Netayin?

oʻzbek xonandasi Lola ijro etgan qoʻshiq

Netayin?“ (shunchaki „Netayin“ oʻlaroq ham yoziladi) — oʻzbek xonandasi Lola ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil eʼlon qilingan. Xonandaning ayni nomli albomiga yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. „Netayin?“ Lolaga shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biridir[2][3].

„Netayin?“
Lola qoʻshigʻi
„Netayin?“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2002
Janr pop
Davomiyligi 3:42 (klip versiyasi)
4:03 (albom versiyasi)
„Netayin?“ xronologiyasi
„Do Not Shoot“ Netayin? „Let Me Go (Remix)“
Klipi
„Netayin?“ YouTubeda

Tarona pop-rok janrida boʻlib, si bemol minor tonalligida yozilgan[4]. Uchinchi naqoratdan keyin rep ijro etilgan.

„Netayin?“ qoʻshigʻi uchun sodda klip suratga olingan. Unda xonanda lampalar bilan bezatilgan xonada qoʻshiqni ijro etayotgani hamda suyukli yori bilan vaqt oʻtkazib, pirovardida unga emas, balki boshqaga turmushga chiqqani tasvirlangan.

Taronaning klip versiyasi albom versiyasidan qisqaroq — klip versiyasida repdan keyingi gitara solosi yoʻq. 2019-yil Lola „Netayin?“ qoʻshigʻining remiksini eʼlon qilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Netayin“ (inglizcha). Spotify. Qaraldi: 9-sentyabr 2022-yil.
  2. Normurodov, Shuhrat „Лоланинг клипини кўриб...“. Xabar (16-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 9-sentyabr 2022-yil.
  3. „Лола Йўлдошева таваллуд айёми нишонланмоқда“. Zamin (4-sentyabr 2017-yil). Qaraldi: 9-sentyabr 2022-yil.
  4. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 9-sentyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir