Renat Sobirov

oʻzbekistonlik qoʻshiqchi, bastakor, multiinstrumentalist, aranjirovkachi va ovoz rejissori

Renat Sobirov — oʻzbekistonlik sobiq qoʻshiqchi, bastakor, multiinstrumentalist, aranjirovkachi va ovoz rejissori. Kelajak Records Pro studiyasi hamda oʻzi asos solgan Gamma Records ovoz yozish studiyasini boshqargan. 2021-yil musiqachilik faoliyatini toʻxtatib, AQShga oilasi bilan koʻchib ketgan.

Renat Sobirov

Renat Sobirov 2018-yil klip olish jarayonida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1-avgust 1986-yil (1986-08-01) (37 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Janr Rok, pop
Amplua Aranjirovkachi, bastakor, musiqachi, ovoz rejissori, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1996-bugun

Sobirov 2005-yil taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqovga shogirdlikka tushgan va uning studiyasida aranjirovka va ovoz yozish ishlarida qatnashgan. Oʻz faoliyati davomida Sobirov DJ Piligrim va Ulugʻbek Rahmatullayev kabi qoʻshiqchilarning ovoz yozish loyihalarida ham qatnashgan.

Sobirov bastakorlik va qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullangan. Karyerasi davomida bir necha singl va bir albom – „Yomgʻirlar“ (2019) albomini chiqargan. Sobirov turli musiqa asboblarini mahorat bilan chaladi.

Hayoti tahrir

Renat Sobirov 1986-yil Xorazm viloyatida joylashgan Gurlan tumanining markazi boʻlimsh Gurlan shaharchasida tugʻilgan.[1] 1997-yil Urganch shahriga koʻchib borgan. 2004-yil Urganchdagi 1-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 2005—2009-yillar orasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sirtqi boʻlimda iqtisod sohasida tahsil olgan.

Ijodi tahrir

 
Renat Sobirov rejissor Rustam Meliyev bilan klip olish jarayonida

Renat Sobirov 1996-yildan beri musiqa bilan shugʻullanib keladi. U 2005-yil taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqovga shogirdlikka tushgan. Sobirov Sodiqov studiyasida aranjirovka va ovoz yozish ishlarida qatnashgan. Oʻz faoliyati davomida DJ Piligrim va Ulugʻbek Rahmatullayev kabi qoʻshiqchilarning ovoz yozish loyihalarida ham qatnashgan. „Bolalar“ guruhi „Yalla“ guruhi bilan Dubayda oʻtkazgan konsertda ham qatnashgan.

Sobirov bastakorlik va qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullanadi. Shu kungacha bir necha singl chiqargan. U akustik gitara, bas gitara, dovul, elektrogitara va sintezator kabi koʻpgina asbobni mahorat bilan chaladi. Sobirov Tohir Sodiqov va „Bolalar“ guruhining barcha qoʻshiqlarini ijro eta oladi.

Sobirov2021-yilga qadar Toshkentda Kelajak Recrods Pro studiyasiga rahbarlik qilgan. Bundan avval oʻzi asos solgan Gamma Records ovoz yozish studiyasini boshqargan. 2014-yil Tohir Sodiqov Renat Sobirov yozgan „Adashdim“ deb nomlangan qoʻshiqni ijro etgan[2]. 2018-yilda esa ikki qoʻshiqchining „Yomgʻirlar“ ashulasi eʼlon qilindi. 2019-yil Sobirovning ilk albomi – „Yomgʻirlar“ eʼlon qilindi. 2021-yil Sobirov faoliyatini toʻxtatib, AQShga koʻchib ketgan[manba kerak].

Diskografiyasi tahrir

Albomlari tahrir

Singllari tahrir

Yil Qoʻshiq
2012 „Bormu?“
„Sevmaysan“
2016 „Sevgi gunoh (Bu sevgi)“ (Shahriyor bilan duet)
2017 „Gulim“
„Nega sen ket deding?“ (Bolalar qoʻshigʻiga kaver)
„Endi har kun“
„Nega xafa?“
„Musofir ayol“
„Bu hayot ekan“
2018 „Bergan vaʼdalaring qani?“
„Majnuntol“ (Leyla bilan duet)
„Прости меня“
„Я люблю“
„Джана-джана“
„Не могу я без тебя“ (Ariza bilan duet)
„Sevaman“
„Любви сюжет“ (Umukusum Shamilova bilan duet)
„Aldama“
„Sen-sen“
„Begonadekmiz“ (Shahriyor bilan duet)
„Gullolam“
„Yomgʻirlar“ (Tohir Sodiqov bilan duet)
„Sensan“
„Ketma“
„Kulib qoʻydim“
„Men ado boʻldim“
2019 „Sen ketgan kundan“ (Bolalar qoʻshigʻiga kaver)
„Kerakmas“
„Disko“
„Aybdor“
„Mazalim“
„Telba oshiq“ (Keydi bilan duet)
„Farzandlar“
„Ало-ало“
„Одинокие рассветы“
„Sogʻlik pulga sotilmaydi“
„Bu hayot ekan“
„Скучаю“
„Dim sogʻindim“
„Sogʻinib yana“
2020 „Oʻylama meni“
„Она красивая“
„Seni oʻylayman“

Kliplari tahrir

Yil Qoʻshiq Rejissor
2012 „Bormu?“
„Sevmaysan“
2017 „Gulim“
2018 „Nega xafa?“
„Я люблю“
„Gullolam“
2019 „Yomgʻirlar“ (Tohir Sodiqov bilan)
„Aybdor“
„Mazalim“
„Sogʻlik pulga sotilmaydi“

Manbalar tahrir

  1. Tohir Sodiqovning lotereyada yutib olgan shogirdi. 7x7 (2017-yil 30-noyabr).
  2. „"Болалар" гуруҳидан янги тарона - "Адашдим"“. Shejot (10-fevral 2014-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.

Havolalar tahrir