Toshkent temir yoʻl texnikumi

Malumotlar tahrir

1932 yil 26 aprelda tashkil etilgan, 90 yildan ortiq boy tarixga ega Texnikum hozirda 2009 yilda foydalanishga topshirilgan yangi binoda faoliyat yuritib kelmoqda.

Texnikum Respublikamizning barcha hududlaridan oʻquvchilar qabul qiladi, ular uchun yetarli shart-sharoitlari mavjud boʻlgan 450 oʻrindan iborat „Oʻquvchilar turar joyi“ga ega.

Oʻquvchilar yuqori saviyada bilim olishlari barcha sharoitlar yaratilgan Texnikumda 92 ta oʻquv auditoriyalari, 2 ta fizika laboratoriyasi, 8 ta kompyuter xonalari va 16 ta oʻquv ishlab chiqarish ustaxonalari mavjud boʻlib, ularning barchasi zamonaviy jihozlangan.

Bundan tashqari, texnikumda temir yoʻl poligoni, chilangarlik, elektr yigʻuv, maxsus elektr yigʻuv, metallga ishlov berish, elektr payvandlash, maxsus vagon refrijerator ustaxonalari, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, sport zali, ogʻir atletika zali, stol tennisi zali, kurash zali, gimnastika zallari mavjud.

Texnikum Toshkent shahar Mirobod tumani ulitsa Geydara Alieva manzilida joylashgan.

 
Ташкент - Южный Вокзал

Havolalar tahrir