TATU Farg`ona filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ – 91 son “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son “Oliy ta’lim muassasalari filiallari to`g`risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Farg`ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filialda jami 85 ta professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatib, shundan: 22 nafar fan nomzodi hamda 63 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo`lmagan pedagoglar faoliyat ko`rsatadilar. O`qituvchilar safida kafedra professorlari: dotsentlar D.Halilov, N.Usmonov va boshqalarning nomlarini alohida hurmatga sazovor bo`lib, talabalarga chuqur bilim beradilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

   Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
   AKT sohasida kasb ta’limi
   Telekommunikatsiya texnologiyalari
 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:

   Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
   Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo’yicha)

Ilmiy – tadqiqot ishlari

Filialda 2010-2017 yillarga mo`ljalllangan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur reja asosida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari natijasi sifatida professor-o`qituvchilar tomonidan 25 ta elektron ishlanma, 29 ta elektron darslik, 40 lan ziyod taqdimot, virtual laboratoriya uchun 15 ta stend tayyorlangan. Bundan tashqari, 4 ta O`zbekiston Davlat patenti olindi, 2 ta ilmiy monografiya yozildi, 190 dan ziyod ilmiy maqolalar va maqola tezislari e’lon qilindi. Maqolalarning ko’pchiligi xorijiy davlatlar ilmiy nashrlarida chop etilgan.

Bituruvchilar ish faoliyati

Filialda 2012-2013 o`quv yili yakunlanishi bilan 279 nafar bitiruvchilarga hayotga yo`llanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritadilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali murojaat ma’lumotlari:

Direktor:Professor, Rasulov Akbarali Maxamatovich.

Manzil: Farg’ona shahar, 150118, Mustaqillik ko’chasi, 185-uy

Telefon: 8 (373) – 226-82-09

Faks: 8 (373) – 226-82-09

Veb sahifa manzili: www.tatuff.uz

E-mail: info@tatuff.uz