Yomgʻirlar

oʻzbek xonandalari Tohir Sodiqov va Renat Sobirov ijro etgan qoʻshiq

Yomgʻirlar“ — Renat Sobirov va Tohir Sodiqov ijro etgan qoʻshiq. 2018-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini Shohruz (Abadiya) va Azamat Otajonov, musiqasini esa Shohruz yozgan[1]. Sobirov taronani aranjirovka qilishda qatnashgan. „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻi 2019-yil Sobirovning ayni nomli ilk studiyaviy albomiga kiritilgan. 2019-yil „Bolalar“ guruhining 30-yillik konsertida Sobirov Sodiqov bilan „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻini yakuniy „Xayolim senda“ qoʻshigʻidan oldin ijro etgan.

„Yomgʻirlar“
Tohir Sodiqov va Renat Sobirov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2018
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:54
Matn muallif(lar)i Shohruz (Abadiya) va Azamat Otajonov
Bastakor(lar) Shohruz (Abadiya)
Klipi
„Yomgʻirlar“ YouTubeda
Rustam Meliyev va Renat Sobirov „Yomgʻirlar“ uchun klip olish jarayonida

Tarona sol minor tonalligida boʻlib, unda boshdan-oyoq i — v — VII — VI akkord ketma-ketligi qoʻllanilgan[2]. Xususan, ashulada Gm — Dm7 — F — E♭ akkordlari chalingan.

2018-yilning noyabr oyida „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Rustam Meliyev klip suratga olgan. Klip 2019-yil eʼlon qilingan boʻlib, unda avtohalokatga uchragan yigit qismati tasvirlangan. Klipdan Sodiqov bilan Sobirov qoʻshiqni qora fonda ijro etayotgani aks etgan kadrlar ham oʻrin olgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Renat Sobirov & Tohir Sodiqov - Yomg'irlar (Official Music Video)“. YouTube (7-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir