uz Bu foydalanuvchining ona tili oʻzbek tilidir.
Bu foydalanuvchi Oʻzbekiston fuqarosidir.
Bu foydalanuvchi WikiStipendiya marafoni ishtirokchisidir.
Bu foydalanuvchi WikiStipendiya marafoni doirasida oʻtkazilgan IbratWiki oromgohida ishtirok etgan.

Maʼlumot

tahrir
Shoxrux Usmonov
 
Usmonip WikiOromgohda koordinatorlik qilib yurgan payti tushgan rasmi
Tavalludi 11.08.2001
Vafoti Hali nomaʼlum
Fuqaroligi   Oʻzbekiston
Taʼlimi A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Kasbi Tarjimon
Millati Oʻzbek/tojik
Dini Islom
Boʻyi 180 sm chiqsa kerak
Turmush oʻrtogʻi Hali boʻydoqman
Bolalari Xudo xohlasa, ismlarini yozaman
Otasi Usmonov Roziq
Onasi Hamidova Shahlo

Shoxrux Usmonov — 2001-yil 11-avgustda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan. Tumandagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabini tamomlagan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida toʻrtinchi bosqich talabasi. Adabiyot va sanʼatga qiziqadi. Badiiy tarjima bilan shugʻullanadi. Biroz erinchoq kitobxon.

Erishgan binnimalari

tahrir
  • Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkazilgan „Toshkent ilhomlari“ festivali ishtirokchisi (2018)
  • „Duel“ ijodiy tanlovining Badiiy tarjima yoʻnalishida respublika bosqichi finalchisi (2021)
  • Astrid Lindgrenning dunyoga mashhur „Uzunpaypoq Peppi“ asarini oʻzbek tiliga oʻgirgan (2021)
  • „Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob“ tanlovida Eng yaxshi tarjima nominatsiyasi gʻolibi (2022)
  • Ibrat Tillar Oromgohi loyihasi ishtirokchisi (2022)
  • „WikiOromgoh“ va „WikiOromgoh II“ loyihalari koordinatori (2022)
  • „Yosh ijodkor –2022“ respublika seminari ishtirokchisi (2022)
  • Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari forumi ishtirokchisi (2022)

Ordenlari

tahrir
  Tabassum ordeni
Hurmatli Usmonip, "WikiStipendiya" loyihasi doirasida mashhur oʻzbek adiblari, tarjimonlari, ularning asarlari haqida mustaqil izlanishlar asosida maqolalar yaratayotganingiz, mavjud maqolalarni boyitayotganingiz uchun sizni „Tabassum“ ordeni bilan taqdirlayman. Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun tashakkur. Foydali tahrir qilishda davom etasiz, deb umid qilamiz. Umarjon Rahimov (munozara) 12:22, 16-Dekabr 2022 (UTC).