Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Xachaturyan Vaagn Garnikovich
Vaagn Xachaturyan | |
---|---|
Rasmiy portret (2022) | |
Armaniston Respublikasi Prezidenti | |
Mansab davri 13-mart 2022-yil – 20-yanvar 2017-yil | |
Vitse-prezident | Nikol Pashinyan |
Oʻtmishdoshi | Alen Simonyan |
Yuqori texnologiyalar sanoati vazirligi | |
Mansab davri 4-avgust 2021-yil – 3-may 2022-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hayk Chobanyan |
Vorisi | Robert Xachaturyan |
Yerevan meri | |
Mansab davri 4-dekabr 1992-yil – 22-fevral 1996-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hambardzum Galstyan |
Vorisi | Ashot Mirzoyan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-aprel 1959-yil Sisyan, Armaniston SSR, Sovet Ittifoqi |
Siyosiy partiyasi | Mustaqil |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Arman milliy kongressi (2013-2017) |
Turmush oʻrtogʻi | Anahit Minasyan |
Vebsayti | vahagnhacaturyan.com |
Vaagn Garnikovich Xachaturyan (armancha: Վահագն Գառնիկի Խաչատուրյան) — arman davlatning siyosiy arbobi. 2022-yil 13-martdan Armaniston Respublikasi Prezidenti.
Hayoti
tahrirVaagn Xachaturyan 1959-yil 22-aprelda Armaniston SSRning Sisyan shahrida tugʻilgan. 1976-yilda Yerevan shahridagi 118-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1976-1980-yillarda Yerevan xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Armaniston davlat iqtisodiyot universiteti) tahsil olgan. U iqtisod fakultetini tugatib, 1980-1982-yillarda SSSR Qurolli Kuchlari Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan.
Mehnat faoliyati
tahrir1982-1990-yillarda Razdanmash korxonasida iqtisodchi va iqtisodiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1990-yildan 1992-yilgacha — boʻlim boshligʻi, shuningdek, Mars zavodi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 1990-1995-yillarda Yerevan shahar kengashi deputati, 1992-1996-yillarda Yerevan meri lavozimida ishlagan[1]. 1996-yildan 1999-yilgacha Armaniston Milliy Assambleyasi deputati, moliya-kredit, byudjet va iqtisodiy masalalar boʻyicha doimiy komissiya aʼzosi va „Respublika“ fraksiyasi aʼzosi, 1996-1998-yili esa u Armaniston prezidenti Levon Ter-Petrosyanning maslahatchisi boʻlgan[2].
2000-yilda Vaagn „Root“ Demokratiya va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining taʼsischi aʼzosi boʻldi[1]. 2002-yilda siyosatshunoslik, huquq va iqtisodiy tadqiqotlar markazi vitsa-prezidenti lavozimida ishlagan. 2007-yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida „Impichment“ bloki vakili boʻlgan[3][4]. 2006-yilda „Alternativ“ ijtimoiy-siyosiy partiyasining taʼsischi aʼzosi boʻldi. 2022-yil fevraligacha Arman milliy kongressi aʼzosi edi[5][1]. 2002-yilda Huquq va iqtisodiy tadqiqotlar markazi vitsa-prezidenti hisoblangan. 2006-yilda u „Alternativ“ ijtimoiy-siyosiy tashabbusi asoschilari va aʼzolaridan biri boʻldi. 2019-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davrda Vaagn Xachaturyan Armekonbank boshqaruvi aʼzosi boʻlgan[6]. 2021-yil 4-avgustda Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri etib tayinlandi[7].
Armaniston Prezidenti
tahrirArmaniston prezidenti Armen Sarkisyan 2022-yil 23-yanvarda isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Armanistonning hukmron „Fuqarolik shartnomasi“ partiyasi 30-yanvar kuni Armaniston prezidenti lavozimiga Vaagn Xachaturyan nomzodini taklif qilishdi[8].
Vaagn Xachaturyan saylovning birinchi turida unga 10 ta ovoz kamlik qilgan, ammo ovoz berishning ikkinchi bosqichida yaʼni, 3-mart kuni u navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Armaniston prezidenti etib saylangan[9]. Saylovda 71 nafar deputat[10], hukmron fraksiyaning barcha vakillari[11] yagona nomzod sifatida uni yoqlab ovoz bergan („Nomusim bor“ va „Hayastan“ fraksiyalari nomzodlik muhokamasini boykot qildi). Inauguratsiya 13-mart kuni boʻlib oʻtdi[12]. Bir qator ommaviy axborot vositalari va ekspertlarning fikricha, Xachaturyan bosh vazir Nikol Pashinyanning himoyachisi va uning jamoasi aʼzosi boʻlgan[13].
Siyosiy faoliyati
tahrir2011-yilda Vaagn Xachaturyan Turkiyaning taklifiga binoan „Adanada Armaniston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar muhokamasi“ tadbirida Adanaga tashrif buyurib, u yerda quyidagilarni taʼkidlagan edi: „Biz Turkiyadan qonli toʻqnashuvlar va ASALA uchun kechirim soʻrashga tayyormiz. Armaniston nomidan Turkiyadan uzr soʻraymiz“[14]. 2022-yil 2-fevralda Xachaturyan Armaniston va Turkiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish tarafdori boʻlgan[15]. Vaagn Xachaturyan Vestminster zalidagi qirolicha Yelizaveta IIning tantanali marosimidagi voqeasidan soʻng jamoatchilik eʼtiroziga va ommaviy axborot vositalarining tanqidiga duch keladi[16][17]. Xabarlarda aytilishicha, Xachaturyan tantanali tadbirda hamrohlari bilan baland ovozda gapirganlikda va Vestminster zalida oʻrnatilgan tartibni buzganlikda ayblangan. Voqea keng tanqidlarga sabab boʻldi. Vestminster zalida uning xatti-harakati bilan bogʻliq bahs-munozaralar sarlavhalarga aylandi[18].
Ilmiy faoliyati
tahrirVaagn Xachaturyan ilmiy va professional maqolalar, liberal, iqtisodiy, siyosiy kitoblar va bir qancha tarjimalar muallifi hisoblanadi.
Oilasi
tahrirVaagn Xachaturyan uylangan va uning ikki farzandi bor[19].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Վահագն Խաչատրյան“. infocom.am. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „Пятым президентом Армении избран Ваагн Хачатрян“ (ru). Радио Свобода (2022-yil 3-mart). 2022-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „«ИМПИЧМЕНТ», «ПОБЕДА», «СВОБОДА» | Aravot Ru“. 2018-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
- ↑ „Никол Пашинян выбрал президента Армении“. Коммерсантъ (2022-yil 1-fevral). 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ „Биография нового президента Армении Ваагна Хачатуряна“. ТАСС (2022-yil 3-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ „«Հայտնի է ՀՀ նախագահի ՔՊ հավանական թեկնածուի անունը» հոդված news.am կայքում“. 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ „Указы Президента Республики Армения“. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Правящая партия Армении определилась с кандидатом на пост президента страны“. Коммерсантъ (2022-yil 30-yanvar). 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ „В Армении избрали президента“ (ru). Газета.ру (2022-yil 3-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „Президентом Армении избран Ваагн Хачатурян“. Интерфакс (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „Парламент Армении в первом туре не смог избрать президента страны“. Sputnik Армения (2022-yil 3-mart). 2022-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
- ↑ „Президент Армении вступил в должность“ (ru). Интерфакс (2022-yil 13-mart). 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
- ↑ Марина Совина. „Политолог оценил фигуру нового президента Армении“ (ru). Lenta.ru (2022-yil 24-yanvar). 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Партия Пашиняна избрала президентом страны армянина, извинявшегося перед турками“. Еркрамас (2022-yil 4-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ „Кандидат в президенты Армении Хачатурян высказался за налаживание отношений Турцией“. Коммерсантъ (2022-yil 2-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ Dress, Brad „UK tabloids rip Armenian leader over photos with queen’s coffin“ (en-US). The Hill (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Armenia's President Vahagn Khachaturyan gets clicked while paying respects to Queen's flag-draped coffin. See details“. The Economic Times (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Armenian president appears to break official protocol while stood by Queen’s coffin“ (en). UNILAD (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „«Приоритет – усиление государственности»: что известно о новом президенте Армении“. Mir24 (2022-yil 3-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
Havolalar
tahrir- „Ваагн Хачатурян - Президент Республики“. President.am. Аппарат Президента Республики Армения.