Aşk-ı Memnu (Taqiqlangan muhabbat)

Aşk-ı Memnu ( Turkcha talaffuzi: Ashk-i Memnu )

Turk adabiyotida roman turining ilk namunalaridan biri hisoblangan “Aşk-ı memnu” ya’ni “Taqiqlangan muhabbat” romani Holid Ziyo Ushoqligil tomonidan 1899-1900 yillarda “Servet-i Funun” gazetasida chop etilgandir. 1901-yilda esa kitob shakliga keltirilgan.[1] Roman realizm, naturalizm, romantizm janrlarida yozilgan.

Qisqacha mazmuni

Yosh va go‘zal ko‘rinishga intiluvchi, dabdabali yashashni yaxshi ko‘radigan (hatto erining o‘limiga sababchi bo‘lib, birovlarning sevgi takliflariga berilib ketaveradigan) Firdavs xonim “Paykar” va “Bihtar” ismli ikki qizi bilan yashaydi.

Adnan bey o’smir qizi Nihol va yosh, chiroyli jiyani Behlul bilan yashaydi. Adnan bey boy, madaniyatli, oliyjanob kishidir. Xotini esa kasallikdan forig‘ bo‘la olmay, olamdan o‘tadi.

Bir kuni Firdavs xonim ikki qizi bilan qayiqda sayr qilishayotganida, Adnan bey qayig’i bilan ularning yonidan beixtiyor o’tib ketadi va Firdavs xonimning yosh va go’zal qizi Bihtarni ko’radi va uni yoqtirib qoladi. U Firdavs xonimdan kichkina qizini so’raydi va qizi Bihtar yosh farqiga qaramay, hashamatli va farovon hayot kechirish g’oyasi bilan bu taklifni qabul qiladi. Yosh farqiga qaramay, dastlab yaxshi turmush kechirishadi, ammo vaqt o’tishi bilan Adnan bey keksa bo’lgani uchun Bihtarning sayohat qilish, dam olish kabi ehtiyojlarini to’liq qondira olmaydi. Adnan beyning uyida ular bilan yashovchi Behlul juda noz-karashmali odam boʻlib, ko’plab ayollarning qalbini zabt etishni bilardi. Bu yigit kelinoyisi (Adnan beyning xotini) Bihtarga g’amxo’rlik qila boshlaydi. Qisqa vaqt ichida Bihtar va Behlul o’rtasida taqiqlangan sevgi (Aşk-ı Memnu) boshlanadi, ular tez-tez birga bo’lishadi. Buni anglagan Firdavs xonim (uning onasi bo‘lsa ham) Bihtar va Behlulga hasad qiladi. Shuning uchun u Adnan beyning qizi Niholni Behlulga uylanish fikrini ilgari suradi. Bihtardan allaqachon zerikishni boshlagan Behlul bu fikrni qabul qiladi. Nihol, Behlul va Bihtar o’rtasidagi munosabatni allaqachon payqagan boʻlsa-da, unashtirilishga rozi boʻladi. Bu man etilgan sevgidan uyda xizmatkor boʻlib ishlovchi Beshir ham xabar topadi. Beshir ham Niholni yashirincha sevardi.

Bir kuni Nihol, Behlul va Bihtarning yashirin suhbatini tinglaydi, bundan asabiylashib, hushidan ketib qoladi. Beshir qizining hushidan ketish sababidan hayron qolgan Adnan beyga hamma narsani aytib beradi.

Vaziyat shu nuqtaga kelganda, Bihter o’z yuragiga o’q otib o’z joniga qasd qiladi va Behlul uyatdan ularni tark etadi. Endi Adnan Bey qizi uchun, qizi Adnan Bey uchun yashay boshlaydi. Ota va qiz yolg’iz qolishadi, ular bo’lgan voqeani unutish va tasalli olish uchun orolga ko’chib o’tishadi.

  1. „"Halit Ziya Uşaklıgil'in "Aşk-ı Memnu" Romanı" ( Turk tilida )“ (1 oktyabr 2014). 7 oktyabr 2022da asl nusxadan arxivlangan.