Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/André Gide
André Gide | |
---|---|
Tavalludi |
André Paul Guillaume Gide 22-noyabr 1869-yil |
Vafoti |
19-fevral 1951-yil (81 yoshda) Parij, Fransiya |
Taʼlimi | Lycée Henri-IV |
Mukofotlari | Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1947) |
Turmush oʻrtogʻi | Madeleine Rondeaux Gide |
Bolalari | Catherine Gide |
Imzosi | |
André Pol Guillaume Gide (1869-yil 22-noyabr – 1951-yil 19-fevral) — fransuz yozuvchisi. U asarlarida turli uslublardan foydalangan, hamda takrorlanmas mavzularni qamrab olgan. U 1947-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Gidening faoliyati ramziy harakatdan boshlanib, ikki jahon urushi orasidagi imperializmni tanqid qilishgacha boʻlgan. Ellikdan ortiq kitoblar muallifi The New York Timesda „Fransiyaning eng buyuk zamondoshi“ deb taʼriflangan va „adabiy bilimdonlar tomonidan oʻsha asrning eng buyuk fransuz yozuvchisi“ deb baholangan[1].
Hayoti
tahrirGide 1869-yil 22-noyabrda Parijda oʻrta hol protestant oilada tugʻilgan. Uning otasi Jan Pol Guillaume Gide Parij universitetida huquq fanlari professori boʻlib ishlagan, ammo 1880-yilda, yosh Gide oʻn bir yoshga toʻlganida u vafot etadi. Uning onasi Juliette Maria Rondeaux va amakisi siyosiy iqtisodchi Charles Gidelar edi. Ularning asli ota-bobolari Italiyalik boʻlishadi, ammo uning ajdodlari Gidos XVI asrda protestantizmni qabul qilgandan soʻng Fransiya va boshqa Gʻarbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlariga koʻchib oʻtishgan va Katolik Italiyada taʼqiblarga duch kelishgan[2][3][4].
1918-yilda Gide Dorothy Bussy bilan tanishadi va doʻstlashishadi. Ular 30 yildan ortiq doʻst boʻladilar va Dorothy Bussy uning koʻplab asarlarini ingliz tiliga tarjima qiladi.
Gide tanqidchi Charles Du Bos bilan ham yaqin doʻst boʻlgan[5]. Ular birgalikda Franko-Belge Foyerning a'zosi boʻlishgan, hamda ular 1914-yilda Germaniyaning Belgiyaga bostirib kirishi ortidan Parijga kelgan franko-belgiyalik qochqinlar uchun ish, oziq-ovqat va uy-joy topish uchun birgalikda mehnat qilganlar[6][7]. Keyinchalik Du Bos Gideni oʻz eʼtiqodidan vos kechdi deb oʻylaydi va oralariga sovuqchilik tushadi. Natijada, shu sababli ularning doʻstligi nihoyasiga yetadi[8][9].
Siyosiy qarashlari va Sovet Ittifoqi
tahrirGide oʻz qoʻlyozmasini nashrga tayyorlashni boshlaganida, bu haqda darhol Kremlga xabar beriladi [10] va tez orada sovet yozuvchisi Ilya Erenburg Gide bilan uchrashishadi. Ayrim sabablarga ko'ra ular nashrni keyinga qoldirishni soʻraydilar, ikki kundan soʻng Louis Aragon Jef Lastdan nashrni keyinga qoldirishni soʻrab xat ham yuboradi. Bu choralar yordam bermaydi va kitob nashr etilishi bilan Gide sovet matbuoti[10][11] va „SSSR doʻstlari“ tomonidan qoralanadi. 1937-yilda bunga javoban Gide SSSR haqida keyingi fikrlarini nashr etadi. Avvalroq Gide Trotskyning "The Revolution Betrayed" asarini oʻqiydi va Victor Serge bilan uchrashganida Gidega Sovet Ittifoqi haqida koʻproq maʼlumot bergan[11].
1930-1940-yillar
tahrir1930-yilda Gide Blanche Monnier ishi haqida "La Séquestrée de Poitiers" nomli kitobini nashr etdi, lekin qahramonlarning ismlarini oʻzgartiradi. Monnier 25 yildan koʻproq vaqt davomida oʻz onasi tomonidan asirlikda boʻlgan yosh ayol boʻlgan[12][13].
1939-yilda Gide nufuzli Bibliothèque de la Pléiade jurnalida nashr etilgan hali vafot etmagan ilk muallifga aylandi.
U 1942-yilda Fransiyadan Afrikaga boradi va 1942-yil dekabridan 1943-yil may oyida fransuz, ingliz va amerikalik kuchlar tomonidan qaytarib olinmaguncha Tunisda yashaydi va u Jazoirga borishga muvaffaq boʻladi. U yerda esa Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha qoladi[14]. 1947-yilda Gide „inson muammolari va sharoitlarini haqiqiy va oʻtkir psixologik tushuncha bilan taqdim etilgan keng qamrovli va badiiy jihatdan ahamiyatli asarlari uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[15]. U hayotining soʻnggi yillarining koʻp qismini oʻz jurnalini nashr etishga bagʻishladi[16]. Gide 1951-yil 19-fevralda Parijda vafot etadi. Afsuski, Rim-katolik cherkovi uning asarlarini 1952-yilda Taqiqlangan kitoblar indeksiga joylashtirgan[17].
Manbalar
tahrir- ↑ „New York Times obituary“. www.andregide.org. 2011-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ Wallace Fowlie, André Gide: His Life and Art, Macmillan (1965), p. 11
- ↑ Pierre de Boisdeffre, Vie d’André Gide, 1869–1951: André Gide avant la fondation de la Nouvelle revue française (1869–1909), Hachette (1970), p. 29
- ↑ Jean Delay, La jeunesse d’André Gide, Gallimard (1956), p. 55
- ↑ Woodward, Servanne (1997). "Du Bos, Charles". in Chevalier, Tracy. Encyclopedia of the Essay. Fitzroy Dearborn Publishers. p. 233. ISBN 978-1-135-31410-1. https://books.google.com/books?id=nOwBEsoNiUMC.
- ↑ Davies, Katherine Jane (2010). "A 'Third Way' Catholic Intellectual: Charles Du Bos, Tragedy, and Ethics in Interwar Paris". Journal of the History of Ideas 71 (4): 655. doi:10.1353/jhi.2010.0005.
- ↑ Price, Alan. The End of the Age of Innocence: Edith Wharton and the First World War. St. Martin's Press, 1996 — 28–9-bet. ISBN 978-1-137-05183-7.
- ↑ Dieckmann, Herbert (1953). "André Gide and the Conversion of Charles Du Bos". Yale French Studies (12): 69. doi:10.2307/2929290.
- ↑ Woodward 1997, s. 233.
- ↑ 10,0 10,1 „(PDF) Andre Gide’s Retour de L’U.R.S.S. and Its Publication History: A View from the Kremlin“.
- ↑ 11,0 11,1 Alan Sheridan. André Gide: A Life in the Present (1999)
- ↑ Pujolas, Marie. En tournage, un documentaire sur l’incroyable affaire de „La séquestrée de Poitiers“. France TV info. Feb 27, 2015
- ↑ Levy, Audrey. Destins de femmes: Ces Poitevines plus ou moins célèbres auront marqué l’Histoire. Le Point. Apr 21, 2015.
- ↑ O'Brien, Justin. The Journals of Andre Gide Volume IV 1939–1949. Translated from the French. Secker & Warburg, 1951.
- ↑ „The Nobel Prize in Literature 1947“. www.nobelprize.org. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ „André Gide (1869–1951)“. Musée virtuel du Protestantisme français. Qaraldi: 2010-yil 6-sentyabr.
- ↑ André Gide Biography (1869–1951). eninimports.com
Havolalar
tahrir- Catherine Gide Jamgʻarmasining veb-sayti uning qizi Catherine Gide tomonidan boshqariladi
- Gidian tadqiqotlari markazi
- André Gide ishlari
- André Gidening asarlari
- André Gidening asarlari va u haqidagi asarlar
- Ishlar roʻyxati
- André Gidening asarlari
- Andre Gide Goodreads da
- Amis d’Andre Gide fransuz tilida
- Andre Gide, 1947-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati
- Andre Gide: Qisqacha kirish
- Jersidagi Madriyadagi Gide
- XX asr Newspaper clippings about André Gide