Urganch agrotexnologiyalar texnikumi tahrir

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi "Agrar ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4795-son qarori asosida oldingi Urganch tumani "G'oybu" qishloq xo'jaligi kasb-hunar kolleji negizida tashkil qilingan.

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi -Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashgan o'rta maxsus professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Bugungi kunda texnikumda "Agronomiya", "Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish", "Veterinariya meditsinasi", "Buxgalteriya hisobi va audit", "Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi" kabi mutaxassisliklar bo'yicha kunduzgi, sirtqi va dual ta'lim shakllarida kadrlar tayyorlanmoqda.

Texnikum rahbariyati: tahrir

Direktor-Allabergenov Atabek Egambergenovich

Direktorning o'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari - Yuldasheva Umida Sultonovna

Direktorning ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha o'rinbosari - Musayev Madiyor

Pedagoglar: tahrir

1 nafar yetakchi o'qituvchi, 2 nafar katta o'qituvchi, 5 nafar oliy ma'lumotli o'qituvchi.

Manzil. tahrir

Xorazm viloyati Urganch tumani G'oybu qishlog'i Xojiboylar mahallasi Turkmanlar ko'chasi raqamsiz uy.