AKADEMIK LITSEY HAQIDA

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) akademik litseyi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2004-yil

17-maydagi 115-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan .

         Akademik litseyda ta’limaniq fanlar yo’nalishda olib boradi. Akademik litsey iqtidorli yoshlarni saralab aniqlash va ularni texnik yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlashga yo’naltirilgan. So’nggi yillarda akademik litsey bitiruvchilarining respublika hamda chet el davlatlarining nufuzli oliygohlariga o’qishga kirish ko’rsatkichi 92.2 % ni tashkil

        Hozirgi kunda akademik litseyda jami 435 nafar o‘quvchi tahsil oladi, ularga 36 nafar asosiy shtatdagi hamda 10 nafar o‘rindosh o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Jumladan, ularning 5 nafari fan nomzodi, 4 nafari falsafa doktori, 24 nafari bosh o‘qituvchi, 4 nafari yetakchi o‘qituvchi, 8 nafari katta o‘qituvchi, 10 nafari mutaxassis toifasidagi o‘qituvchilar hisoblanadi. Akademik litseyning ilmiy salohiyati 19,5% ni tashkil etadi.

        Akademik litsey eng zamonaviy  jihozlarga ega bo’lgan fizika kimyo, biologiya laborotoriyalariga ega bo’lib frontal laborotoriya ishlarini olib borish imkoniyatiga ega 8 ta multim edia tizimi bilan jihozlangan auditoriya, 4 ta kompyuter sinflari barcha fanlarni zamonaviy pedagogi texnologiyalar asosida o’tish imkonini beradi.

        2022-2023 o‘quv yilida o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy tadqiqotlarga keng jalb etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 21 nafar o‘qituvchi mintaqaviy markazlarda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida o‘qitildi. Akademik litsey o‘qituvchilarining 6 nafari, xususan 2 nafari C1 milliy sertifikati, 2 nafari TESOL va 1 nafari rus tili fani bo‘yicha S1 xalqaro sertifikatlariga ega. 7 nafar o‘qituvchi, jumladan 5 nafar matematika fani o‘qituvchisi hamda 2 nafar fizika fani o‘qituvchisi milliy sertifikatlarga ega