Umid Babaxanov
Ipoteka-bank
Ipoteka-bank – O‘zbekistonning davlat ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank O'zbekiston bank tizimida jami aktivlari bo'yicha 9 foiz ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan[1].
Ipoteka-bank Bosh offisi | |
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Bank ishi, moliyaviy xizmatlar |
Birja listingi | UZSE: IPTB |
Qachon asos solingan | 1996-yil; 26 yil avval |
Joylashuvi | Toshkent, O'zbekiston |
Mahsulot(lar)i | Korporativ kreditlash, chakana xizmatlar, savdoni moliyalashtirish, ipoteka kreditlari, plastik kartalar |
Kapitallashtirish | 4 927 mlrd so'm (01.01.2022 yil holatiga) |
Sof foydasi | 887 mlrd so'm (2021 yil yakuni bo'yicha) |
Ishchilar soni | 4003 nafar |
Shoʻba korxonalari |
Imkon-sugurta MCHJ, Ipoteka Leasing MCHJ |
Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash bo‘yicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi[2].
Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, O‘zbekiston va xorijga pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatadi. Bank 39 ta filial va 400 dan ortiq xizmat koʻrsatish nuqtalari orqali 1,2 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi[3].
O‘zbekiston hukumati bank aksiyalarining asosiy qismiga egalik qiladi va tarixan kapital kiritish, moliyalashtirish va davlat kafolatlari orqali qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan[4]. Bank nufuzli institutsional investorlardan kapital jalb qilish bo'yicha tajribaga ega va davlat tomonidan strategik investorga xususiylashtirilishi rejalashtirilgan[5][6].
Bank tarixi
1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996 yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi[7].
1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi[8].
2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi.[9].
2007-yil: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi[10].
Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega bo‘lgan birinchi bank bo‘ldi[11].
2017-18-yil: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘rtasida bankni institutsional o‘zgartirish bo‘yicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng ko‘lamli transformatsiya boshladi[12].
2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi[13].
2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi[14].
2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi[13].
Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard so‘m (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi[15].
2021 yil Sentabrda, OTP Bank Grup (Vengriya) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish bo‘yicha memorandum imzoladi[3].
Bank menedjmenti
Bankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni o'z ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi tarkibida to'rtta xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil a'zolar mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi raisi – xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega mustaqil a’zo Aleksandr Piker hisoblanadi[16].
“Ipoteka-bank” Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan[17].
Bank biznesi
Ipoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yo'nalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan.
Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.
Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va an'anaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yo'naltirilgan innovatsion tizim bilan almashtirdi[18].
Bank reytinglari
Ipoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:
Fitch Ratings reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi[19],
Moody’s reyting agentligining "B1" darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi[20],
S&P Global reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi[21].
Bank aksiyadorlari
2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, aksiyadorlarning Ipoteka-bank ustav kapitalidagi ulushi quyidagicha:
№ | Aksiyadorlarning nomi (toifasi) | Ustav kapitalidagi ulush, % |
1 | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi | 93,68% |
2 | "O'zbekneftgaz" AJ | 2,54% |
3 | Boshqa yuridik shaxslar (aksiyadorlar soni 4 734 ta) | 3,33% |
4 | Jismoniy shaxslar (aksiyadorlar soni 11 601) | 0,46% |
Ustav kapitali (aktsiyadorlarning umumiy soni - 16 337) | 2 992 204 021 938 |
Ipoteka-bankning asosiy aksiyadori Oʻzbekiston hukumati tomonidan boshqariladigan Moliya vazirligi boʻlib, bankning ovoz beruvchi aksiyalarining 93,7 foiz ulushiga egalik qiladi. Bankning qolgan aksiyalari yuridik va jismoniy shaxs investorlar orasida taqsimlangan.
Bank sho'ba korxonalari
2022-yil 1-yanvar holatiga “Ipoteka-bank” ishtirok etgan sho‘ba korxona va jamiyatlardagi ulushi quyidagicha:
Korxona nomi | Korxonadagi ulushi | Tashkil topgan sanasi | Faoliyat doirasi | Davlat | |
Bankning sho’ba korxonalardagi bevosita ulushi: | |||||
Ipoteka Lizing MCHJ | 100% | 2017 | Lizing | O'zbekiston | |
Imkon-sug'urta MCHJ | 100% | 2019 | Sug'urta | O'zbekiston | |
Bankning jamiyatlardagi ulushi: | |||||
Kompaniya po refinansirovaniyu ipoteki v Uzbekistane AJ | 20% | 2020 | Investitsiya | O'zbekiston |
Bank mukofotlari
- Central Asia Employer Brand Award 2019 – uchta nominatsiya g'olibi: “Yahshi ishlar”, “Ish beruvchi imidji” and “Yil yutug'i”[22].
Havolalar
- ↑ mineconomy.uz. „ОТП Банк намерен приобрести контрольный пакет акций узбекского «Ипотека-банка»“.
- ↑ O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasi. „Banklar reytingi“.
- ↑ 3,0 3,1 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi. „ОТП Банк намерен приобрести контрольный пакет акций узбекского «Ипотека-банка»“ (ru).
- ↑ uza.uz. „Мижозлар манфаат – энг олий мақсад“.
- ↑ finance.uz. „Ipoteka-bank banklar orasida birinchi boʼlib obligatsiyalarni milliy valyutada xalqaro kapital bozoriga chiqarishga muvaffaq boʼldi“.
- ↑ gazeta.uz. „Венгриянинг ОТP банки «Ипотека-банк»ни хусусийлаштиришда иштирок этади“.
- ↑ lex.uz. „Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 31.01.1996 yildagi PF-1366-son“.
- ↑ lex.uz. „O'zbekiston Prezidentining Farmoni, 24.03.1997 yildagi PF-1739-son“ (uz).
- ↑ lex.uz. „O'zbekiston Prezidentining Qarori, 16.02.2005 yildagi PQ-10-son“.
- ↑ cbu.uz. „"Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki“.
- ↑ „Moody's - credit ratings, research, tools and analysis for the global capital markets“ (en). www.moodys.com. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
- ↑ „«Ипотека-банк» разработал программу трансформации“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
- ↑ 13,0 13,1 review.uz. „IFC ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda“.
- ↑ review.uz. „ipoteka-bank xalqaro obligasiyalarini yirik xorijiy investorlarga sotdi“.
- ↑ bank.uz. „Ipoteka-bank O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada yevroobligasiya chiqarishga muvaffaq bo‘ldi“.
- ↑ „Alexander Picker - Chairman of the Supervisory Board“ (en-US). Pendl & Piswanger. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ bank.uz. „Inomjonov Elyor Isroilovich bankning boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi.“.
- ↑ uzreport.news. „«Ипотека-банк» будет трансформирован и приватизирован с участием МФК“.
- ↑ fitchratings.com. „Fitch Affirms Ipoteka-Bank at 'BB-'; Outlook Stable“.
- ↑ deposit.uz. „Moody‘s O‘zbekistondagi 14 bankning reytingini ko‘rib chiqdi“.
- ↑ review.uz. „Агентство S&P сделало прогноз по развитию банковского сектора Узбекистана“.
- ↑ kun.uz. „АКИБ «Ипотека-банк» признан самым лучшим в центральной Азии в трех номинациях в области HR – Central Asia Employer Brand Award 2019“.
- ↑ uza.uz „Итоговый список победителей конкурса "Выбор года-2019"“ (ru). Uza.uz (2020-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ bank.uz. „Ипотека-банк HR соҳасидаги ютуқлари учун нуфузли халқаро мукофот совриндори бўлди“.