Umidjon Qo'ziyev
2022-yil 20-sentyabrda qoʻshildi
Ilmiy ma’ruza konferensiya, simpozium, seminarlarga taqdim etiladigan ilmiy asardir. Ilmiy ma’ruzada tadqiqotchi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida asoslangan ilmiy-nazariy xulosalar, kashf etilgan ilmiy yangiliklar, tajriba-sinov natijalari bayon etiladi. Odatda, u o‘qiladigan og‘zaki variant va olimlarning mazkur uchrashuvi materiallarini o‘z ichiga olgan maxsus to‘plamda nashr etiladigan yozma variantga ega. Ko‘p hollarda to‘plamlarga ilmiy ma’ruzaning tezisi beriladi, ma’ruzaning o‘zi esa slaydlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.