtiyor Nurmatov
Husan Sodiqov
Sobiq aʼzolar Bahodir Poʻlatov
Javohir Zokirov
Nargiza Zokirova
Ruslan Sharipov
Toir Odilov
Anvar Salohutdinov

Tarixi

tahrir

„Bolalar“ guruhi 1989-yil Tohir Sodiqov va u bilan birga Toshkentdagi 41-maktabga borgan doʻstlari Ruslan Sharipov, Bahodir Poʻlatov va Javohir Zokirovlar tomonidan tuzilgan. Guruhning ilk badiiy rahbari va bastakori Ruslan Sharipov edi. 1989-yil guruh Oʻzbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qoʻshiq bilan juda tez shuhrat qozondi[9]. 1990-yilda „Bolalar“ ularga yanada koʻproq shuhrat keltrigan ilk albomlari „Esingdami sening“ ni chiqarishdi. Guruhning ilk tarkibida Bahodir Poʻlatov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Marduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bor edi.

Guruh aʻzolariga oʻzbek rok-n-roll qoʻshiqchisi Davron Gaipov va oʻsha paytda mashhur boʻlgan rus guruhi „en:Laskoviy May“ taʻsir koʻrsatishgan. „Laskoviy May“ning qoʻshiqchisi boʻlgan en:Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qoʻshiq aytishdi. „Bolalar“ guruhi aʼzolari katta sahnaga ilk bor 1990-yilning fevrlal oyida chiqishgan. 2000-yillarda „Bolalar“ning koʻp aʻzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi.

Guruh aʼzolari

tahrir

Musiqa stili

tahrir

„Bolalar“ guruhining musiqasi asosan pop rok va experimental rokga kiradi. Guruh oʻz ijodi davomida turli xil stillarda qoʻshiq aytdi. Guruhning ilk ashualari faqat pop edi ammo „Bolalar“ tuzilganidan beri oʻtgan 20 yil davomida guruh bir nechta ogʻir rok qoʻshiqlarni ham chiqarishdi. Guruhning eng soʻnggi ashulalari uncha ogʻir rok emas, ammo stil jihatdan ancha boy va mukammaldir.

Diskografiyasi

tahrir

„Bolalar“ guruhining ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi[3]. „Bolalar“ guruhi iTunesda albom chiqargan ilk oʻzbek guruhidir. „Bolalar“ guruhi shu kungacha jami 28 ta musiqiy albom, 280 dan ortiq qoʻshiq, 10 ga yaqin klip chiqardi[8]. Keyingi yillarda Tohir Sodiqov oʻzi solo artsist sifatida ijod qilmoqda.

Kliplari

tahrir
Qoʻshiq Yil Rejissor
1990 "Esingdami seni?"
"Тебя я не забуду (Школьный вальс)"
1992 "Yoshligimda"
1994 "Sevgi yosh tanlamas"
1998 "Gulim"
2000 "Kerak emas" (Davron Gaipov qoʻshigʻiga kaver)
"Faqat isming"
2001 "Sen ketgan kundan"
2004 "Undan nimam kam?" (feat. Lola Yoʻldosheva)
2005 "Koʻzing maʼyus"
"Axir u sevmaydi"
2006 "Oyijon"
"Ana endi yigʻla"
"Sogʻinganda" Mirtohir Mirgʻulomov va Akmal Oʻrinboyev
"Oʻzbek" Rustam Saʼdiyev
2007 "Jazo"
"Eski shahar" (feat. Ruslan Sharipov, Shahzod va Xoʻja)
2008 "Afsus"
"Happy New Year"
"Sevgi"
"Kechir meni" Dilmurod Agzamov
2009 "Yarmimsan"
"Mumkin emas" (feat. Sayatash)
"Bilsang edi"
2010 "Sevaman" Botir Mamatullayev
2011 "Mening doʻstim"
"Orzu va qaygʻu"
"Sevgim soʻndi"
2014 "Девочка магнит"
2019 "Yomgʻirlar" (feat. Renat Sobirov)

Duetlar va boshqa hamkor loyihalar

tahrir
 
Bolalar Show 2019, guruhning 30 yilligiga bagʻishlangan konsert
  • „Barglar“ – „Fayod“ guruhi (Raʼno Said) bilan
  • „Bagʻishlov“ – Ruslan Sharipov bilan
  • "Dilbarim" – Sardor Rahimxon va Ulugʻbek Rahmatullayev bilan
  • „Eski shahar“ – Ruslan Sharipov, „Xoʻja“ guruhi (Izzat Ibragimov), „Shahzod“ guruhi (Rashid Xoliqov) bilan
  • „Indamay“ – Rayhon bilan
  • „Men, sen“ – „Asr“ guruhi (Abdulaziz Karim) bilan
  • „Mumkin emas“ – Sayatash bilan
  • „Tinch qoʻy“ – Malika bilan
  • „Undan nimam kam?“ – Lola bilan
  • „Yaralangan yurak“ – Sayatash bilan
  • „Yomgʻirlar“ – Renat Sobirov bilan
  • „Yogʻsin yomgʻir tonggacha“ – „Setora“ guruhi (Feruza Latipova, Laylo Galiyeva, Kamilla Xoʻjayeva) bilan
  • „Первая любовь“ – Davron Davurov bilan
  • „Я встретил девушку“ – DJ Piligrim (Ilhom Yoʻlchiyev) bilan

Sovrinlari

tahrir
  • „Tarona Taqdimoti — 2001“: „Yil qoʻshigʻi“ — „Kerak emas“;
  • „Shou-biznes olamida: 2005-yil eng-eng-eng yaxshilari!“: Yil qoʻshigi — „Seni sogʻindim“ hamda „Yilning eng yaxshi erkak xonandasi“.

Manbalar

tahrir
  1. „„Bolalar“ning New Yorkdagi konserti (ingl.). Uzbek TV New York. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  2. Zokirov, Dilshod „„Bolalar“ning yubileyidan maxsus reportaj“. Shov-Shuv. 2012-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-may. (WebCite saytida 2012-09-20 sanasida arxivlangan)
  3. 3,0 3,1 „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Itunes.apple.com (2007-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  4. Yakovlev, Pyotr. „Tarona: Bitiruvchi 2004 (rus.) (2004-yil 14-may). 2004-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  5. „Tohir Sodiqov haqida“. [sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
  6. „Bi-bi-si mehmoni - ʻ...eng oʻziga xosʻ estrada yulduzi Tohir Sodiqov“. BBCning oʻzbek xizmati (9-mart). Qaraldi: 2011-yil 11-may.
  7. Turdaliyeva, Muhayyo „Tohir Sodiqov va Yuroy Shatunov: 90-yillar haqida (rus.). Ziyo Net. 2012-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-may. (WebCite saytida 2012-06-04 sanasida arxivlangan)
  8. 8,0 8,1 „90-yil afsonolari (rus.) (13 fevral 2009). Qaraldi: 2012-yil 12-may.
  9. „„Bolalar“ hamon repertuardan tushmayotir“. Ozodlik Radiosi. Qaraldi: 2011-yil 11-may.

Havolalar

tahrir