Ismoil Jalilov
Ismoil Toʻlaganovich Jalilov (1948.29.1, Toshkent) — opera xonandasi (dramatik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1976—80). "Yalyaa" ansambli (1975—76), Katta teatr (1979—81), A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1981—90), Rossiya radio va televideniye qoshidagi Estradasimfonik orkestri (1990—98) da yakkaxon xonanda. 1998-yildan Oʻzbekiston milliy simfonik orkestrining direktori va badiiy rahbari. Nafis, kuchli va keng diapazonli ovoz sohibi. Oʻzbek va Yevropa operalarida asosiy rollarni mahorat bilan ijro etgan: Choʻpon (S. Yudakov, "Maysaraning ishi"), Roziy (S. Jalil, "Zebunniso"), Gersog, Alfred (J. Verdi, "Rigoletto", "Traviata"), Xoze (J. Bize, "Karmen") va b. Konsert repertuaridan oʻzbek (S. Yudakov, H. Rahimov, Ik. Akbarov, A. Ergashev va b.) va chet el (S. Raxmaninov, P. Chaykovskiy, E. Grig, J. Gershvin, A. Babajanyan, Tosti va b.) kompozitorlarining asarlari, turli xalq (jumladan, italyan) qoʻshiqlari oʻrin olgan. AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Riode Janeyro xalqaro tanlovi gʻolibi (1979).[1]