Foydalanuvchi:Usamboyeva/qumloq
Nawell Madani | |
---|---|
Nawell Madani 2023 yilda Lilldagi Séries Mania festivalida. | |
Tavalludi |
25-oktyabr 1979-yil |
Kasbi |
|
Janr | yumor |
Veb-sayt | nawellmadani.fr |
Nawell Madani 1979-yilda Watermael-Boitsfort, Belgiya da tugʻilgan –kelib chiqishi jazoirlik boʻlgan yumorist, boshlovchi va prodyuser. U 2011-yilda ilk bor Jamel Comedy Club tufayli mashhur boʻlgan. 2015-yilda Eng yaxshi stand-up uchun Globe de Cristal mukofotini qoʻlga kiritgan. 2018-yilga kelib Eng istiqbolli aktrisa uchun Magritte mukofotini qoʻlgan kiritgan.
Hayoti
tahrirNawell 1979-yil 25-oktyabrda [1] Belgiyada tavallud topadi. U 2 yoshligida uchinchi darajali kuyishdan aziyat chekkan, shu sababli bolalik va oʻsmirlik vaqtlarida injiq [2] boʻlgan. Otasi taksi haydovchisi[3] boʻlgan. 21 yoshida [4] Parijga koʻchib oʻtadi. Keyinchalik professional xoreograf va raqqosa bo‘lish maqsadi bilan Belgiyaga qaytib keladi va yana Parijga ketadi. Xoreograf sifatida bir necha gastrollardan so‘ng u bu karyerasidan voz kechadi: „Badiiy direktorlar bizdan bikini kiyishni so‘rashdi. Raqsga ular umuman e’tibor berishmaydi“, - dedi u. U qisqa vaqt davomida Antverpendagi tungi klubning badiiy direktori bo‘lib ishlaydi. U teatrni kashf etadi va aktrisa bo‘lishni xohladi. 2008-yil oxirida u Pigmalion studiyasiga qo‘shildi va u yerda bir necha oy mashg‘ulot o‘tkazdi. U, shuningdek, Demyen Akoka [5] va Helen Zidi-Cheruy rejissyorligidagi „Aktyor laboratoriyasi“ kurslarini kuzatib bordi. Jamel Komediya klubining badiiy rahbari uni Pranzo nomli kichkina xonada koʻradi va uni Jamel Debbuz yaratgan jamoaga qoʻshilish uchun kastingga taklif qildi. Madani jamoaga kelgan yagona ayol edi. 2011-yil sentabr oyida u komediyachi sifatida faoliyatini boshladi. Olti oydan keyin u bu truppani tark etdi: "Men katta oilaga qoʻshilishni oʻyladim, men oʻzimni hurmat qilishni va raqobatga toʻla dunyoni kashf etdim"–dedi u. Télé Sud telekanalida u Backstage dasturini olib bordi va u yerda Rik Ross, Shaggy, Wyclef Jean, Kery James, Nas va Chris Brown kabi rassomlarni qabul qildi. 2011-yilda u „Cut Killer“ bilan MTVda „Shake Your Body“ dasturini taqdim etdi. 2012-yil sentabr oyida u yangilanayotgan Grand Journal jamoasiga [6] sharhlovchi sifatida qo‘shildi. 2013 yilda u Chérie 25 va Comédie telekanallarida efirga uzatiladigan yangi avlod ayol komediyachilar bilan uchrashadigan Jam'Girls] teledasturiga asos solgan. 2014-yilda u Parijdagi Palais des Glaces saroyida o‘zining birinchi „C'est moi la plus belge“ („Men ko‘proq belgiyalikman“) nomli bir ayol ishtirokidagi shousiga bordi va Fransiyadagi Zenitlarga gastrol safarini uyushtirdi. U Shimoliy Afrika ayollarining bokiraligi yoki gomoseksuallik kabi juda qoʻpol mavzular haqida gapirdi. U 2014-yil iyul[7] oyida Monrealdagi Juste pour rire festivalida ishtirok etdi.
2015-yilda u Globe de Cristal mukofotlarida eng yaxshi bir kishilik shousida g‘olib chiqdi.
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Direktor | Izoh |
---|---|---|---|---|
2012-yil | Boulevard du Palais | Saïda Bouati | Christian Bonnet | Tele Serial (1ta qism) |
2012-yil | Lascars | Sylvie | Tristan Aurouet | Tele Serial (2ta qism) |
2017-yil | Alibi.com | Cynthia | Philippe Lacheau | |
2017-yil | C'est tout pour moi | Lila | Nawell Madani &
Ludovic Colbeau-Justin |
|
2021-yil | Stuck Together | Leïla | Dany Boon | |
2021-yil | L'enfant de personne | Myriam | Akim Isker | Tele film |
2023-yil | La tête dans les étoiles | Nathalie | Emmanuel Gillibert | |
2023-yil | Jusqu'ici tout va bien) | Fara | Nawell Madani & Lionel Smila | TeleSerial (8ta qism) |
Mukofotlari va nominatsiyalari
tahrirYil | Mukofot | Nominant | Natija |
---|---|---|---|
2015-yil | Globe de Cristal Award for Best Stand-Up | C'est moi la plus belge | Yutuq |
2015-yil | Magritte Award for Most Promising Actress | C'est tout pour moi | Nominatsiya |
Manbalar
tahrir- ↑ „Nawel Madani, humoriste belge“. La Figaro. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
- ↑ Rachid Laïreche „Nawell Madani, vanne, vit et devient“. Libération. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
- ↑ Benjamin Locoge „Nawell Madani, la fureur de rire“. Paris Match. Qaraldi: semaine du 24 au 29 avril 2014, page 20.
- ↑ Catherine Balle, „C'est la nouvelle bombe comique,“. Le Parisien. Qaraldi: 2014-yil 20-mart.
- ↑ „Vimeo“.
- ↑ Lucas Armati „Au “Grand Journal” de Canal+, le nouveau souffle se fait attendre,“. Télérama. Qaraldi: 2012-yil 10-sentyabr.
- ↑ Marie-Josée Roy, „Nawell Madani au Festival Juste pour rire : une détermination qui rapporte gros“. Huffington Post. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.