Gurlan
Gurlan – Xorazm viloyatidagi shaharcha (1982—1992-yillarda shahar)[1], Gurlan tumani markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Shovot – 20 km. Gurlandan viloyat markazi Urganch shahrigacha 36 km. Oʻrtacha harorati iyulda 26—28 °C, yanvarda —6 °C. Aholisi 27 300 kishi (2004). Gurlanda hokimiyat binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, 2 transport korxonasi, „Gurlanteks“ ip gazlama va trikotaj kiyimlar fabrikasi, 7 umumiy taʼlim maktabi, 8 kutubxona, madaniyat va istiroxat bogʻi, stadion, 2 kasalxona, 4 poliklinika, dorixona bor[2].
Gurlan | |
---|---|
shahar | |
41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Xorazm viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Gurlan tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1982 |
Maydon | 045 km2 (17 kv mi) |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2004) |
27 300 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 6236 |
Avtomobil kodi | 90 |
Tarixi
tahrirGurlan Xorazmning oʻrta asrda tashkil topgan shaharlaridan biri. Gurlandan taxminan 7 kilometr (4,3 milya) shimolda Yangi Vazir deb nomlangan qalʼa qurilgan[3]. Xorazmlik hanafiy faqihi Jaloliddin Kurloniy Gurlandandir[4]. 19-asr boshlarida Xiva xonligining mashhur shahri boʻlgan. Gurlanda 1905-yildan 1911-yilgacha boʻlgan davrda oʻta konservativ qarshiliklarga duch kelgan „Yangi usul“ maktabi ochilgan[5]. 1920-yilda Xiva xonligi tugatilib, Gurlan Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritildi. Gurlan 1926-yil 29-sentyabrgacha Xorazm viloyati tarkibiga kirdi[6]. Gurlan shahri tumani markaziga aylantirildi. 1926-yildan keyin Gurlan bevosita Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga boʻysundi. 1938-yil 1-oktyabrda Xorazm viloyati qayta tashkil etildi[7]. Uning tarkibiga Gurlan tumani ham kiritildi. 1981-yil oktabrgacha u qishloq posyolkasi sifatida tasniflangan, keyinroq unga shahar tipidagi aholi punkti maqomi berilgan[8]. 1984-yilda Gurlanga shahar maqomi berildi va viloyat ahamiyatiga ega shaharga aylandi[9]. Sovetlar davrida bu yerda bolalar shifoxonasi qurilgan[10]. Gurlan Qoraqalpogʻistonga yaqinroq boʻlgani uchun u yerda til Xorazmning boshqa shaharlariga qaraganda bir oz farq qiladi[manba kerak].
Iqtisodi
tahrirGurlan tumani paxta yetishtirish boʻyicha (asosan eksport uchun) yirik markaz boʻlib, shahar paxta tozalash zavodlari bilan mashhur[11][12]. Boshqa ekinlarga sholi bugʻdoy kiradi, bugʻdoydan tashqari, makkajoʻxori, joʻxori, tarvuz, poliz va sabzavot kabi boshqa ekinlar yetishtiriladi[13][14][15]. Oʻzbekiston hukumati choʻl yaqinidagi yerlarda sholi yetishtirmaslik kerakligini taʼkidlagan edi, lekin Gurlan yaqinida sholi dalalari koʻrinib turibdi va u qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishning asosiy qismini tashkil qiladi[16]. Amudaryo (Oks daryosi) toʻgʻonini toʻsish natijasida hosil boʻlgan hududda sugʻorish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini sezilarli darajada yaxshilagan va Sovet Ittifoqi davrida Gurlandagi fermer xoʻjaliklariga bir qator koreyslar yuborilgan[17].
Gurlan – Xorazmning taniqli non ishlab chiqaruvchisi[18]. Gurlanning „Xorazm poyafzali“ aksiyadorlik jamiyati yaʼni, Garlen poyabzal fabrikasi bor. U 1988-yilda tashkil etilgan. Poyafzal xomashyodan, xususan, charmdan ishlab chiqariladi. Bitimlar ingliz tilida olib boriladi[19]. Shahar markazida bir qancha banklar joylashgan, jumladan Agrobank, Xalq bank va Gurlan Milliy Bank[20].
Gurlanda yirik parrandachilik fermasi mavjud[20].
Demografiyasi
tahrir1989-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Gurlanning aholisi 19 807 kishi edi[21]. Uning aholisi 2016-yilda 27 600 kishiga yetdi[22]. Oʻzbek tili davlat tili hisoblanadi, biroq mintaqaviy qipchoq xorazm tilida Gurlanda ham baʼzilar soʻzlashadi[23][24] . Gurlan aholsi toʻquvchilik, kulolchilik, zargarlik, novvoylik, hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligining professional hunarlari bilan shugʻullanadilar[18]. Xiva bu shaharga yaqin joylashgan yirik shahar markazidir. Shahar musiqachilari ham mamlakatda yaxshi tanilgan[18].
Manbalar
tahrir- ↑ Gurlan
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Khorezmiĭ, Munis; Ogaḣiĭ, Muḣammad Rizo Mirob Ėrniëzbek ŭghli. Firdaws Al-iqbāl: History of Khorezm. BRILL, 1999 — 565-bet. ISBN 978-90-04-11365-7.
- ↑ Renard, John. Tales of God's Friends: Islamic Hagiography in Translation. University of California Press, 2009 — 135–-bet. ISBN 978-0-520-25896-9. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ Allworth, Edward. The Modern Uzbeks: From the Fourteenth Century to the Present : a Cultural History. Hoover Press, 1990 — 140–-bet. ISBN 978-0-8179-8733-6. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ „ru:Узбекская Советская Социалистическая Республика“ (Russian). narod.ru. Qaraldi: 2013-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ru:Хорезмский вилайет“ (Russian). narod.ru. Qaraldi: 2013-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Soviet Geography. Scripta Publishing Company, 1985 — 121-bet.
- ↑ „ru:Хорезмский вилайет“ (Russian). narod.ru. Qaraldi: 2013-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Political History of Russia. Nova Science Publishers, 1995 — 209-bet.
- ↑ Martius, Christopher. Cotton, Water, Salts and Soums: Economic and Ecological Restructuring in Khorezm, Uzbekistan. Springer, September 2011 — 338-bet. ISBN 978-94-007-1963-7.
- ↑ Э. Ю. Юсупов. Тхе Остовер Револютион анд воменьс либератион ин Узбекистан. Наука Публишерс, Централ Депт. оф Ориенталь Литературе, 1985 — 192-bet. ISBN 9780828530903.
- ↑ „Spatio-temporal analyses of cropland degradation in the irrigated lowlands of Uzbekistan using remote-sensing and logistic regression modeling“ (PDF). Journal of Environmental Monitoring and Assessment. Springer. 24 September 2012.
- ↑ World Trade Centers Association. World business directory. Gale Research Inc., 1998 — 5262-bet. ISBN 9780787613556.
- ↑ Zoology in the Middle East. Max Kasparek, 2006 — 51-bet.
- ↑ Erasmi, Stefan; Cyffka, Bernd; Kappas, Martin. Remote Sensing & GIS for Environmental Studies: Applications in Geography. Erich Goltze, 2005 — 122-bet. ISBN 978-3-88452-113-7.
- ↑ Olson, James S.; Pappas, Lee Brigance; Pappas, Nicholas Charles. An Ethnohistorical dictionary of the Russian and Soviet empires. Greenwood Publishing Group, 1994 — 393-bet. ISBN 978-0-313-27497-8.
- ↑ Jump up to: 18,0 18,1 18,2 J.A. Hammerton. Peoples Of All Nations: Their Life Today And Story Of Their Past (in 14 Volumes). Concept Publishing Company, 1 January 2007 — 3234–-bet. ISBN 978-81-7268-144-9.
- ↑ BISNIS Search for Partners. Business Information Service for the Newly Independent States (BISNIS), U.S. Department of Commerce, International Trade Administration, 1997. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Jump up to: 20,0 20,1 „ru:Гурлен - Справочник Узбекистана“ (Russian). Золотые страницы Узбекистана. Qaraldi: 2013-yil 14-may.
- ↑ Demoscope Weekly. „Всесоюзная перепись населения 1989 г. Численность городского населения союзных республик, их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу.“ [All Union Population Census of 1989. Urban population of the union republics, their territorial units, urban settlements and urban districts by gender.] (Russian). Всесоюзная перепись населения 1989 года (All-Union Population Census of 1989). Institute of Demographics of the State University—Higher School of Economics (1989). Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ Shaharlar geografiyasi (uz) — 173-bet. (Wayback Machine saytida 2022-07-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ Anita Sengupta. The Formation of the Uzbek Nation-state: A Study in Transition. Lexington Books, 2003 — 292–-bet. ISBN 978-0-7391-0618-1.
- ↑ Radio Liberty Research Bulletin. Radio Free Europe/Radio Liberty, 1977.